Hikoyalar

5328 marta o'qildi
Kenjavoy

Kundan-kunga bitmoqda darmon.

Choi dilida oqshom, subhidam

O'g'illarin bir ko'rish armon.

Kenjavoy

Kundan-kunga bitmoqda darmon.

Choi dilida oqshom, subhidam

O'g'illarin bir ko'rish armon.

To'ng'ich ketgan yiroq shaharga,

 Mol-dunyoning ishi bilan band.

 Eslab na xat yozar padarga,

Hoi so'ramas beqadr farzand.

O'rtancha ham ko'p bo'ldi kelmas

, Qayon ketgan bilmas, daraksiz.

Unda pulga zo'r edi havas,

Yerda tiyin ko'rsa, cho'kar tiz.

Faqat yonda kenja farzandi,

Ota uchun tayanch va yo'ldosh.

 Ammo og'ir dardga qalb bandi

— Ota yotar ko'tarolmay bosh.

Hech qolmadi boqmagan tabib,

 Ham qolmadi ko'rmagan do'xtir.

Der hammasi kelishgan kabi:

 "Bu og'riqning davosi yo'qdir!"

O'tdi kunlar,

O'tadi hafta,

Ajal bilan ota olishar.

Kutmaganda o'g'illar, hatto

Boshi aylanib, kelib qolishar.

To'ng'ichi der: — Ishlar shunaqa!

 Men oshiqib safardan keldim.

 Topib keldim boylik-choychaqa,

Demak, ota, zafardan keldim.

O'rtanchasi hech nima demas,

Qovoq uyub boqadi yerga.

Ikkisining tili hech kelmas

“Xoling qalay, otajon”derga.

Kenjatoyi qarab turar jim

Yuragi tosh akalariga.

Jigarimi, axir, ular kim?

Ko'zida yosh ketdi nariga.

Ammo padar mamnun, shod edi,

Astagina kiradi tilga:

— Shukr, ko'rdim yuzingiz, endi

Og'riq bermas ayriliq dilga.

O'g'lonlarim bir ko'rsam, derdim,

Tursa, derdim, bir dam boshimda.

 Mana, kutgan orzumga yetdim,

 So'nggi damda sizlar qoshimda.

Vasiyatim ushbudir sizga

— Boylik topib, sochganligim rost.

Tashvishlanmang, uchovingizga

 Qoldiryapman yetarli meros.

Qancha boylik, ko'pmi yoki oz,

 Uchingiz teng baham ko'ringlar.

Faqatgina, chiqarmay ovoz,

Yerga qo'yib, so'ngra bo'linglar...

Yetib ota vaqti-soati,

Ko'zin yumib, uzilar joni.

Tugab borar sabr-toqati,

Zo'rg'a chidar ikki o'g'loni.

Ikkalasi o'tmay yetti kun

Boshlar boylik janjalin, qarang.

Nomus qilar kenjasi dilxun,

 Akalari xulqidan garang.

"Sabr qiling, qirqi o'tsin" der,

Nafas olib kenjasi og'ir.

"Yo'q, deyishar, mayli kulsin el!"

Qozi sari jo'nashar oxir.

So'zlay ketdi to'ng'ich ko'pirib:

«Otam bizga meros qoldirmish».

 O'rtanchasi boshlar jo'r bo'lib,

 «Meros qayda? O'yga toldirmish».

Kenjasi jim, qotmadi bir so'z,

Turaverdi boqqancha yerga.

Ichda unsiz «dod» derdi, so'zsiz,

Ishlaganday botgandi terga.

Qozi dono ekan-da, janjal

— Sir nimada bilib olibdi.

Otalari edi kambag'al,

Gap nimada, sezib qolibdi.

— Mayli, — depti, — hali kech emas,

 Ochish lozim tezda qabrni.

Meros qayda? — so'rasanglar bas,

 Aytib berar u hamma sirni!

Qozi so'zin qonundek bilib,

Og'alari suyunib kular.

Kenjatoyning bag'rini tilib,

Qabristonga yugurar ular.

Kenja yetib kelarkan shu dam

To'xtang! — depti, — bu qanday dahshat?!

 Nahot sizda qilcha bo'lsa ham

Otamizga topilmas hurmat?!

Barchamizni ulg'aytgan shu zot,

 O'z go'rida yotolmasa tinch,

Aytinglar-chi, biz qandoq avlod,

Mehr, shafqat bormi o'zi hech?

Tinch qo'yinglar, aziz padarni,

Kerak emas menga mol-dunyo.

Ikkinglar teng bo'linglar zarni,

Qozi hukm etsa bas, ammo.

Og'alari qoziga yana

 Arz etgani halloslab chopar.

Ikkalasi hansirab, mana,

Hujrasidan qozini topar.

— Ochirmadi ukamiz go'mi,

Otameros ekan o'zida.

Jazosini bering u zo'rni.

Turmas bo'lsa agar so'zida.

Sinagandi ularni qozi,

 Adolatni ayladi mezon.

Kenja o'g'il xulqidan rozi,

Sof vijdonga u bosibdi yon.

Qozi depti: — Otamerosga

Kenjatoyni biz ko'rdik loyiq!

Jirkanadi qalbin kir bosgan

Sizdek mehri yo'qdan xaloyiq.

Olislarda siz tanga terib,

 Zar-boylikka qo'yganda tuzoq.

 Ota kutdi intizor, uzoq.

Otangizning boylik merosi

Mehr toia qalbli Kenjatoy!

Undan ota, el-yurti rozi,

Inson boiing awal Kenjaday!

Ikki xasis, ikki bag'ri tosh

 Meros tegmay qolmish quruq qo'l.

El ichida ko'tarolmay bosh

O'zga yurtga olishibdi yo'l.


Orqaga qaytish