Hikoyalar

5526 marta o'qildi
Birovga chiquvdim-a

Bu xonadonda sirayam tinchlik yo'q. Kich-kintoylar bir-birlari bilan urishishgani-urishishgan. Hozir ham shunday bo'ldi.

 

Bu xonadonda sirayam tinchlik yo'q. Kich-kintoylar bir-birlari bilan urishishgani-urishishgan. Hozir ham shunday bo'ldi. Oyisi birrovga chiqqanidan foydalanib, vannada suvsepar boshlanib ketdi. Qarabsizki. bir pasda oyoq bosgani joy qolmaydi. Bu ham yetma-gandek, sochiqlar bir-biriga qarab otildi. Hatto katta koptok ishga tiishib ketdi. Koptok ham sho'xgina ekan, viz etib zalga kirib bordi. U yerdan uchib, shkafning oynasiga urildi.

Aka-ukalarning shovqin-suroni ko'p qavatli uyning zinalari va derazalari osha pastgacha tnshdi. Hovlida dam olib o'tirgan kampirlar hayron. Birdan aka-ukalarning dod-lagan ovoz-laridan kampirlar cho'chib ketishdi. Yugurib chiqay deyishsa, aksiga olib lift ishlamay qoldi. Ularning sal baquwatroqlaridan ikkitasi biramallab to'rtinchi qavatga ko'tarilishdi. Jon holatda eshikni itarishdi. Har doim berk turadigan eshik haytovur bu gal ilgichga ilinmagan ekan. Ular halloslab, oldinma-ke-tin ichkari kirishdi va yoqa-larini ushlagudek hayron qolishdi.

Bolalar o'ynayotgan kop­tok miltillab qaynab turgan qozonning ustiga topillab tushgan va atrofga sho'rvaning suvlari sachrab kctgan edi. Hatto uning bir-ikki tomchisi koptokni «men tutaman-men tutaman» deb chopib yurgan bolalarning betlariga, qo'l-lariga sachragan edi. Ahvolni ko'rib, kampirlar dovdirab qolayozishdi va shosha-pisha gaznio'chirishdi. Biramallab chovlini topishdi. Koptokni sho'rvadan olishdi. Birlari sho'rvaning «ifloslangan» yuzini oldi, biri esa bola laming yuz-qo'liga qaradi. Shu payl eshikdan hovliqqanicha onalari kirib keldi. Pastda turganlar aytishgan bo'lsa kerak, uning yuzi oppoq oqarib ketgan. yuragi esa besaranjom urardi. Faqat degani shu bo'ldi: «Nega shunaqasiz-a?»

Darvoqe,    nega    ular shunaqa-ya?


Orqaga qaytish