O'zbekiston tarixi

4953 marta o'qildi
Xiva xonligining tashkil topishi

 Xorazm hududida jami 20 ga yaqin o’zbek qabilasi istiqomat qilar edi. Ular orasida qo’ng’irot, mang’it, nayman, qipchoq va qiyot qabilalari ko’p sonli va eng kuchli qabilalar bo’lgan. Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm temuriy Sulton Husayn Boyqaro boshliq Xuroson davlati tasarrufida edi. Xorazmda qo’ng’irot qabilasidan chiqqan Chin So’fi hokim edi. U rasman Husayn Boyqaro noyibi hisoblanardi.

 Xorazm hududida jami 20 ga yaqin o’zbek qabilasi istiqomat qilar edi. Ular orasida qo’ng’irot, mang’it, nayman, qipchoq va qiyot qabilalari ko’p sonli va eng kuchli qabilalar bo’lgan. Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm temuriy Sulton Husayn Boyqaro boshliq Xuroson davlati tasarrufida edi. Xorazmda qo’ng’irot qabilasidan chiqqan Chin So’fi hokim edi. U rasman Husayn Boyqaro noyibi hisoblanardi.

1505- yili Shayboniyxon, 1510- yilda esa Eron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormadi. Vazir shahri qozisi Umar qozi yetakchiligida safaviylar hukmronligiga qarshi harakat boshlanadi.

Xorazmning mo’tabar zotlari mamlakat taxtiga Shaybon avlodlaridan Berka Sultonning o’g’li Elbarsxonni o’tqazishga qaror qildilar. U bu davrda Dashti Qipchoqda edi. Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan bo’lsa-da, ular o’zaro dushmanlik munosabatida edilar. 1480- yilda o’zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon tomonidan o’z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansub Berka Sultonning o’ldirilganligi buning sabablaridan bin edi.

Xorazmning erksevar xalqi Elbarsxon yetakchiligida 1511—1512 yillarda Eron qo’shinlarini mamlakatdan butunlay quvib chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Shu tariqa 1511-yilda Xorazm mustaqilligi tiklandi va bu davlat endi Xiva xonligi deb atala boshlandi. Bu davlat asoschisi ham shayboniylar vakillari bo’ldi. Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi 1770- yilgacha davom etdi.

 Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga ko’chirildi.

Elbarsxon Vazir shahrini Eron qo’shinlaridan ozod etgach, bu g’alaba sharafiga o’z o’g’illari nomiga „g’ozi” laqabini qo’shib aytishni buyurgan. Elbarsxon davrida Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko’pgina qabilalarning ko’chib kelishi yanada kuchaydi. Natijada, xonlik hukmdorlarining ijtimoiy tayanchi mustahkamlandi. Bu omil Xiva hukmdoriga xonlik hududini qo’shni davlatlar hisobiga kengaytirib olish imkonini berdi. Chunonchi, Elbarsxon 1516- yilgacha bo’lgan hukmronlik davrida Shimoliy Xuroson, Shimoliy Erondagi Saraxs, Orol va Mang’ishloq egallandi.

 

Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot

Movarounnahrdagi Shayboniylar davlati singari Xiva xonligi ham bir qancha katta-kichik mulklarga bo’lingan. Xiva xonligining aholisi etnik, madaniy va til jihatdan bir-biridan keskin farq qiluvchi uch guruhga bo’lingan:

 1. qadimiy xorazmliklarning bevosita avlodlari;

2. turkman qabilalari;

3. Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko’chib kelgan qabilalar. Ayni paytda ular markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslikka, mustaqillikka intilishgan. Bu hoi o’zaro nizolarni keltirib chiqargan.

Xiva xonligida yirik o’zbek qabilalarining boshliqlari amalda mustaqil mulk egalariga aylangan. Ular xonlikning butun ijtimoiy-siyosiy hayotiga hal etuvchi ta’sir ko’rsatib kelganlar.

XVI asrda Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga duchor bo’ldi. Buning asosiy sabablaridan biri - Amudaryoning o’z o’zanini o’zgartirib, 1573- yildan boshlab Kaspiy dengiziga oqmay qo’yganligi bo’ldi. Daryo 15 yil davomida Orol dengizi yo’nah’shiga burildiki, natijada eski o’zan atrofidagi yerlar cho’lga aylandi. Aholi esa xonlikning boshqa hududlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lgan. Bundan tashqari, Xiva xonligining XVI asrda ikki marta Buxoro xonligi tomonidan bosib olinishi, shuningdek, o’zaro qabilaviy urushlar, og’ir soliqlar hamda turli to’lov va jarimalar mamlakat aholisini xonavayron qilgan. Bu hoi, o’z navbatida, savdo-sotiqqa katta putur yetkazgan.

