Ertaklar

5334 marta o'qildi
Shaxzodaning soyaboni

Shahzod tuflisini o'zi kiyib, bog'ichini o'zi bog'ladi. Onasi esa: - Bo'laqol tezroq, bog'chaga kech qolyapmiz, - deb turardi. U esa shoshilmaygina cho'ntagiga samolyotini soldi. Hovliga chiqa turib:

 Shaxzodaning  soyaboni

Shahzod tuflisini o'zi kiyib, bog'ichini o'zi bog'ladi. Onasi esa: - Bo'laqol tezroq, bog'chaga kech qolyapmiz, - deb turardi. U esa shoshilmaygina cho'ntagiga samolyotini soldi. Hovliga chiqa turib:

- Oyijon soyabonimni ham olay, - dedi.

-  Yo'q, yomg' ir yog' mayapti-ku!,- dedi oy isi,
-Birdaniga yog'ibqolsa-chi?

Onasi soatga qaradi-da, mayli olsang olaqol, - dedi. Shahzod suyunib ketdi. Soyaboni og'irmas. Bekat ham bog'chaning yaqinida joylashgan. Avtobusdagilar unga hayron qarashdi. U esa onasining orqasiga berkinib oldi. Mana bog'chaga ham yetib kelishdi. Daraxtdagi qushlar chug'irlashib quvnoq qo'shiq aytishardi:

Charaqlab turganda kun,

Soyabon kerak nechun?

Shahzod onasi bilan xayrlashib, soyabonni ushlagancha, guruhi tomon ketdi. Ayvonchada o'tirgan bolalar ham uni ko'rib, kulib yuborishdi vachug'urlab:

-     Shahzodlarning   tomonida   yomg'ir

yog'ayotgan ekan-da, juda, yomon-ku, -       deyishdi. Lekin Karina gulli soyabonga
qiziqish bilan qaradi.

Nigora esa:                

Chiroyli ekan, xuddi yaponlarnikiga o'xshaydi-ya, deb ham qo'ydi va Shaxzoddan uni olib rosa ochib-yopdi.

Bo'ldi, o'ynayvermanglar, sindirib qo'yasizlar, dedi - Mavluda opa.

Rasm darsi boshlandi. Hamma bahorning rasmini chizdi. Shahzod esa kuchukchasi va yomg'irli kun rasmini chizdi.

-  Nimalarni chizding Shahzod? - deb bolalar yana uning ustidan kulishdi.

Tushlikdan so'ng, birdan qattiq shamol turib, yomg'ir yog'a boshladi. Shahzod jovonidan issiq kiyimi va soyabonini oldi-da, ayvonchaga chiqdi. Yomg'irda ivibqolishni xohlamay turgan bolalarga soyabon tutib,ularni bekatgacha kuzatib qo'ydi. Onasi ham o'g'lini shu yerda kutib turardi. Ust-boshi xo'l ammo, o'z ishidan xursand bo'lgan Shahzod uyga kelib, soyabonini burchakka ochib qo'yarkan, «Sen bugun juda yaxshi ishlading», - deb uni silab ham qo'ydi.

 


Orqaga qaytish