Rivoyatlar

5330 marta o'qildi
SHIROQ

Yoz boshlanib, Yaksart bo'yidagi cho'llarda o'tlar qovjiray boshladi. Bu yerlar yashovchi sak qabilalari uchun sero't yaylovlarga ko'chish boshlandi. Yangi yerl ga ko'chish chorvachilar uchun bir bayramdek edi. Ular bahor mavsumida yash o'rganib qolgan yerlarini tashlab ketish oldidan bir-birlarinikiga qo'noq bo'lib rar, dorivor o'tlarni yeb semirgan biyalarning sutidan tayyoriangan o'tkir qimizlarni ichib v tichog' bo'lgan yigitlar qizlar bilan lapar aytishar, o'yin-kulgu qilishardi.

SHIROQ

Yoz boshlanib, Yaksart bo'yidagi cho'llarda o'tlar qovjiray boshladi. Bu yerlar yashovchi sak qabilalari uchun sero't yaylovlarga ko'chish boshlandi. Yangi yerl ga ko'chish chorvachilar uchun bir bayramdek edi. Ular bahor mavsumida yash o'rganib qolgan yerlarini tashlab ketish oldidan bir-birlarinikiga qo'noq bo'lib rar, dorivor o'tlarni yeb semirgan biyalarning sutidan tayyoriangan o'tkir qimizlarni ichib v tichog' bo'lgan yigitlar qizlar bilan lapar aytishar, o'yin-kulgu qilishardi. Biroq bu safar odamlarning ko'ngliga qil sig'mas, o'tovlarda na qo'shiq tovushi, na qiz ning xushchaqchaq kulgisi eshtilardi. Baland bir yerga qurilgan katta oq o'tovni egnilariga yarqiroq teridan kamzul, boshlar uchi ingichka, uzun qalpoq kiygan qurolli soqchilar qo'riqlab turardilar. O'tov ichida esa sak qabilasining oqsoqollari kengash qurib o'tirardilar. To'rga solingan a terisi ustida chordana qurgan Rustak oqsoqollarga vaziyatni tushuntirmoqda edi: — Eron shohi Doro I O'ksusdan kechib o'tib, So'g'diyonani bosib oldi. Eroniylar el yu talab, erkaklarni qui, xotinlarni cho'ri qilib olib ketayotirlar. Endi navbat bizga keldi. Darat larimiz shohning biz tomonga Ronosbat boshchiligidagi katta bir qo'shinni yubormoqchi ganligidan xabar keltirdilar. Rustak soch-soqol oqargan, bir oz munkayib, cho'kib qolgan suyakdor chol. U bir vaqtlar keng yag'rinli, baland bo'yli pahlavon edi. Yakkama-yakka janglarda sak urug'ining dushmanlaridan ko'p bahodirlarni yer tishlatgan, uning nomi So'g'diyonada ham, Eronda ham mashhur edi. Hozir u saklar va so'g'dlarning ashaddiy dushmani bo'lgan Eron shohi va uning qora ni-yatlari to'g'risida gapirar ekan, g'azabdan nafasi tiqilar, ko'zlari o't sochar edi. U gapni tugatib dushmanni daf etmoq uchun qanday choralar ko'rish kerakligi to'g'risida o'z fikrlarini aytishni urug' oqsoqollaridan so'radi. Qo'lidan ish kelmaydigan chollar, bolalik xotinlarni qo'y va yilqilar bilan uzoq cho'llarga yuborib, qolgan er va ayollarning barini qurollantirsak va dushman bilan bir tomchi qoni-miz qolguncha urushsak, — deb gap boshladi urug' oqsoqollaridan Saksfar. U oltmishga borib qolgan bo'lsa-da, yoshlardek ikki beti qip-qizil, serg'ayrat va tavakkalchi odam edi. — Urush kulfati benomuslik mashaqqatidan yaxshiroq. Zolim Eron shohiga qui bo'lgandan ko'ra jang maydonida o'lgan afzal. Rustak uning uzundan-uzoq gapini sabr bilan tinglab, boshini quyi solganicha o'ylanib qoldi. — Jangda mardlarcha o'lmoq oson gap, lekin dushmanni yanchib tashlab, undan qasos ol-moq qiyin. Biz mardlik ko'rsatib nomimizni qoldirish to'g'risida emas, balki el-yurtimizni er-kini qanday saqlab qolish to'g'risida o'ylamog'imiz kerak, — dedi u qiziqqon Saksfarga qarab. Oqsoqollar mum tishlagandek miq etmay o'tirar edilar. Ko'p mamlakatlarni bosib olib, jang maydonlarida ko'p tajriba