Ota-onalar uchun

5086 marta o'qildi
Qiz bolalar qanday o'yinlarni yaxshi ko'radilar?

Bizning farzandlarimiz - uyali telefonlar oldin o'yinsiz, bitta musiqali bo'lganligini, yana ham oldinroq esa ular umuman bo'lmaganini tasavvur ham qilolmaydigan yangi avlod vakillaridir.

Qiz bolalar qanday o'yinlarni yaxshi ko'radilar?

Ularga bo'sh vaqtda nima taklif qilish mumkin?

Bizning farzandlarimiz - uyali telefonlar oldin o'yinsiz, bitta musiqali bo'lganligini, yana ham oldinroq esa ular umuman bo'lmaganini tasavvur ham qilolmaydigan yangi avlod vakillaridir.

Internet, komp'yuterlar - bularning barchasi hatto besh yoshli bola uchun ham juda oddiy endi narsa bo'lib qoldi, ular internetdagi qidiruv orqali ob-havoni bilib oladilar, flesh-o'yinlarni esa maxsus servislarda ham o'ynashni biladilar. Aksariyat bolalarning ota-onalari bunday ishqibozlikka hech qanday qarshilik ko'rsatmaydilar. Lekin bu yerda o'yin vaqtini chegaralar unchalik muhim emas, lekin ularning foydasi va sifatiga albatta ishonch hosil qilish kerak.

Bola havfsiz servisda rivojlantiruvchi, foydali o'yinlar o'ynayotganiga aniq ishonish uchun unga bunday imkoniyatni topishda yordam berish kerak. Bolani o'z-o'ziga tashlab qo'ymaslik kerak. Qiz bola va o'g'il bolalar uchun mantiqiy, sportga doir o'yinlar, kvestlar bor yaxshi sayt toping va brauzerda qulay zakladkani o'zingiz saqlab qo'ying.

 Shundan keyin bolaga bu zakladkalardan foydalanishni o'rgating va shunda bolangizning internetdagi ishi sizning nazoratingizda bo'ladi. Muhimi esa, bitta servisda juda ko'p mamnuniyat oladi. Axir bunday saytlar doimiy ravishda barcha yangidan-yangi o'yinlar qo'shish bilan yangilanib turadi.

 

 

 

Bolaga shunchaki yordam berishni va foydali ovunchoqni taklif qilishni bilish kerak. Qiz bolalar qanday o'yinlarni yaxshi ko'rishi haqida so'ralsa, ular nima deb javob beradi? Albatta, go'zallik, qo'g'irchoqlar va Barbiga tegishli bo'lgan hamma narsa.

 

Kiyintirish, oro berish, sochini turmaklash, uchrashuvga borish - bularning barchasiga bolalarimiz virtual holatda o'rganadi. Axir qiz bolaga nisbatan jiddiyroq bo'lgan qiziqroq mavzuli o'yinlarni taklif qilish mumkin-ku. Masalan, supermarket o'yini, predmetlarni topish yoki xaridorlarga xizmat qilishda tezlik va diqqatli bo'lish o'yini.

 Bolalar olamni komp'yuter o'yinlari orqali tanib, ko'p narsalarni o'rganishi mumkin. Unda ular magazinning kassiri kech javob berishi sababli mijozlarining avval norozi bo'lishlari, keyin esa, umuman ketib qolishlari bilan yo'qotishi mumkinligini biladi. Bu bilimlar agar ishni o'z vaqtida bajarish qanchalik ahamiyatli ekanini tushunsa, bolaning intizomli bo'lishga yordam berishi mumkin. Asosiysi, o'zini yolg'ondan ish o'yinini o'ynar ekan, bolalar o'rganadigan narsa - bu mas'uliyatdir.

 Komp'yuter o'yinlari yordamida nota yozishni o'zlashtirish va hattoki o'z kuylarini yozishni boshlash mumkin. Ehtimol, ota-onalar o'z bolalarida yaxshi qobiliyatlar borligini va musiqa bilan nisbatan jiddiyroq shug'ullanishini shu orqali bilishlari mumkin.

 

Darhaqiqat, o'yin jarayonida bolaning mantiqiy faoliyatlarga bo'lgan qobiliyatini, diqqatlilik va ziyraklikdagi tezlik darajasini bilish mumkin. O'yin yana, qo'yilgan maqsadga etishga intilishni shakllantirishi mumkin. Har bir bosqichni bosib o'tgach, bola o'z g'alabasini mahkamlab boradi.

 Shuning uchun bolangizning qiziqishlariga qarshilik qilmaslik kerak. Ranglarni to'g'ri tanlab, rasmlarni bo'yashiga, o'zining ilk kuylarini yozishiga va magazinlar ochishiga qo'yib bering. Asosiysi, bu rivojlanish va shaxsiyat shakllanishiga foydali bo'lsin.



Orqaga qaytish