Rivoyatlar

5080 marta o'qildi
IDRIS SHOH HAQIDA RIVOYATLAR

Qadim zamonda Abdul Malik ismli savdogar yashagan ekan. O'ta oliyjanobligi va saxiyligi uchun u Xurosonning eng yaxshi odami unvoniga sazovor ekan.

IDRIS SHOH HAQIDA RIVOYATLAR

Qadim zamonda Abdul Malik ismli savdogar yashagan ekan. O'ta oliyjanobligi va saxiyligi uchun u Xurosonning eng yaxshi odami unvoniga sazovor ekan. Bir kuni u boyligining oz qisminigina ulashayotgani haqida o'ylanib qolibdi, negaki odamlarga ehson qilinayotgan boylikning qiymati kishilarga muruvvat ko'rsatish-dan keladigan huzur-halovot oldida hech narsa emas edi. Shundan keyin u odamlarning faro-vonligi yo'lida bor mulkini tarqatib yuborishga qaror qildi. Shunday qilib, Abdul Malik o'zining barcha boyliklaridan ajraldi. Bor mulkidan ayrilgach, u taqdir endi o'ziga nimani tayyorlayotganidan bexabar bo'lib yurganida, ko'z o'ngida yamoq kiyimdagi darveshning qaddi — basti namoyon bo'ldi. — Ey Abdul Malik, xurosonlik saxiy odam, — dedi darvesh qiroat bilan, — men sening ha-qiqiy «men»ingman. Sen bilan bir butunlikni tashkil etishimning sababi esa, sen ko'rsatgan ha-qiqiy saxovat va oliyjanoblikda. Ushbu saxovat oldida saxiylik uchun erishgan shuhrating hech narsa emas, shuning uchun, yana o'z huzuringdan voz kechib butun boyligingni kambag'allarga tarqatib yuborganing uchun seni taqdirlamoqchiman. Bugundan boshlab men har kuni huzuringda hozirgi ko'rinishimda namoyon bo'laman. Meni tayoqcha bilan urasan va men oltin haykalga aylanaman. Sen oltin haykaldan istagan kattalikda bo'lak ushatib olishing mumkin bo'ladi. Bu bilan menga zarar yetkazmaysan, har qancha ushatib olmagin uning o'rni hadyalaring hisobiga to'lib boraveradi. Shunday deb darvesh g'oyib bo'libdi. Ertasi kuni Abdul Malikning oldiga uning do'sti Akal boy kelibdi. Ular endi o'tirishlari bilan, qarshilarida darveshning sharpasi paydo bo'libdi. Ma¬lik uni tayoq bilan urgan ekan, darvesh yerga yiqilib, oltinga aylanibdi. Malik o'ziga kichkina oltin bo'lagini olib, yana bir bo'lakni mehmonga beribdi. Akal boy uyiga qaytib, bo'lgan ishlarning sirini bilolmay, shunga o'xshash mo"jizaga qanday erishmoq yo'llarini o'ylay boshlabdi. U darveshlarning karomatlari haqida ko'p eshitganligi bois shunday xulosaga kelibdi: oltinga ega bo'lmoq uchun darveshni urish kerak. Akal boy bazm uyushtirib, unga barcha darveshlarni taklif qilibdi. Belgilangan kunda Akal boyning uyiga darveshlar oqib kelishibdi. Mezbon ularning bar-chasini dasturxonga taklif etib, to'ygunlaricha ziyofat beribdi. Keyin u qo'liga temir tayoq olib, birin-ketin darveshlarni yiqitib boraveribdi, kaltaklangan, mayib jasadlar esa birin-ketin qulayveribdi. Nihoyat omon qolgan bir necha darveshlar uni to'xtatib, qoziga olib borishibdi. Akal boy o'zini oqlash uchun Malikning uyida sodir bo'lgan voqeani aytib beribdi. Malikni qozi huzuriga chaqirishibdi. Yo'lda uning oltin «men»i nimalar aytishni o'rgatib boribdi. Qozining oldida u shunday debdi: — Ijozatingiz bilan shuni ta'kidlamoqchimanki, menimcha, bu odam yo aqldan ozgan yoki birovga besabab bosqinchilik qilish odatini oqlamoqchi. Haqiqatan men uni bilaman, lekin u aytgan voqealar aqlga sig'maydi. Shunday qilib, Akalboyni jinnixonaga joylashtirishbdi. Bu yerda u o'ziga kelib olgunicha yashabdi. Darveshlar ham o'zlarigagina ayon bo'lgan ilmlari tufayli sog'ayib ketishibdi. Odam-ning g'ayritabiiy ravishda oltin haykalga aylanishiga esa hech kim ishonmabdi. Abdul Malik to ajdodlari ruhi bilan oxiratda uchrashguniga qadar umrining qolgan qismini ham xayr-saxovatga bag'ishladi va o'z «meni»dan hosil bo'lgan oltin haykaldan bo'laklar usha-tib, eng muhtoj odamlarga yordam ko'rsatib yurdi.


Orqaga qaytish