She`rlar va ruboiylar

5376 marta o'qildi
Hamza Imonberdiyev "She`rlar"

Quyida Siz bolajonlar shoiri Hamza Imonberdiyev ijod namunalaridan bahramand bo`lasiz.

Hamza Imonberdiyev

Gullar g`amxo`ri 

Asalari gullarga

Qo'nsa, singlim Gulnora

Arilami gullardan

Quvish bilan ovora.

Quvma, desam arini,

Ko'ziga yosh oladi.

- Gulimni chaqib olsa,

 Axir, so'lib qoladi.

 

Aldandi

Televizorda qorni

Ko'rdiyu Jabbor,

Sevinib der: - Ur-ra, hey,

Yog'ayapti qor.

Qo'lqop kiyib hovliga

 Chiqdiyu shoshib,

- Aldashibdi, - dedi u

Boshini qashib.

 

Vaqting hajmi qancha 

O'ylab ko'rsam, vaqt degan

Rezinali to'rxalta,

Neki solsang ichiga

Masalan, bir soatda

Nimalarqilish mumkin?

Kitob, gazeta o'qish,

Samokat minish mumkin.

Do'sting bilan urishib,

Mumkin hatto yarashish.

Tort yeyotgan ukangga

"Yordamlashish'V'qarashish",

Alg'ov-dalg'ov qilib so'ng

Mumkin yig'ish uy ichin.

Ko'chirish mumkin hatto

Telefonda uy ishin. Ha,

shularning bariga

Bir soatgina darkor.

Bir kunda bir soatdan

Yana, eh, qanchasi bor.

Harakat zo'r bo'lsa,

vaqt Rezinali to'rxalta.

Neki solsang ichiga

Sig'averar, zo'r xalta!


Orqaga qaytish