Jahon mamlakatlari

5329 marta o'qildi
Afrika qit'asi haqida qiziq malumotlar

Biz ko’pincha inson qadami etmagan o’rmonlar haqida gapiramiz, lekin inson tomonidan hali o’rganilmagan bo’g’ozlar ham bormikan? Ha, o’nlab, yuzlab, qancha kerak bo’lsa bor, lekin ularning ko’pchiligi judayam tor yoki judayam qisqa, shuningdek qo’pol qilib aytganda hech kimga qiziq emas

Yer yuzidiga eng katta bo’g’oz: yerning belbog’i

Biz madagaskar orolini Afrika qit’asidan ajratib turadigan eng uzun bo’g’oz Mozambik bo’g’ozi tomon yo’l olamiz.

  Afrika va Mozambik oroli o’rtasidagi bo’g’oz. uzunligi 1760 kilometr.

Biz ko’pincha inson qadami etmagan o’rmonlar haqida gapiramiz, lekin inson tomonidan hali o’rganilmagan bo’g’ozlar ham bormikan? Ha, o’nlab, yuzlab, qancha kerak bo’lsa bor, lekin ularning ko’pchiligi judayam tor yoki judayam qisqa, shuningdek qo’pol qilib aytganda hech kimga qiziq emas. Qisqa qilib aytganda sayyoramizdagi yagona bo’lgan eng katta  bo’g’oz bu Mozambik bo’g’ozidir. Endi keeling, nima uchun bunday hisoblanishini ko’rib chiqsak. Buning asosiy mohiyati 1938 yildagi voqea bilan bog’liqdir. Mozambik bo’g’ozi  bo’ylab borayotgan baliq ovlovchi kema bu yerda antiqa baliq turlarini – selikantlarni tutgan (yoki latimeriya, Mardjori Latimer nomi bilan ataladi). Olimlarning hisob kitoblariga ko’ra bu baliq turi 50-70 million yil ilgari yer yuzidan yo’qolib ketishi kerak edi. Bu esa hali boshlanishi edi. Ayrim olimlar  selikantni  bu vaqtgacha yashab kelayotganini o’rganib chiqayotgan bir vaqtda, boshqa bir olimlar baliqning yana bir turiga duch keldilar.

Shuningdek 1952 yilda Mozambik bo’g’ozidan tutilgan  selikantning vazni 57,5 kilo, uzunligi esa 1,5 metrni tashkil qilgan. Bu baliqning naqadar qadimiyligini tushunish uchun, uning dinozavrlardan ikki marotaba qariligini bilishni o’zi kifoya qiladi. Bazi bir olimlar buni sababi deb Mozambik bo’g’ozini ko’plab miqdordagi  kemalar uchun to’g’ri kelmasligida degan fikrni ilgari surmoqdalar. Kemalar yurmasligiga asosiy sabab esa bo’g’ozda oqimni bir tomonligi va juda tezligidir. Aynan shuning uchun baliq ovlovchi kemalar bu yerda baliq ovlashdan mahrum bo’lishgan, Madagaskar va Mozambik o’rtasidagi suv osti daryosi huddi bo’g’oz kabi o’rganilmaganligicha qoldi. Albatta asoaning bunday echimi ohirgi asrlarga to’g’ri keladi, lekin selikantning dinozavrlar bilan qirilib ketmaganligi sirli jumboqligicha qolmoqda.

 Bo’ldi bo’ldi, kislorod balonlarini tekshirdik, niqoblar joyida bir, ikki, uch suv ostiga ketdik!

      Agar sizda ham huddi men kabi  kadrdagi bu uchib yurgan baliq qanaqa baliq ekan degan savol tug’ilgan bo’lsa, unda javob beraman: bu yer yuzidagi eng katta skat bo’lib u asosan hind okeani suvlarida yahsaydi (Mozambik bo’g’ozi ham shu okeanga tegishli). Eng kattalarini uzunligi 7 metrga etadi va vazni 2 tonnaga yaqin bo’ladi. Vaznida muvozanat bo’lishi uchun ikki qanot ostiga  ikki oq akula qo’yishga to’g’ri keladi.

