Hikoyalar

5084 marta o'qildi
Olma (hikoya)

Kuz oftobi imillaydi. Sharif bobo yo'lak chetidagi o'rindiqda hassaga iyagini tirab, mudrab o'tirganida kimdir xazonlarni ship-ship bosib yonidan o'tib ketdi. 

Kuz oftobi imillaydi. Sharif bobo yo'lak chetidagi o'rindiqda hassaga iyagini tirab, mudrab o'tirganida kimdir xazonlarni ship-ship bosib yonidan o'tib ketdi. Bobo ko'zini xiyol ochib, yo'lovchiga - sanatoriy bog'iga shoshilayotgan qizchaga tikildi.

-   Huvillab yotgan bog' bo'lsa... undan nimani izlaydi? - deya o'zicha kuyinib
qo'ydiu.

Shu tobda boboning qizcha bilan so'zlashgisi kelib ketdi. Ermak topilganidan suyunib, boqqa y o'1 oldi...

Qizcha xuddi varrak uchirayotgandek nigohini ko'kdan uzmas edi. Sharif bobo uningjiddiy qiyofasigaboqib mehri tovlandi.

-Nima izlayapsan, do'mbog'im?

-  Olma bor ekan. Huv tepasida... Katta odamlarning qok li yetadi.
Qizcha qoshlarini chimirib boboga tushuntirdi. Sharif bobo esa, "G'alati qizcha

ekanmi? Hozirgi bolalar shunaqa o'zi, hikmatli. Biz-chi mo'ylovimiz chiqquncha kattalardan qochib, biqinib yurganmiz. Yovvoyi o'rdakka o'xshardik... Zamonaga ham bog'liq-da", deb o'yladi.

-  Qani olma? Qayerda?
"Katta odam" kaftini manglayiga soyabon qilib, uzoq tikildi. Ammo ko'z o'lgur,

har qancha urinmasin, sariq-qizg'ish tusdagi yaproqlardan boshqa hech narsani ko'rmaydi.

Hu, teppasiga qarang. Uchi qayrilgan shoxga...

Bobo qizcha aytgan joyga qaradi. Ha, bor ekan. Lekin unga "katta odarrTning qo'li tugul, hassani uzatsa ham yetmaydi. Belida quwati, bilagida kuchi boisaydi, bargida o’ynardi.

Bobo xoda izlab yon-veriga ko'z yugurtirdi. Olazarak nigohi qizchani munchoqday   qop-qora ko'zlari bilan to'qnashib, butun vujudida g'ayrati qo'zib   ketdi.   Shoshilmasdan bir-bir  bosib   chekkaroqqa  chiqdi. Xuddi   chillak   o'ynayotgan   bolalardek qulochkashlab  hassani  irg'itdi.  Tegmadi...  Yana  irg'itdi! Yana... Qizcha boboning xatti-harakatlaridan zavqlanib qiqir-qiqir kulardi.

Olma tap etib yerga tushdi. Qizcha toychoqdek irg'ishlab bordi-yu, uni qo'liga oldi. Bobo hamon daraxtning uchiga tikilardi. Hassa ilashib qolibdi. Qizcha ma'yus tortib boboga termuldi: "Endi nima qildik?"

-  Hechqisi yo'q, do'mbog'im! - dedi Sharif bobo qizchaga qaramasdan. - Hassa
topiladigannarsa...

U qoilarini orqasiga qilib, qaddini rostladi, shoshilmasdan boyagi o'rindiq tomonga yurdi. Qizcha engashib, yaktagining yengidan ushlab sekin tortdi.


Orqaga qaytish