orttirgan, yaxshi qurollangan Eron qo'shini bilan urushmoq juda mahol ekanligi ularga ayon edi. Boshliqlar bu mushkul muammoni yechish uchun bosh qotirib o'tirganlarida, o'tov eshigi oldida turgan qurolli yigit Shiroq degan bir cho'ponning kirishga ijozat so'rayotganini bildirdi. — Shiroq! — deb qoshini chimirdi Rustak. — Kim u? — Shiroq bizning urug'dan. Butun umri cho'ponlik bilan o'tgan, — dedi Saksfar. — O'zi juda farosatli, dono, dostonchi chol. Eski chaldivorlardan chayon ushlab o'zini chaq-tiradi. Og'riq sezmaydi. Aytishlaricha, yoshligida ilon uni chaqib olganda allaqanday giyohlar-ni surtib tuzalib ketgan emish. O'shandan beri ilon, chayondan qo'rqmaydi. — Andog' bo'lsa chaqir bu yoqqa o'sha cholni. — Eshikdan yoshi oltmishdan oshgan, tetikkina, barvasta bir chol kirib, ta'zim qildi. — Ijozat bersanglar, men ham qatoringizda o'tirib, o'z fikrimni aytsam. Nima to'g'rida gap-lashayotganingizni bilaman. — O'tir, o'tir, gapingga quloq solamiz, — dedi Rustak. — Eron shohining askarlari Sirdaryo ostidagi qum donalaridan ham ko'p, ularni jangga chorlab, yengish mahol. Shunday bir hiyla topmoq kerakki, dushmanning oyog'i toyib, falokat jariga qulab tushsin. — Qani, ayt, qanday hiyla o'ylab topding? — deb so'radi Rustak. — Buni faqat senga aytaman. Oqsoqollar o'tovingni tark etsinlar. Rustak bu gapni eshitib aftlari burishib ketgan oqsoqollarga bir qarab oldida; — Nima, sen shu ulug' zotlarga inonmaysanmi? — deb so'radi. — Ishonaman, ular el g'amini yeydigan halol odamlar, o'lsalar ham dushmanga sir boy ber-maydurlar. Ammo ularning yaqin do'stlari, inilari, o'g'illari, xotinlari bor. Men aytgan gaplarni beixtiyor ularga aytib qo'yishlari mumkin. U yog'i ma'lum, el og'ziga elak tutib bo'lmaydur. Oqsoqollar meni kechirsinlar... Urug' boshliqlari birin-ketin o'rinlaridan turib chiqib keta boshladilar. Oq o'tovdan nariroqda cho'qqayib o'tirgan oddiy ko'chmanchilar Shiroqni yaxshi tanir, uning qo'biz chalib aytgan dostonlarini ko'p marotaba tinglagan, o'zi ham dostonlarda madh etilgan sher yurak odamlardan biri ekanligini bilar edilar. Oradan ancha vaqt o'tgandan keyin Shiroq o'tovdan chiqdi. Uni ko'rgach, ko'chmanchilar dahshatga tushib o'rinlaridan sakrab turib ketdilar. Keksa cho'pon kesilgan ikki qulog'i va burniga kuydirilgan namat bosib, sizib oqayotgan qonni to'xtatishga harakat qilardi. Kutilmagan bu fojia-dan g'azablangan odamlar uning atrofini o'rab oldilar va ustma-ust savol yog'dira boshladilar: — Quloq-burningni nega kesdilar? — Sen sho'rlik nima gunoh qilib eding? Rangi murdadek oqarib ketgan Shiroq tishini tishiga qo'yib, o'zini bardam tutishga urinar, urug'doshlarining savollariga javob bermasdi. Uni bir joyga o'tqazib, kuydirilgan namat bilan qonni to'xtatdilar. Cholning sahro shamoli va cho'l quyoshidan qoraygan yuzida g'azab alomati yo'q edi. U o'ziga kelgach, o'rnidan turdi-da, kunbotar tomonga qarab ketdi. Hang-mang bo'lgan kishilar uning orqasidan qaraganlari-cha qotib qoldilar. Dehqonchilik va bog'dorchilik bilan shug'ullanuvchi so'g'd xalqini itoatga keltirgan Eron shohi Yaksartning so'l qirg'og'ida ko'chmanchilar ustiga yurish oididan dam olmoqda. U yetti paxsa devor bilan o'ralgan bog' o'rtasidagi baland shiyponda o'z a'yonlari bilan may ichib, sha-karguftorlik qilib o'tirardi. Mulozimlardan biri shiypon yoniga kelib ta'zim qildi-da, quloq-burni yo'q g'alati bir