Mozambik bo’g’ozida haqiqatdan ham shafaq o’z ranglarini qizg’anmaydi, u yerda nafaqat alvon rangni balki boshqa ranglarni ham ko’rishingiz mumkin. Bunday paytda to’lqinlar ham qizil qizil rangda huddi eski vino kabi bo’ladi, ularni Uilbur Smit shunday holatda ko’rgan. Qo’lbola yasalgan parusnik Mozambik qirg’og’ida, huddi shu nomli shahardan 3 kilometr uzoqlikda bog’lab qo’yilgan.

 Endi  esa lirikadan ozgina chekinib Mozambik bo’g’ozi tarihi varaqalariga nazar solaylik. Ma’lumotlar ustida bosh qotirayotganimizda ba’zi birlarning aytishicha Mozambik bo’g’oziga birinchi bo’lib Vasko da Gama kelgan degan qarashlarni aytishdi. Ha mayli u kelgan bo’lsa border, lekin uni evropaliklardan kim uni birinchi bo’lib topgan (ochgan)? Faraz qilaylik bu sayohatchi Marko Polo bo’lgan deb (1254-1324 yillar), chunki evropaliklar orasida bundanda oldinroq bo’lgan Mozambik bo’g’ozi haqida ma’lumotga ega guvohlar yoq. Marko Polo esa eng uzun bo’g’oz haqida Marko Polo tug’ilmasdan ikki asr oldin bilgan. U o’zining rangbarang dunyo haqidagi kitobchasida shunday deb yozgan.

 Uzoq janubda esa, bu oroldan janub tomonda Zangibora orollari bor bo’lib (oldingi Zanzibar, Tanzaniya qirg’oqlari yaqinida), qolgan orollarga bu yerdan suzib borib bo’lmaydi: bu yerdan janub tomon dengiz oqimi kuchlidir, va qaytib ham bo’lmaydi, shuning uchun bo’lsa kerak bu yerdan suzishmaydi. Marbaradan bu orolga 20 kunda etib kelinadi, lekin oqimning  faqat janub tomonligi va hech qachon o’z yo’nalishini o’zgartirmasligi uchun bu yerdan Marbaraga esa qaytishga 3 oy ketadi. Ochig’ini aytganda janubda orollar ko’p lekin  bu yerdagi oqim tufayli kemalar u yerlarga borishni hohlashmaydi. Marko Polodan keyin bu bo’g’ozdan arablar yurishgan. Aynan ulargina 8 asr davomida birinchi yo’lovchilar bo’lgan va kemalarni sinash maqsadida janubi shrqiy Afrika tomonga suzishgan. Uch asr davomida Madagaskarni orol yoki qit’aligini bilolmasdan ohiri 9-asrga kelib ular birinchi bo’lib Madagaskarni orolligini bilishgan. Bundan shunday mantiq kelib chiqadiki: arablar kabi malagasiylar (Madagaskar oroli aholisi)  o’zlari ham qayerda yahsayotganliklarini bilmaganlar, oroldami yoki qit’adami. Orol topilgandan so’ng arablar va malagasiylar o’rtasida keng savdo aloqalari yo’lga qo’yilgan, hayron qoladigan joyi shundaki ular o’zlari yahsaydigan joydan 3 asr davomida arablar qatnagan bo’lsa nega shuncha vaqt o’zlarini bildirmaganlar. Shunda arablar ham 3 asr vaqtlarini Mafagaskar orolini qidirish bilan o’tkazmasdilar.15 asr ohiriga kelib orolning shimoliy tarafida arablarning serqatnovligini ko’rishimiz mumkin. Hayron qoladigan joyi shundaki shu paytgacha ular Madagaskar orollarini materikdan ajratib turadigan bo’g’ozni biror martayam kechib o’tishmagan, va uni Al Kumr bo’g’ozi deb nomlashgan va u yerda Afrika qirg’oqlari yaqinida kuchli oqim borligini aniqlashgan.