 XVI asrda Xiva Buxoro munosabatlari

O’rta Osiyoda dastlab tashkil topgan ikki davlat — Buxoro va Xiva xonligi o’rtasida doimo o’zaro dushmanlik munosabatlari hukm surgan. Buning asosiy sababi – xonliklarning doimo bosqinchilik urushlari hisobiga o’z hududlarini kengaytirishga urinishlari bo’lsa, ikkinchisi, Buxoro va Xiva xonligida hukmron sulolalarning bir-biriga g’anim bo’lib qolgan xonadonlarga mansubligi edi.

Xivani Buxoroga bo’ysundirish harakati Ubaydullaxon davrida boshlandi. Ubaydullaxon 1537 - 1538- yillarda Xorazmga hujum qilib, Xiva xonligini Buxoroga bo’ysundiradi. Xiva xoni Avaneshxon (1525 - 1538) qo’shinlari tor-mor keltirildi, xonning o’zi esa o’ldirildi. Ubaydullaxon o’g’li Abdulazizni Xorazmga noib etib tayinladi. Biroq bu ahvol uzoq davom etmadi. Mahalliy xalq Avaneshxon avlodlari boshchiligida mamlakatni ozodetdi. Ubaydullaxon yuborgan qo’shin ham tor-mor keltirildi. Abdulazizxon Urganchdan Buxoroga qochib ketadi. Keyingi hukmdorlar davrida ham bu ikki xonlik o’rtasidagi adovat va dushmanlik to’xtamadi.

Jumladan, Buxoro xoni Abdullaxon II 1593-yili Xiva xonligini bosib oladi. Xiva xoni Hojimxon (1558 - 1602) oilasi bilan Eron shohi Abbos huzuriga qochishga majbur bo’ladi. 1595- yilda Xiva sultonlari turkmanlar yordamida xonlikning yirik shaharlarini egallaydilar. Lekin, shu yili Abdullaxon II Xiva xonligi ustiga yana qo’shin tortib keladi. Hoji Muhammad (Hojimxon) yana Eronga qochadi. Faqatgina 1598-yili Abdullaxonning vafotidan keyin Buxoro xonligida boshlangan ’zaro toj-u taxt uchun kurashlar oqibatida Hojimxon Xiva xonligi taxtini qayta egallashga va o’z hokimiyatini mustahkamlab olishga erishadi. Bu davrda Xiva xonligi Mang’ishloq, Bolqon tog’lari, Dehiston, O’zboy, Shimoliy Xuroson hududlarini ham o’z tasarrufiga olgan edi.

  Xiva xonligining iqtisodiy va madaniy hayoti

 Shahar va shaharlar hayoti

Xiva xonligida Xiva, Ko’hna Urganch, Yangi Urganch, Vazir kabi o’nlab shaharlar mavjud bo’lgan. Ulardan eng qadimiysi Xiva shahri bo’lib, 1997- yilda uning 2500 yilligi nishonlandi. Bu haqda YUNESKO 1995- yilda qaror qabul qilgan edi. Bu qaror — Xiva shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida o’rnining e’tirofi bo’ldi. Bugungi avlod o’z ota-bobolarining madaniy meroslari bilan haqli ravishda faxrlana oladi. Xiva shahri milloddan avvalgi V asrda yuzaga kelganidan buyon uning tarixi butun Xorazm tarixi bilan chambarchas bog’liq bo’lib keldi. Xivaning mashhurligi u bunyod etilgan davrlaridanoq Sharq bilan G’arbni bog’lovchi savdo yo’li o’tganligi bilan izohlanadi.

Xiva shahri XVI asr boshlaridan 1920-yil fevralgacha Xiva xonligining poytaxti bo’lgan.

 Ko’hna Urganch

Xonlikning yana bir shahri — Ko’hna Urganch (Gurganch) shahridir. Qadimda bu shahar joylashgan hudud hozirgi Turkmaniston (Toshhovuz viloyati) tarkibidadir.Ko’hna Urganchga asos solinganligiga 2000 yildan oshdi. Shahar muhim savdo karvoni yo’llari kesishgan yerda joylashganligi uchun ham tez rivojlangan.

Ko’hna Urganch X - XI asrlarda Xorazm davlatining poytaxti edi. Bu shahar arab geograflari asarida Jurjoniya nomi bilan qayd etilgan. X asrning ikkinchi yarmida poytaxt Gurganchda mustaqil amirlik tuzilgan. 995- yilda Gurganch amiri Ma’mun ibn Muhammad poytaxti Kot shahri bo’lgan xorazmshohlarni tor-mor etib, o’zini Xorazmshoh deb e’lon qilgan. Shu tariqa Gurganch Xorazm davlatining yagona poytaxtiga aylangan.

