Rivoyatlar

4931 marta o'qildi
NUH KEMASI VA TOSHQIN

Insonlar o'zlarining yomon xislatlari va ishlari bilan Xudoning noroziligiga sa-bab bo'lsalarda, U insonlarni sevardi. Ular jazoga loyiq bo'lishlariga qaramasdan, Xudo ularni jazolashni doimo orqaga surardi. U insonlarni to'g'ri yo'lga kirish-ga undasa ham, insonlar unga bo'ysunishni istamasdilar.

NUH KEMASI VA TOSHQIN

Insonlar o'zlarining yomon xislatlari va ishlari bilan Xudoning noroziligiga sa-bab bo'lsalarda, U insonlarni sevardi. Ular jazoga loyiq bo'lishlariga qaramasdan, Xudo ularni jazolashni doimo orqaga surardi. U insonlarni to'g'ri yo'lga kirish-ga undasa ham, insonlar unga bo'ysunishni istamasdilar. Nihoyat, Xudo ularning o'zgarishlari uchun bir yuz yigirma yil muddatni beigiladi va ularga agar shu davr mobaynida o'zgarmasalar, ularni jazolashga va halok etishga va'da berdi. Bir yuz yigirma yil ham o'tdi. Insonlar o'zgardilarmi, ibodat qildilarmi yoki yaxshi, rahmdil insonlarga aylandilarmi? Yo'q, aslo, ular avvalgidan ham vahshiylashdilar. Vaziyat shu daraja-ga yetdiki, yer yuzida birorta yaxshi inson qolmadi, minglab insonlar ichida rahmdil, taqvodor hamda Xudo buyurganidek hayot kechiruvchi birgina inson qolgandi. Uning ismi Nuh edi. Rahmdil Alloh insonlarni yaxshi tomonga o'zgarishga ko'p undadi, ularga behisob yaxshi-liklar qildi va nihoyat, agar o'zgarmasalar ularni jazolashni va'da qildi. Uning bu choralari insonlarga hech bir ta'sir qilmaganidan so'ng g'azabi qo'zg'ab, ularga jazo yubordi. Insonlar qilgan gunohlari va qaysarliklari bilan Xudoning g'azabini qo'zg'atdilar va jazolandilar. Xudo to'fon yuborish bilan ularni yo'q qilib tashlashga qaror qildi. Kamtarin, itoatkor, rahmdil hamda taqvodor bo'lgani uchun birgina Nuh va uning solih oilasini Xudo to'fondan saqlab qoldi. U Nuhga shunday dedi: — Ey Nuh, insonlar juda zolim va manman bo'lib ketdilar. Ular to'g'ri yo'lga kirishni xohlamayaptilar. Men ularni yer yuziga to'fon yuborish bilan xarob qilaman. Lekin sen, ayoling, uchta o'g'ling ayollari bilan birga yaxshi inson bo'lib yashaganligingiz uchun halok bo'lmaysizlar. Xudo Nuhga yog'ochdan kema yasashni buyurdi. Nuhning kemasi juda katta edi. Nuh va uning o'g'illariga to'rt kishi bo'lib, kema yasash ancha qiyin kechdi. Juda ko'p daraxt-larni kesish, butalash, arralashga to'g'ri keldi. Natijada kema uzun, keng va baland qilib qurildi. Xudo Nuhga kemani tashqari va ichkari tomondan qatronlashni o'rgatdi, unga kema yonidan eshik qilishni hamda tomida uzun va torgina ochilib yopiladigan darcha yasashni buyurdi. Xudo Nuhga suvda yashay olmaydigan hayvonlardan qo'y, echki, shuningdek kabutar va qumrilardan 14 donadan, qolgan hayvon va qushlardan esa bir juftdan kemada olib ketishni amr qildi. Baliq, g'oz,o'rdaklar suvda bemalol yashay olganliklari uchun Nuh ularni kemaga olishi shart emasdi. Kema qurib bitirilib, Nuh o'zi va oilasi uchun oziq-ovqat, hayvonlar uchun yemak tayyorlab bo'lganida, xudo unga bir haftadan so'ng to'fon boshlanishi haqida xabar berdi. Nuh oilasi bilan kemaga kirdi. Ularning ortidan Xudoning irodasi bilan bir juft sher, bir juft fil, bir juft ot, xuddi shuningdek, eshak, kiyik, quyon, it, mushuk va boshqa turli hayvonlar juft-juft bo lib kirdilar. Kemaga tovuq, xo'roz, qarg'a, tovus, chumchuq, to'ti, sa'va va boshqa qushlar ham juft-juft bo'lib joylashdilar. Kunlar o'tib, to'fon ham boshlandi. Shunday qattiq yomg'ir yog'diki, dunyo yuzi hali bun-day yomg'irni ko'rmagan edi. Kunlar ketidan tunlar kelar, lekin kun sayin yog'ayotgan yomg'ir miqdori ortib borardi. Oradan ko'p vaqt o'tmay hammayoq suvga to'ldi. Dengizlar va ko'llar qirg'oqlaridan