 I.P.Magidovichning : Geografik izlanishlar tarihi ocherklari kitobidan 1-tom

Keyin 1497 yilda kapitan ko’prikchasida buyuk portugaliyalik turgan San Gabriel kema boshchiligidagi bir qator kemalar mozambik bo’g’ozida paydo bo’ldi. Shunday hulosa kelib chiqadiki hatto Vaskoda Gama ham bo’g’ozga birinchi bo’lib kelmagan, birinchi bo’lib kelgan bo’lishi mumkin faqat evropaliklar orasidan.

 

Qiziqarli lekin tushunarsiz, Mozambik degan nom qayerdan kelgan? Tushunarli, Mozambikdan, shimol tomondagi qirg’oqlari bo’g’ozni yuvib turadi. Savol shundan iboratki kim uni nomlagan? Gap shundaki arablar uni huddi Madagaskar oroli kabi al-Kumr deb nomlashgan. Kelib chiqadiki boshida bu bo’g’oz Madagaskar bo’g’ozi bo’lgan. Demak arablardani qo’ya turamiz. Balki bun omni unga Vasko da Gama bergandir, balki uning kemalari aynan Mozambik qirg’oqlari yaqiniga borishgandir?

Vasko da Gamaning bosib o’tgan yo’li

 Afsuski yo’q. Portugaliyalik suzib o’tayotgan vaqtda Mozambik hali mavjud emasdi. U paytda Monomotapa davlati mavjud edi holos. Agar Mozambik nomining o’zini kelib chiqishini qaraydigan bo’lsak, qandaydir bo’g’liqlik borligini ko’rishimiz mumkin. Aytishlariga qaraganda bu yerga kelayotgan portugaliyaliklar sohil yaqinidagi shahar boshqaruvchisi ismini mamlakat nomi bilan adashtirib yuborishadi. Shahar boshqaruvchisini ismi Musa-ben-Mbika bo’ladi. Mana shunday tasodif tufayli Mozambik nomi paydo bo’lgan, aniqrog’I Musa-ben-Mbika bo’g’ozi paydo bo’lgan. Lekin bu portugallar Vasko da Gama bilan kelgan portugallar bo’lganmi yoki boshqalarmi, bunisi noma’lum.

 

Mozambik orolining shimoliy qismida kichkinagina mo’jaz  Evropa orolchasi bor.

Mozambik bo’g’ozidagi evropa oroli

Mozambik oroli raqamlarda

 E’tibor bergan bo’lsangiz barcha guvohlik bergan  yozubchilar Mozambik bo’g’ozidagi kuchli oqimga urg’u berib o’tishgan. Suv oqimi bu yerda soatiga 1,9 dan 2,8 km gacha tezlikda oqadi—bu tinch oqqanda. Agarda uni bo’g’ozning eng keng joyi Dreyka bo’g’ozi bilan solishtirsak, unda  bu juda sekin.

Mana bu – Dreyka bo’g’ozi

Harakat to’htab qolgan Moskvadagi doimiy tirbandlikni ko’z oldingizga keltiringa, buni mashina haydash ham deb bo’lmaydi. Mashinangiz soatiga 3,6 km tezlikda ketayapti, bu vaqtda siz Dreyka bo’g’ozining janubiy oqimida ketayotgan bo’lasiz, agar ochiqroq, kengroq joyga chiqib tezlikni soatiga 14,4 km ga olib chiqsangiz  unda siz shimoliy oqimga aylanasiz.