 

XI - XII asrlarda bu shaharda madaniyat, ilm-fan rivojlandi. Shahar mustahkam qal’a-devor bilan o’rab olindi.1221-yilda Chingizxon hujumi natijasida Ko’hna Urganch shahri taqdiri nima bo’lganligini eslang.

1646- yilda Abulg’ozixon hozirgi Urganch shahriga asos soldi. Bunga yuqorida qayd etilgan Amudaryoning o’z yo’nalishini o’zgar-tirib Orol dengizi tomon oqa boshlagani, buning oqibatida Gurganchning (Ko’hna Urganch) suvsiz qolganligi sabab bo’lgan edi. Shundan keyin qadimgi Gurganchning nomi Ko’hna Urganch bo’lib qoldi.

 Vazir shahri

Vazir Xorazmning shahar-qal‘alaridan biri bo’lgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, shayboniylardan bo’lgan Mustafoxon tomonidan XV asr o’rtalarida asos solingan.XVI asrda shayboniylarning o’zaro urashlari shaharni vayron bo’lishiga olib kelgan. 1558- yilda Xivaga kelgan Antoniy Jenkinson bu haqda bunday deb yozgan edi: „Vazir shahri keyingi 7 yil rnobaynida o’zaro urushlar oqibatida to’rt marta vayron bo’ldi. Shuning uchun ham bu yerda savdogarlar juda kam, borlari ham nochor”. 1593 - 1598- yillarda esa Abdullaxon II harbiy yurishlari chog’ida ham shahar yana vayron etildi.

Abulg’ozixon Yangi Urganchga asos solgach, Vazirning qolgan aholisini ham shu yerga ko’chirgan. Shu tariqa shahar o’z ahamiyatini butunlay yo’qotgan.

 Hunarmandchilik

Xiva xonligi tarixiy manbalarida hunarmandchilikning 27 sohasi qayd etilgan. Amalda esa, ular bundan-da ko’p bo’lgan. Hunarmand malakali usta bo’lishi uchun ko’p yil mashaqqatli mehnat qilgan. Odatda, usta o’z kasbini to’ng’ich o’g’liga o’rgatgan. Ayrim hollarda, ishda qo’shimcha kishining mehnati talab qilinsa, chetdan ham shogirdlar qabul qilingan. Shogirdga kasb o’rgatish shartlari va muddatlari yozma shartnomada rasmiylashtirilgan. Shogird hunarmand ustadan oq fotiha olib, o’zining alohida ustaxonasini ochishdan avval hunarmand ustalar oldida o’z mahoratini namoyish etishi kerak bo’lgan. Sinovdan o’tgan shogird shu tariqa ustaxona ochishga ruxsat olardi.

Hunarmandlar o’z uyushmalariga ega edilar. Bu uyushmalar hunarmandlarning faoliyatini tartibga solib turardi. Shu yo’l bilan ularning manfaatini himoya ham qilardi.Uyushma boshlig’i xonning xazina siyosatini o’tkazuvchi shaxs ham hisoblanardi.

Xiva ustalarining juda oz qismi xususiy ustaxona — do’koniga ega edi.Hunarmand o’z uyida ham do’kon ochishi mumkin edi. Ko’pchilik hunarmandlar xonga va boshqa boylarga tegishli do’konlarni ijaraga olib mehnat qilishardi. Ayrim hunarmandlar buyurtma asosida ham ishlardi.

 Qishloq xo’jaligi

Xonlik aholisi asosan qishloq xo’jaligi bilan shug’ullangan. Dehqonchilik va u bilan bog’liq bo’lgan chorvachilik qishloq xo’jaligining ikki asosiy sohasi edi. Dehqonchilikda g’alla, paxta va poliz mahsulotlari yetishtirish yetakchi o’rin egallagan. Ekinzorlarning yarmidan ortig’ida g’alla yetishtirilgan. G’allachilikda kuzgi bug’doy ekish yetakchi o’rin egallagan. Dehqonlarning don ekinlaridan mo’l hosil olishlariga hatto chet elliklarning ham tan berganligiga tarix guvoh.

Chunonchi, Xivaga kelgan yevropalik sayyohlardan biri aytgan quyidagi so’zlar manbalarda saqlanib qolgan: „Men Germaniyaning o’zida dalada ishlovchilarning Xivadagidek mirishkorligini ko’rmaganman”. Don ekinlari ichida jo’xori ekish bug’doydan keyin ikkinchi o’rinda turgan. Sholi esa asosan suv ko’p hududlarda yetishtirilgan. Ekinzorlarning 1/5 qismida paxta yetishtirilgan.