chol shoh huzuriga kirishga izn so'rayotganini bildirdi. Doro surishtirib, kelgan odamning sak qa-bilasidan ekanligini bilgach: — Mayli, kirsin, — dedi. — Ikki qurolli mulozim boshlab kelgan Shiroq Dorodan o'n besh qadamcha berida to'xtadi-da, yer o'pdi va o'rnidan turib, ta'zim qilganicha qotib qoldi. Doro baland bo'yli, qushburun, chiroyli odam edi. Uning ponaga o'xshash soqoli ko'kragiga tushgan va mayin taralgan. Ustidagi to'q qizil zarrin to'ni yiltirar, qo'lidagi uzun aso dastasi-ga qadalgan qimmatbaho toshlar qorong'u kechadagi yulduzlardek charaqlar edi. Tosh qo'g'ir-choqqa o'xshagan ikki mulozim uni sekin-sekin yelpib turardi. Doro kamon qoshlarini chimirib baland ovoz bilan: — Hoy odam, o'zing kimsan, oting nima, qaysi urug'dansan? — deb so'radi. — Otim Shiroq, o'zim sak urug'idanman, — javob qildi chol. — Kelib, mening istirohatimni buzmoqdan maqsading nadir? — Maqsadim mulozamat kamarin belga bog'lab, umrimni siz shahanshoh xizmatida o't-kazmoqdir. Janoblariga xayrhoh bo'lganim tufayli qabiladoshlarimdan qattiq sitam ko'rdim. Alarga men: «Shohi Eron bilan urushaman, deb chiranmang, sizlarni bir hamlada zeru-za-bar qilgay, yaxshisi itoat kamarin bog'lab borib, ul zoti bobarakotning etaklaridan o'ping», dedim. Bu gapdan xabar topgan hukmdorimiz Rustak g'azabga mindi va mening quloq-burnimni kestirdi. Men endi sizning yordamingiz bilan undan o'chimni olmoqchiman. Agar ijozati oliy bo'lsa, yengilmas qo'shningizni yolg'iz podachilar biladigan so'qmoqlar bilan sak lashkarlari-ning orqasidan olib chiqar edim, keyin ularni qilich damidan o'tkazmoq qiyin emas... Shiroqning gapini eshitdi, Doro o'yga toldi. Agar jangovar sak qabilalari shu yo'sinda yak-son qilinsa, O'ksus bilan Yaksart o'rtasidagi serunum yerlarni bosib olgan Eron lashkarlari-ning bexatarligi ta'min etilgan bo'ladi, ammo bu keksa cho'ponni sinab Shiroq shohning ishonchsizlik ko'zi bilan qarayotganini fahmlab, so'zining to'g'riligini is-botlashga kirishdi: — Axir quloq-burnimni yaqindagina kestirganim ko'rinib turibdi-ku! Biznikilar bekorga o'z urug'lariga bunday sitam yetkazmaydurlar. U o'ylab qo'ygan dalillarini keltirib, uzundan-uzoq gapirdi va o'zining Eron shohiga sodiq-ligini, saklarga dushman ekanligini isbot qilishga tirishdi, so'zining oxirida Quyosh tangrisini shafe keltirib ont ichdi. Doro sarkardalari bilan maslahatlashib, saklar ustiga qo'shin yuborishga, Shiroqni esa yo'l boshlovchi qilib olishga qaror berdi. Eron askarlari yo'l boshlovchining maslahati bilan yetti kunlik suv, oziq-ovqat va yem-xa- qullikc shak olib yo'lga chiqdilar va daryoning chap qirg'og'idagi qum sahrolaridan borib saklarga uchun orqa tomondan hujum qilmoqchi bo'ldilar. lokat ja Dastlabki kunlar yo'l uncha mashaqqatli bo'lmadi. Cho'l o'tlari endi qovjirab kelayotgan bo'l- u R, sa ham onda-sonda buloqlar atrofida ko'm-ko'k o'tlar uchrab turardi. Bora-bora cho'l sahroga — ^ aylandi, odamlar va o'tlarning suvga ehtiyoji osha bordi. Afsonaviy otlarning taqalariga o'x-chib, yt shab uyulib qolgan qumtepalardan oshib yoki chetlab o'tish oson emas edi. Qora terga tushib topdim. hansiragan otlar oyoqlarini qumdan arang tortib olib, boshlarini quyi solganlaricha bitta-bitta shirin si tashlab borardi. Sahroning berahm quyoshi yomon niyatda kelayotgan bu qurolli odamlarning Hukr boshidan olov selini quyar, ichlarini kuydirib, tashnalikdan