Ertaklar

5079 marta o'qildi
Tuyakashning da`vosi

Qadim zamonlarda bir tuyakash yashagan ekan. Keng sahrolar, poyonsiz cho'llar, o'rkach-o'rkach qum barxanlari uning vatani ekan. Tuyasi karvonlarning yukini tashib berarkan. Bergan pullari ro'zg'origa madad bo'larkan, tuyasi har ikki yilda bir bora tug'ib berarkan, suti tuyakashning bolalariga ovqat bo'larkan. Butun oilaning ovunchog'i ham shu tuya ekan.

Tuyakashning da`vosi

Qadim zamonlarda bir tuyakash yashagan ekan. Keng sahrolar, poyonsiz cho'llar, o'rkach-o'rkach qum barxanlari uning vatani ekan. Tuyasi karvonlarning yukini tashib berarkan. Bergan pullari ro'zg'origa madad bo'larkan, tuyasi har ikki yilda bir bora tug'ib berarkan, suti tuyakashning bolalariga ovqat bo'larkan. Butun oilaning ovunchog'i ham shu tuya ekan.

Kunlarning birida tuya yo'qolib qopti. Tuyakash iztirob chekib, uni izlab keng sahrolarni, poyonsiz cho'llarni, o'rkach-o'rkach qumlar ortini ko'p axtaribdi. Tuyadan darak bo'lmabdi. Karvon-saroylarga boribdi, saroybonlardan so'rabdi, «Ko'rganimiz yo'q», - deyishibdi. So'roqlab qishloqdan-qishloqqa o'tibdi, molbozorlarga boribdi. Qassobxonaga duch kelib qolibdi. Qarasa, har xil go'shtlar ilingan emish. Sinchiklab qarab, to'satdan tuyaning go'shtini tanib qolibdi. Qanordagi go'shtini yulib olib, bag'riga bosib: «Bu mening tuyamning go'shti, meniki, meniki»,- deya dod solibdi. Qassob uni urib haydamoqchi bo'lgan ekan, battarroq dodlabdi. Olomon to'planibdi, gap-so'z ko'payibdi, birov tuyakashning yonini olibdi, birov qassobning yonini    olibdi.      Shunda aqlli bir odam:

  «Yaxshisi, yurt qozisiga murojaat qilish kerak»,-degan gapni aytibdi. Bu fikr ikkiga bo'linib, talashib-tortishayotgan     odamlarga ma'qul   bo'libdi.   Odamlar gurillab   qozining   huzuriga jo'nashibdi. Qozi tuyakashdan: «Hayvonlarni goho tirikligida tanish qiyin bo'ladi-yu, sen qanday qilib, shu go'shtlar tuyangniki ekanligini bilding?    Da'voingni    isbotla,bo'lmasa besh darra urishga buyuraman»,- debdi.

Ey taqsiri olam,- debdi tuyakash, mening tuyam urg'ochi edi. Uch marta bolalagan edi. Suvsiz, yantoqsiz sahroda har bir bolasini yalab-yulqab katta qilguncha adoyi tamom bo'lardi. Jigaridan qonlar oqib teshikcha hosil qilardi. Ana qarang, jigarida uchta teshik bor. Tuyakashjigarni boshi uzra baland ko'tarib, undagi teshiklami ko'rsatibdi. Yurt qozisi qassobga: «Sen tuyani qayerdan, kimdan olgansan. Rost so'zla, yolg'on so'zlasang, besh darra urishga buyuraman»,- debdi.

Ey taqsiri olam,- deb gap boshlabdi qassob, kecha kechasi bir kishi eshigimni qoqdi. Ochsam, novcha bir odam tuya yetaklab turibdi. Shuni oling, qancha bersangiz ham roziman, shoshib turibman, dedi. Olloh guvoh, men tuyani, yarim bahosiga sotib oldim, - debdi.

Tuyakashning da'vosi isboti bilan ekanligini aqlli, donishmand qozi darrov fahmlabdi. Ha, onalar bolalarini katta qilguncha    goho    adoyi    tamo bo'ladilar, xunob bo'ladilar, jigariga teshik tushadi, - deb o'ylabdi. Qassobga: «Go'shtni sen ol, tuyakashga bir urg'ochi tuya olib  v-berasan», - deb buyuribdi.

To'planganlar   yurt   qozisining hukmidan rozi bo'lishibdi.


Orqaga qaytish