Xonlik iqtisodiyotida pillachilik ham muayyan ahamiyatga ega bo’lgan. Poliz mahsulotlari ichida Xorazm qovunining dovrug’i keng yoyilgan edi. Bundan tashqari, xonlikda bog’dorchilik ham dehqonchilikning rivojlangan sohalaridan biri bo’lgan.

 Ichki va tashqi savdo

Xonlikning ichki va tashqi savdosidan davdurustgina daromad tushgan. Ichki savdo-sotiqda, Xivaning usti yopiq bozori alohida ahamiyatga ega bo’lgan. Bozor yo’lining ikki tarafiga ustaxona-do’konlar qurilgan. Bozordagi savdo o’rinlaridan foydalanganlik uchun tagjoy deb ataluvchi alohida soliq olingan.

Xonlikdan, asosan, qorako’l teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari Eron, Hindiston, Xitoy va Turkiya kabi davlatlarga eksport qilingan. XVI asr oxirlaridan boshlab, Rossiya bilan ham savdo-sotiq birmuncha yo’lga qo’yila boshlandi. Xiva elchilari asosan gazlama va to’qilgan buyumlar olib borishgan. Chunonchi, Xiva elchisi 1620- yilda Qozon shahrida 670 kiyimlik mato sotganligi manbalarda qayd etilgan. Rossiyaga gilam, qoqi meva, qorako’l teri, o’simliklardan tayyorlangan bo’yoqlar ham olib borilgan.

Rossiyaning Xiva xonligiga yuborgan elchilariga Xiva mahsulotlarini xarid qilish topshirig’i ham berilgan. Xiva savdogarlari Rossiyaning Nijniy Novgorod yarmarkasida faol qatnasha boshlaganlar.

 

Ilm-fan

XVI—XVIII asrning birinchi yarmi Xiva xonligida ilm-fan taraqqiyoti butunlay to’xtab qolgan emasdi. Bu davrda tarix ilmi o’ziga xos o’rinda turadi. Chunonchi, Xiva xoni Abulg’ozixon Xiva tarixshunosligi maktabiga asos soldi. Abulg’ozixon fan va madaniyat tarixiga ikki muhim asari („Shajarayi turk” va „Shajarayi tarokima”) bilan o’chmas nom qoldirdi.„Shajarayi turk” asarining 9-bobi bevosita Xorazmning 1512 - 1663- yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag’ishlangan. Unda aniq tarixiy voqealardan tashqari, turkiy xalqlar an’analari, Xiva va Buxoro munosabatlari jarayoni yoritilgan. Pul muomalasi haqida ma’lumotlar berilgan.

Abulg’ozixonning yana bir katta xizmati shundan iboratki, u o’z asarlarini oddly kitobxon uchun turkiy tilda yozgan. Shuning uchun ham ayrim olimlar uning asarlarini yangi o’zbek tili yozma yodgorligi deb hisoblashadi.

Vengriyaning mashhur sharqshunosi A. Vamberi „Abulg’oziyning «Shajarayi turk»i uchun butun dunyo undan minnatdor”, deb yozgan edi. Bu asar bir necha asrlardan beri ko’plab tillarga tarjima qilib kelinmoqda.Abulg’ozixonning topshirig’i bilan „Dasturul amal” asari ham yozilgan. Afsuski, bu asar muallifi hamon aniqlangan emas. Ushbu asarda Sohibqiron Amir Temurdan tortib Zahiriddin Muhammad Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan. Har bir hukmdorga qo’lyozmaning bir boiimi bag’ishlangan.

 

Qo’lyozma kitob san’ati

XVI asrda Xiva xonlari saroy kutubxonalarida xattotlik, husnixat maktabi shakllandi. Mashhur xattot Hamadoniy 1556-yilda Eshmuhammadxonga „Shohnoma”ni miniaturalar uchun ochiq joy qoldirib ko’chirib berdi.

XVII - XVIII asrlarda Xivada Muhammad Yusuf Rojiy, Bobojon Sanoiy, Muhammad Rizo Oxund kabi qator usta xattotlar yashab, mehnat qilganlar. Ular she’riy asarlar, tarjima va tarixiy kitoblarni ko’chirganlar. Har bir kitobni bezashda bir necha soha ustalari ishtirok etganlar. Bular — qog’oz qirquvchi, kotib-xattot, muzahhib, lavvoh, lavha chizuvchilar, miniaturachi rassom va sahhoflar edilar. Xiva qo’lyozmalarida Buxoro qo’lyozmasidan farqli o’laroq, mundarija manzarali qilib bezatilmagan.


Orqaga qaytish