lablarini qovjiratar, qumlar ustidapichoqni jimirlab turgan qaynoq havo o'pkalarini yondirardi. siga kirg; Lashkarboshilarning toqatlari toq bo'lib, saklar lashkargohiga qancha masofa qolganini G'azal Shiroqdan surishtira boshladilar. U esa manzilga yaqinlashib qolganliklarini va yana ikkiJhiroqni kun yurish kerakligini aytib, boshliqlarni yupatardi. Biroq sermashaqqat safarning yettinjo'Iidan c chi kuni ham saklardan darak topmadilar. Hammayoq dashti-biyobon, qush uchsa qanotikcha yo' kuyadi. Suv, oziq-ovqat, yem-xashak tamom bo'lgan, oriqlab ketgan otlar yer iskab suv qiditishni xa radi, qovjiragan lablari shishib ketgan odamlar bir qultum suv uchun bir yillik umrlaridar — Aga kechishga tayyor! o'g'cuyon Shiroqni o'rtaga olib: «Bizni qayerga boshlab kelding ablah!» — deb qistovga oldilar. Askai — o'z boshilardan biri uni yoqasidan ushlab siltadi va haqorat qila boshladi. Shiroq yoqasini uninjaqul, — qo'lidan qutqarib, namat qalpog'ini boshidan oldi-da, serajin va keng peshonasining terini arimay fidoi di. Uning qovjiragan lablari istehzoli tabassumdan yorishib, qiyiq ko'zlarida o't chaqnab ketdi. Atrofini qurshab olgan g'azabli chehralarga mag'rur qarab olib turib, qalpog'ini yerga bir urdi-da, qahqahlab kulib yubordi: — Men yengdim, Doro qo'shinini bir o'zim yengdim! — dedi u qichqirib. — Sizlarni aldab sahroning qoq o'rtasiga olib keldim, — qo'li bilan kunchiqish va kunbo-tish tomonni ko'rsatdi. — Bu yog'i ham yetti kunlik yo'l, bu yog'i ham. Istagan tomoningizga boravering! Mening go'rim shu yerda, — deb oyog'i ostini ko'rsatdi. U o'z murodiga yetgani uchun Yaratganga shukur qilib, duo o'qidi. Darhaqiqat, u o'z elini qullikdan qutqarib qolish uchun jonidan kechgan, yovuz dushmanni hiyla tuzog'iga ilintirish uchun azob-uqubatni bo'yniga olgan edi. Mana endi u niyatiga yetdi, dushman askarlarini ha-lokat jari yoqasiga boshlab keldi. Endi dushman nima qilsa qilaversin! U Rustakning xuzuriga kirganida shunday degan edi: — Agar mening bola-chaqam va nevaralarimni unutmasang, o'z shirin jonimdan voz ke-chib, yurt boshiga kelgan baloni daf etardim. Dushmanni daf qilmoq uchun bir hiyla o'ylab topdim. Umrim oxirlab qoldi, axir bu dunyodan ketmoq kerak. Men el-yurt uchun o'limning shirin sharbatini ichmoqqa qaror qildim... Gapimga quloq sol... Hukmdor uning gapini oxirigacha tinglab, fikrini ma'qullagan edi. Shunda u yonidan o'tkir pichoqni olib, o'z quloq-burnini kesgan va go'yo o'z eliga xiyonat qilgan bo'lib, dushman ora-siga kirgan edi... G'azablangan ko'zlari olayib, aft-basharasi bujmayib xunuk bo'lib ketgan Eron sarkardalari Shiroqni o'rab olib, uni ura boshladilar. Sarkarda Ronosbat dabdalasi chiqqan Shiroqni ular qo'lidan qutqarib, bir chetga olib chiqdi-da, suv ichirdi so'ngra chodiriga olib kirib, uni yaxshi-likcha yo'lga solmoqchi bo'ldi. Endi Eron sarkardasi saklar ustiga yurish qilib, ularni tor-mor etishni xayolidan chiqarib tashlagan, u faqat qo'shinini halokatdan qutqarib qolishni o'ylardi. — Agar sen sahro quduqlari va chashmalarini bizga ko'rsatsang, gunohingdan kechib, So'g'diyona qishloqlaridan birini in'om qilardik. — O'z elimning dushmanlariga yordam uchun cho'zadigan qo'limni kesib tashlaganim maqul, — dedi u gapni qisqa qilib. Halokat yoqasida qolgan eroniylar achchiqlariga chiday olmay fidokor cho'ponni chopib, qiyma-qiyma qilib tashladilar.


Orqaga qaytish