Lekin Dreyka bo’g’oziga nisbatan 3 barobar tezlik Mozambik uchun juda katta tezlikdir. Tasavvur qilinga siz ko’chada o’rtacha qadamlar bilan ketayapsiz. Tahminan mana shunday tezlik bilan Mozambik bo’g’ozining ulkan hajmdagi suvlari harakatlansa, undanam aniqrog’I millionlab baqirayotgan namoyishchilarni ko’z oldingizga keltirib ko’ringa. Shamol turganda qirg’oqqa kelib urilganda balandligi 5 metrga etadigan to’lqinlar bu plakatlar va bayroqlardir. Mozambik bo’g’ozidan Mozambik oroligacha o’rtacha to’lqinlanish bo’lib turadi. Lekin haqiqiy go’zallik Mozambikda kuchli shamol turganda boshlanadi. Romantic nom Izilda nomi berilgan mana shunday shtormlardan biri mana shu yilning martida  bo’lgan bo’lib qirg’oqqa soatiga 132 km tezlik bilan kelib urilgan. Agar mana shu shtorm quruqlikgacha kirib borganda, shaharchalar harobaga aylanardi, sohil bo’yidagi kichkina kichkina uychalar o’z egalaridan bir necha kilometr nariga uchib ketgan bo’lardi. Biz sizlarga uni boshlanishi qanday bo’lganini ko’rsata olamiz holos.

Mozambik bo’g’ozida Izilda shtormi harakatga kelyapti

 Ha, etingiz seskanib ketdimi? Lekin bu, bu yerda shamolsiz tinch vaqt bo’lmaydi degani emas. Barcha dengiz kartalari va kalendarlari bo’yicha hind okeanida musson va u bilan birga kuchli shtormlar mavsumi bo’lishiga qaramasdan Neptun ko’ngilchang bola bo’lganligi uchun biz Afrika va Madagaskar oraligidagi Mozambik bo’g’ozida  hech qanday havfni sezmaganday yuribmiz. Faqatgina mayin esgan shamolgina kemamizni u yoqdan bu yoqqa chayqatardi holos.

 

Sayyoh hikoyasidan

 Bo’g’ozning uzunligi biz boshida aytganimizdek 1760 km. agar sizda Mozambik bo’g’ozini havo ochiq, tinch bo’lgan vaqtda kesib o’tmoqchi bo’lsangiz  bunga uch kun vaqt ketishiga tayyor turing. Ha ha, aynan havo ochiq paytida, aks holda esa sayohatingiz tahminan mana bunaqa tugaydi:

 Atrofda yumshoq dengiz qumlari, baland bo’lmagan qiyaliklar, huddi minaoradan qaraganda kishi oldida bo’g’ozning go’zal manzarasi paydo bo’lganga o’hshaydi.

Hohlasangiz boshqacha yo’li ham bor: shinamgina qirg’oq, bananli palmalar va palma yaproqlaridan soyabonlari bilan hayolingizni olib qochishi mumkin.

 Bo’g’ozni kengligi haqida gapirishdan oldin keeling avval uni tashqi ko’rinishi haqida so’z yuritaylik.

 Sizlarga qanday bilmadimu, lekin menga  bo’g’ozning eng ingichka joyi inson belini eslatadi. Mana shu  belbog’ning kengligi 422 km ni tashkil qiladi. Agar haqiqatdan ham ahd qilgan bo’lsangiz Madagaskardan Mozambikga parusda bir kunda etib olishingiz mumkin. Lekin buni ham ochiq obi havoda amalgam oshirish kerak, aks holda bir kun  u yoqda tursin, oqim sizni bo’g’ozning eng keng joyiga olib ketib qolishi va u yerdan Afrikaning janubiy chekkasiga rejalashtirilmagan sayohatlarga ketib qolishingiz mumkin.

 

Hozircha shunda to’htaymiz, qirg’oqqa yaxhsilab o’rnashib oling, hordiq chiqaring, oftobda toblaning, biz esa ungacha kemamizni keyingi sayohatimizni er yuzidagi eng qisqa bo’g’oz  Bosfor bo’g’ozi tomon yo’l olish taraddudini ko’ramiz.


Orqaga qaytish