toshib, daryolar o'zani kengayib boraverdi. Suv uylarning ichiga oqib kira bosh-ladi. Odamlar vahimaga tushib, qayerga borishni bilmay qoldilar. Suv sathi yanada ko'tarildi. Odamlar yuqoriga intilib, tomlarga chiqa boshladilar. Ammo yomg'ir tinmay yog'averdi, suv sathi ham tobora ko'tarilaverdi. Odamlarning eng yovuzlari birinchi navbatda cho'kib bo'ldilar. Qo'lidan kelganlar baland daraxtlarning ustiga chiqib olgan bo'lsalar ham, birin-ketin suvga g'arq bo'laverdilar. Omon qolgan kishilarni vahima qamrab oldi. Ulardan ayrimlari tog' cho'qqilariga chiqib olgan bo'lsalar ham suv ularni ham o'z domiga tortaverdi. Tez orada suv va osmondan boshqa hech narsa ko'rinmay qoldi. Nuhningkemasiesasokinlikbilansuzibboraverdi.uningkemasigabirtomchihamsuvtushmagandi. Yomg'ir qirq kecha-yu, qirq kunduz, bir daqiqa ham tinmay yog'averdi. Yomg'ir yog'ishi to'xtagandan keyin ham, yana bir yuz ellik kun davomida suv dengizlardan oqib kelaverdi. Nihoyat Xudo shamol yuborib, suvning kelishi biroz pasaygach, kema Ararat tog'ining cho'q-qisiga urilib, to'xtadi. Endi tog' cho'qqilari ham ko'rina boshladi. Nuh suv pasayishini yana qirq kun poylab turdi keyin kema yuqorisidan derazani ochdi va qarg'ani qo'yib yubordi. Qarg'a uchib-uchib, qaytib kema tomiga kelib qo'ndi. Nuh bir haftadan so'ng kabutarni qo'yib yubordi, lekin kabutar ham qaytib keldi, chunki u qo'nish uchun quruq yerni topolmagan edi. «Demak, suv hali qaytmabdi» — deb o'yladi u. Nuh bir haftadan so'ng yana derazani ochib, kabutarni qo'yib yubordi. Kabutar biroz uchib yurdi va tumshug'ida zaytun daraxtidan bir novda olib keldi. Nuh bundan xursand bo'ldi: «Suv pasayib qolgan bo'lsa kerak, daraxtlar suvdan chiqib qolgan ko'rinadi. Aks holda kabutar zaytun daraxtining novdasini qayerdan olgan bo'lardi? Demak, yaqin orada kemadan chiqish mumkin bo'ladi.» Nuh biroz muddat kutib kabutarni uchinchi bor qo'yib yubordi. Kabutar uzoqlarga uchib ketdi. Shu ketganicha ortiga qaytib kelmadi. Yer yuzi butunlay qurib bo'lganida Xudo Nuhga aytdi: — Kemadan xotining, o'g'illaring, va ularning ayollari bilan chiqinglar, jonivoriarni ham tashqariga qo'yib yubor, toki ular ham yer yuziga chiqib, ko'paysinlar. — Shunda Nuh kemaning eshiklarini ochib, xotini va bolalari bilan undan chiqdi. U kema¬ning ichidagi jonivoriarni ham tashqariga chiqarib yubordi. Bir yil mobaynida kemaning ichidan bo'lak hech narsani ko'rmagan insonlar va jonivorlar yorug' dunyoga chiqayotganliklaridan o'ta xursand bo'ldilar. Nuh kemadan chiqib, ularni omon qoldirgani uchun Xudoga hamdu sanolar aytdi. U toshlarni tekislab terib, qurbonlik keltiriladigan joy hozirladi, unda Mehribon va rahm-dil Xudoga qurbonlik keltirdi. Nuh tiz cho'kkan holda o'zi, xotini hamda bolalarining hayotini saqlab qolgan Buyuk Parvardigorga shukronalar aytdi. Nuhning bu munojotlari Xudoga xush keldi va U bundan keyin odamlarni halokatli to'fon bilan jazolamaslikka va'da berdi. — Yo'q, dedi Xudo, — toki yerda hayot bor ekan, toki ayoz va jazirama, yoz va kuz, kun va tun almashinib turar ekan, to'fon boshqa sodir bo'lmaydi. Va'damga vafo qilishimga ishonmasang, osmonga bir qara! Nuh osmonga nazar soldi va nihoyatda go'zal manzara — yetti xil rangda jilolanayotgan kamalakni ko'rdi. — Har safar sen osmonda kamalakni ko'rganingda, yer yuziga qaytib bunday to'fon yubor-maslik haqidagi va'damni eslashing kerak, — dedi Parvardigor. Mehribon va Rahmdil Xudo o'z va'dasi ustida turdi. Taqvodor Nuh esa toshqindan so'ng yana ko'p yillar yashadi. Xudo unga qariyb 1000 (950) yil yashashni nasib etdi. Nuh vafot etganidan keyin yer yuzida insonlar yanada ko'payib ketdilar.


Orqaga qaytish