Bilasizmi?

5305 marta o'qildi
Begemot

Begemot suv ostida 4—5 minut tura oladi. Ayrim mamlakatlarda begemotning go 'shti ovqatga ishlatiladi. Bitta begemotdan taxminan 520 kg lahm go'sht, chiqadi, jigarining og'irligi 27 kg, terisining og'irligi 248 kg keladi.

 Begemot
Begemot — suv ayg'iri faqat Afrikada yashaydi. Yirik o'txo'r hayvon, erkagining og'irligi 3 tonnagacha, gavdasining uzunligi 4 metrdan ortiq bo'ladi. Suvda yaxshi suzadi, suzganda halaqit bermasligi uchun quloqlari juda kichkina bo'ladi. Bosh, bo'yin va tanasi bir-biri bilan qo'shilib ketgan, oyoqlari yo'g'on va qisqa, to'rtta barmog'i bo'ladi. Barmoqlarining orasida suzgich pardalari bor. Ko'zi bilan burun teshiklari boshining tepasiga o'rnashgan. Suvga sho'ng'iganda burun teshigi maxsus muskul yordamida bekilib qoladi. Pastki jag'ida kuchli va uchi ingichka qoziq tishi bo'lib, uzunligi 70 sm gacha boradi. Urg'ochilari bolalari bilan poda bo'lib, qari erkaklari esa yolg'iz yashaydi. Kunduz kunlari chala mudragan holda suvda dam olib yotadi, kechqurun va kechasi qirg'oqqa chiqib o'tlaydi. Begimotlar 50 yilgacha  yashaydi.
Bilasizmi?

Begemot suv ostida 4—5 minut tura oladi. Ayrim mamlakatlarda begemotning go 'shti ovqatga ishlatiladi. Bitta begemotdan taxminan 520 kg lahm go'sht, chiqadi, jigarining og'irligi 27 kg, terisining og'irligi 248 kg keladi. Begemot terisi 6 yil davomida oshlanadi, natijada u toshdek qattiq bo'lib qoladi, unda hatto olmosni ham silliqlash mumkin bo'ladi. Suvda 30 kmgacha to'xtamasdan suzganligi ma 'lum.

 


Orqaga qaytish