Ertaklar

5459 marta o'qildi
Mahbuba

 Behosdan uy eshigi qattiq taqilladi. Manzura eshikdan ko\'rinishi bilan tashqaridan ko\'zlarini katta-katta ochib, unga tikilgan uchta qiz baravar tilga kirishdi:

MANBUBA

 Behosdan uy eshigi qattiq taqilladi. Manzura eshikdan ko\'rinishi bilan tashqaridan ko\'zlarini katta-katta ochib, unga tikilgan uchta qiz baravar tilga kirishdi:

— Tezda maktabga  yurarkansiz!

—  Tinchlikmi? Mahbubaning o\'zi qani?

— Haligi... Mahbuba-chi?.. — deb gap bosh-lagan qizga yonidagisi g\'alati qarash qildi. — Haligi-da ... tezda yurarkansiz!

—  Mahbuba qayerda hozir? Tinchlikmi? Qizlar bir-birlariga qarashdi. Manzura savo-

liga javob ololmasligini angladimi yoki toqati toq bo\'ldimi — shitob orqasiga o\'girildi, qo\'llarini yuvib, egnidagi xalatni yechib, oyog\'iga kalish ildi-da, tashqariga otildi.

Qizaloqlar unga ergashdilar...

Manzura uchinchi qavat zinasidan ko\'tarilayot-ganda tomog\'i quruqlashib achishardi. Yo\'lakning narigi boshidagi ikkinchi sinf xonasiga yetib borguncha terga botdi. Xona eshigi yopiq, tanish ovoz, tanish ohang — Mahbubaning o\'qituvchi-si zarda bilan baqirib gapirayotgani eshitildi.

Manzura ichkariga qadam qo\'yar-qo\'ymay ko\'zlari bilan Mahbubani  axtardi.

Manzuraning dilini g\'ijimlab turgan qo\'r-quvning panjalari yo-zildi:

\"Majlisga kelmaga-nimga jahllari chiqibdi-da\".

—  Kundalik daftarini qaramabman, — dedi aybini bo\'yniga olib ona va ko\'nglida o\'zidan norozi boidi.

\" Kechqurun ishxonani tozalab qaytganimdan keyin daftarlarini bir ko\'rib qo\'ysam bo\'ladi-ku. Men ishdan kelguncha bola charchab uxlab qolgan bo\'lsa...\"

Manzuraning xayolini o\'qituvchining buyrug\'i kesdi:

— O\'tiring!

Manzura Mahbubaning yonidagi bo\'sh o\'ringa o\'tirib, hamon tikka turgan qizining qo\'lidan ushladi: kichkinagina qo\'lcha muzdek edi. Ona uni o\'zi tomonga tortib, \"o\'tir\" ishorasini qildi. Qiz esa \"O\'tirishim mumkinmi?\" degan ma\'noda o\'qituvchisiga tikilib turardi.

— O\'tir!

Mahbuba omonatgina o\'tirarkan, ona uni o\'ziga Sinfdagi hamma joylar ota-onalar o\'quvchilar   yaqin-roq tortdi, ikkala qo\'lchasini kaftlarining bilan to\'la, qizi eng oxirgi partaning yonida tikka    orasiga oldi.

turardi, uning ranglari o\'chgan, onasini ko\'rib yana ham qo\'rqib ketgandek bo\'ldi. Manzura beixtiyor o\'sha tomonga yurarkan, o\'qituvchining: — Onasi, siz uydamidingiz? — degan savo-lidan to\'xtadi.

— Endi asosiy masalaga o\'tsak bo\'ladi, — deb dag\'dag\'a bilan hammani o\'ziga qaratdi o\'qituv­chi. ~ O\'tgan kuni bizning sinfimizda bir yomon voqea ... \"chp\" bo\'ldi...

Shu lahza qizining qo\'llari qaltiray boshladi,

—  Ha, uyda edim, ishga borib keldim. tinchlik-    Manzura qo\'rqib ketdi, sekin shivirladi: \"Biror mi?                                                                     joying og\'riyaptimi? Qorning ochdimi?\" Mah-O\'qituvchi \"Tinchlikmi?\" degan savolga bubaonasining gapin ieshitdimi, yo\'qmi... pastki e\'tibor ham bermadi, Mahbubaga qattiq tikildi:    labini tishlagancha o\'qituvchisiga qarab qotib

—  Onang uyda ekan-ku! Yolg\'on gapirishni    turardi.

kim o\'rgatgan senga? — deb yana   Manzurani savolga tutdi. — Kecha kundaligiga bugun majlis bo\'lishini yozdirgandim, yana qayta         tayinlagandim, aytmadimi sizga?

— Sinfimizdan uchta qiz... - davom etdi o\'shs ohangda o\'qituvchi, — Ikkitasining nomini ayt-mayman, onalari bilan o\'zimiz gaplashib oldik uchinchisi — Mahbuba Azimova, Gulshan qizimizning eshigiga xat qistirib ketishibdi, — shunday deb u qo\'lida buklog\'liq turgan oq qog\'ozni ochdi, yozuvli tomonini o\'tirganlarga qaratdi: qizil, ko\'k rangli qalamda ko\'zlari dumaloq-dumaloq, quloqlari katta-katta qilib, bolalarcha chizilgan qandaydir hayvonchaning rasmi, uning to\'rt tomoni yozuvlar bilan to\'ldirilgandi.

— Sinfimda shunday voqea bo\'lganidan buyon o\'zimga kelolmayman, — deb davom etdi o\'qi-tuvchi. — Azimovadan bir og\'iz gap ololmayman, \"miq\" etmaydi, ota-onangni chaqirib kel, de-sam...

