Ertaklar

5658 marta o'qildi
Istedodning tugilishi

Ustoz shunday chiroyli o'qirdiki, butun sinf unga mahliyo edi. Shu topda kimningdir ko'zi namlandi. Kimdir yonidagi sinfdoshini beozor turtib: "Kim yozganiykin?" dedi pichirlab. Ustoz biroz tin oldi-da, daftarni yopib, stol ustiga qo'ydi.

Iste’dodning tug’ilishi

 Ustoz shunday chiroyli o'qirdiki, butun sinf unga mahliyo edi. Shu topda kimningdir ko'zi namlandi. Kimdir yonidagi sinfdoshini beozor turtib: "Kim yozganiykin?" dedi pichirlab. Ustoz biroz tin oldi-da, daftarni yopib, stol ustiga qo'ydi. O'quvchilar esa hamon uning girdobida edilar, unga maftun edilar. Tinchlikni ustozning o'zi buzdi va o'tirganlardan ohista so'radi:

 - To'g'ri.

      — Men ham aytay, — deya ^ o'rnidan turdi Abbos, —

do'stlik hamma narsadan ustun turadi. Uni as-rash kerak, demoqchi.

 Bolalar g'uvillab ketishdi.

— O'rtoqlik kuchli, — deya xulosaga kelishdi
ular, — o'rtoqlik asta-sekin do'stlikka aylanadi.

Butun dars do'stlik mavzusiga aylanib ketdi. Bu mavzudagi inshoning shu darajada muhokama qilinishini ustozning o'zi ham kutmagan edi...

 —  Yo'q, Xudoyberdi To'xtaboyev.
Ustoz kim kimni aytsa, qo'yib berdi.

— Topdim, — dedi oxiri qizlardan biri. —Maylimi yozuvini ko'rsam.

Ustoz daftarni ochib, yozuvni hammaga ko'r-satdi. U shunaqangi chiroyli yozilgan edi-ki... Hamma bir-biriga qaradi-yu, lekin topdim, degan qiz ham hatto botinib bir narsa deyolmadi.

— Sizga aytsam, talant — bu qobiliyat degani. U hammada ham bo'lavermaydi. Uni qadrlash, ehtiyot qilish lozim. Bunday odamlar o'z ishtiyoqi, o'z odobi va mehnati bilan ajralib turadi.

Ustoz sinfdoshlarga bir-bir qarab oldi-da:

— Buni... Oygul yozgan, — dedi. Ustoz Oygul ismini shunday mehr bilan aytdiki, buni o'zi ham kutmagan edi. Chindan-da unda bitilgan so'zlar faqat shu o'quvchidan chiqishi mumkin edi.

Sinf birdan "g'uv" etib ketdi va yana birdan suv quygandek jimib qoldi. Ustoz insholarni ega-egalariga qaytardi. Hammaning bahosi o'ziga yarasha edi. Hammabaribir Oygul yozganini o'z ko'zi bilan ko'rgisi kelardi. Qaysidir bola shubhalanib sal ishonqiramay, dedi:

—  Ustoz, siz maqtayapsiz-u, ehtimol u yer- bu yerdan ko'chirgandir.

Sinf yana g'uvillab ketdi. Dars boshlangandan beri har galdagidek indamay o'tirgan Oygul shoshmay o'rnidan turdi:

—  To'g'ri, o'qiganlarimning ta'siri bo'lishi mumkin. Lekin vijdonimni o'rtaga qo'yib aytamanki, o'zim yozganman.

Hech kutilmaganda bolalar qarsak chalib yuborishdi. Bunday holat sinfda hech qachon bo'lmagan edi.

—  O'zi o'qib bersin, — deb qolishdi sinfdoshlar.

Oygul maktabdagi yig'inlarda she'r o'qiganda hammaning unga havasi kelardi. U daftarini olib joyiga o'tirmoqchi edi, ustoz to'xtatdi:

 Oygul daftariga bir ko'z yugurtirdi-da, tamo-man boshqa ohangda, tamoman boshqa uslubda o'qiy boshladi. U o'qigani sari har bir so'zining mag'zi chaqilar, har bir so'zining hayajoni sinfdoshlari qalbiga kirib borardi. U go'yo sahnadagi aktrisa edi. Yo'q-yo'q, u buni ataylab, o'zini ko'rsatish uchun qilmasdi. So'zlar jilosi, so'zlar quyuni uni shu yoiga boshlardi. U o'zi uchun, o'zining to'lqin urib turgan yuragi uchun o'qirdi. Yuragi esa, atrof bilan chambarchas bog'liq edi. Shu lahzalarda oddiy maktabning oddiy sinfida oddiy bir navqiron ijodkor paydo bo'layotgan edi. Shu daqiqalarda oddiygina maktabning oddiygina sinfida ijodkor tug'i-layotgan edi. Ammo buni na ustoz, na sinfdosh-lar va na Oygulning o'zi anglab yetmayotgan edi. Hali bu noyob iste'dod g'uncha tugishi, gullashi, elga manzur asarlar yaratishi uchun necha-necha yillar, bu yillarning pastu baland sinovlari-yu kurashlari va uning sadoqatli onlari kerak edi...


Orqaga qaytish