Ertaklar

5312 marta o'qildi
Qaldirgoch

Akrom biroz xayolchan, ta'sirchan bola. U qushlarni, ayniqsa, qaldirg'ochlarni juda yaxshi ko'radi. 

Akrom biroz xayolchan, ta'sirchan bola. U qushlarni, ayniqsa, qaldirg'ochlarni juda yaxshi ko'radi. Mana, hozir ham hovli etagidagi qari qayrag'och shoxiga chiqib olib, havoda charx urib yur-gan qaldirg'ochlarni zavq bilan kuzatib o'tiribdi.

   —            Ey, sen bola, nima qilyapsan?!

Akrom otasining serzarda ovozidan cho'chib ketdi. Dovdiragan ko'yi pastga tushdi.

— Daraxt tepasida nima qilib o'tiribsan, deb so'radim sendan. Boshqa zaril ishing yo'qmi?

— deya Qiyom aka o'g'lini tag'in qiyin qistovga oldi. Akrom arang pichirladi.

— Dada, qaldirg'ochlar qaytib kelibdi, ularni tomosha qilib turgandim.

— Shunaqami?! — Qiyom aka jahl bilan tevarakka alangladi. — Eshik-derazalarni mahkamlab yur! Bu yaramas qushlar uy ichiga in qurmasin, ikki yildan beri hammayog'ni bulg'ab juda jonga tegishdi. Tushunding-a, ichkariga kiritma ulami! — Qiyom aka tez-tez yurib, darvozadan chiqib ketdi.

Akrom erta-yu kech dalada ishlovchi otasining badjahl, tajang fe'lini yaxshi biladi. Shu bois ham botinib unga biror narsa deyolmadi. Faqatgina o'pkasi to'lib, ko'zlariga yosh quyilib keldi, xolos.

Qiyom aka shunchaki yo'liga do'q-po'pisa qilib ketmagan ekan. U kechga yaqin daladan qaytgach, uy tevaragiga jiddiy razm solib qaradi. Yopib qo'yilgan eshik-derazalar atrofida bezovta charx urib ucha-yotgan, ichkariga kirishga behuda urinayotgan qaldir-g'ochlami ko'rib, ko'ngli joyiga tushganday bo'ldi.

— Ana, bu boshqa gap, — deb qo'ydi u hovlidagi chorpoyaga xomush suyanib turgan Akrom tomon
bosh irg'ab.

Akrom indamay yerga qaradi. Uy ichkarisiga kirolmay, bezovta tarzda charx urayotgan qaldir-g'ochlarga uning juda-juda rahmi kelardi.

Bola chidayolmadi, kechqurun otasining buyrug'ini momosiga aytib berdi. Momosi ham o'g'lining bu qilig'idan afsuslandi. Kechki ovqat payti momosi o'g'liga noto'g'ri yo'l tutayotganini aytdi. Ammo Momo nevarasiga "Endi ilojimiz yo'q, shekilli", deganday bosh chayqab qarab qo'ydi.

Ertasi kuni g'alati bir voqea yuz berdi. Endigina maktabdan qaytgan Akrom tushlik qilib, sport to'garagiga otianib turardi. Momosi chorpoyada burni ustiga ko'zoynagini qo'ndirib allanimalarni tikib o'tirardi. Onasi odatdagidek oshxona yumushlari bilan band. Shu payt Qiyom aka daladan kelib qoldi. Ketmonini bir chekkaga qo'yib, chorpoya tomon yurdi. Bir mahal havoda uchib yurgan qal­dirg'ochlar Qiyom akaning atrofida charx ura bosh-I, ladi. Ular go'yo Akromning otasiga hujum qilisha-O—^ yotgandek edi.

— Ob-bo, yaramaslar-ey, — deb po'ng'illadi Qiyom aka qo'llarini u yon-bu yon siltab, qushlardan himoyalangan bo'lib, — meni cho'qilamoqchi bular!

Ammo qaldirg'ochlar battar «vijir-vijir» qilib ,- Qiyom akaning yon-verida charx urishda davom

 

etishardi. Akromning otasi qushlarga otish uchun biror narsa izlab yerga engashdi. Shu payt uning chaponi yoqasidan allaqanday xunuk, qop-qora quit sidrilib yerga tushdi. Qaldirg'ochlardan biri  chapdastlik bilan yer bag'irlab, tag'in o'rmalay boshlagan xunuk hasharotni cho'qilab tashladi.

Qiyom aka hangu-mang qotib qolgan edi.

— O'lishimga sal qoldi-ya, — dedi u arang g'udranib, — choponim yoqasida
qoraqurt bor ekan, bugun eski chaylani buzgandik, bu gazanda o'sha joydan menga
ilashgan. Qaldirg'ochlarga rahmat-ey, ular meni qutqarishdi!

Momo mamnun bosh irg'adi.

—  Ana, aytdim-ku, bolam, qaldir­g'ochlar insonning chin do'sti, shuning uchun ular odamlaming xonadonlariga uya qurishadi.

—  Akromjon, — dedi Qiyom aka qaldirg'ochlar ortidan mahliyo bo'lib ( termulib turgan o'g'liga qarata, —  Darrov eshik-derazalami ochib tashla, t hammasini, tezroq bo'l, o'g'lim! Men qattiq adashibman...

Akromjon eshik-derazalarni ochish uchun chopqillab ketdi.


Orqaga qaytish