—   Lobar opa, — deb yana o\'rnidan turdi Manzura. - Bundan awal ham shunga o\'xshash

— Ko\'ryapsizlarmi? — deya izoh berdi o\'qituv-    voqea bo\'lganmidi? Mahbubaning bekordan chi, — Maymunchanichizib,yoniga\"bu — Gulshan,    bekorga birovni xafa qiladigan odati yo\'q edi...

sariq sochli tulki\", — deb yozib qo\'yilgan.

Manzura vaziyatni endi tushunganday bo\'ldi, yig\'ilganlarning aksariyati ona-bolaga o\'giriMshib qarashdi: savolomuz, achingannamo, befarqu kibrli qarashlar.

— Nima sababdan? Sababi bordir axir! — deb beixtiyor o\'rnidan turib ketdi Manzura.

Balki maktabda boshqachadir... Lekin... nima boigandayam, bir sabab...

— Shuncha odamni, meni yolg\'onchiga chiqarayapsizmi? Men bolangizga tuhmat qila-yapmanmi? Gunohini xaspo\'shlayapsizmi? Men bolangizni...

Tobora balandlashib, asabiylashib bora-

— Ha, yashang! Sababi yo\'q-da! — dedi o\'qi-    yotgan ovozning oyoqlari ostida yanchilayotgan

tuvchi tantanovor. — Mana,  o\'zlari aytishsin. Qip-qizil yuzlari hamisha kulib turadigan, yangi urf bo\'lgan kiyimlari o\'ziga yarashiqli juvon — Gulshanning onasi o\'rnidan turdi. O\'qituvchining yoniga chiqib, o\'tirganlarga  o\'girildi:

— Biz ham shunga hayronmiz-da! Bitta «dom»-da yashasak, men doim, birga o\'ynanglar, urish-manglar, deyman. Kecha katta qizim ko\'chadan kelayotganda, mana shu qog\'oz eshikka qistirilgan ekan. Uni ko\'rib Gulshan yig\'ladi, shuning uchun o\'qituvchisiga olib keldim.

\"Mahbubaning bunaqa qalin chizadigan qa-lamlari yo\'q edi-ku. Anuvi yozuvlariyam boshqacha...\" - Manzuraning ko\'ngliga kelgan savolga javob bergan-day o\'qituvchi davom etdi:

—  Men bolalarni yig\'ib gaplashdim, bu ishni kimlar qilgani ma\'lum bo\'ldi. To\'g\'-ri, Mahbuba o\'zi chizmagan, yozmagan, lekin shunday qilamiz, deb qizlarga o\'rgat-gan!

—   Bolaga tarbiya berish kerak-da, — deb gapni ilib ketdi qo\'shni uyda yashay-digan ayol.

—  Biz o\'qishga deb jo\'na-tamiz, bolaning tarbiyasini buzishadi.

kabi bir zaif, titroq \"Aya-a...\" degan iltijodan Manzura \"yalt\" etib yoniga - qiziga qaradi. Mahbubaning qo\'rquv to\'la ko\'zlaridan qonsiz yuzlariga duvillab yosh to\'kildi: \"Aya!...\"

Manzura tez o\'tirdi, qiziga yaqin kelib: \"Nima bo\'ldi? Nima bo\'ldi?\" - deb so\'radi jahlini zo\'rg\'a bosib. Qizi nimadir demoqchi bo\'lar, jovdirar... Manzura uning o\'rindiqqa tiralib turgan qo\'lchasini ushlamoqchiydi, barmoqlari Mahbubaning hoi kiyimiga tegdi. \"Voy!\" degancha o\'rnidan turdi-da, papkani ko\'tardi, qizini oldiga o\'tkazib, eshik tomon yurishdi...

Manzura qizining kiyimlarini yuvinish xona-siga tashlab chiqqanda, o\'g\'liga yuzma-yuz keldi:

—  Nima bo\'ldi, aya? O\'smirning ovozi shu

qadar samimiy ediki, go\'yo onaning ko\'ksida portlashga yo\'l topolmayotgan nimadir yumshadi.

— E-e, anavi, — deb yu­vinish xonasi tomon ishora qildi ovozi titrab, — May-munning rasmini chizib, har xil gaplar yozib, Gul­shanning eshigiga a qistirib ketgan-mish...

O\'g\'li kuldi

— Shu xolosmi? Yoshligimizda biz ham shun-day qilardik-ku, esingizdami? Shunga shuncha xafamisiz, aya?

—  Senga hamma narsa kulgu! O\'ttizta ota-onayu bolalarning oldidi tomdan tarasha tush-ganday \"Bolang shunday qiliq qildi!\" — desinlar-chi!

— Yo\'g\'-ey! — hayron bo\'ldi o\'gii.

—  Nima yo\'g\'-ey?

—  Shunga ota-onalarni yig\'ishibdimi?..

... Oradan qancha vaqt o\'tdi — bilmaydi. O\'g\'lining qattiq-qattiq ovozidan cho\'chib tushdi: \"Nima bo\'ldi? Doim hammani kuldirib yura-digan Ozod...\" Birdan hushi o\'ziga keldi: \"Uyam Mahbubani siquvga olayaptimi?\" - ona shoshib xonadan chiqdi.

— Qulog\'ingga quyib ol! — oshxona tomon-dan Ozodning ovozi keldi. — Agar bundan keyin ham Gulshanmi, boshqasimi, kiyimingdanmi, yurish-turishingdan kuladimi, kamsitadimi — o\'sha paytning o\'zida javob qaytar!Ur, og\'ziga! Boshqalarning chirmandasiga o\'ynama! Ko\'r-dingmi, o\'zlari qilgan ishni senga to\'nkab, chekkaga chiqib turishibdi. Agar yana kimdir ustingdan kulsa, vaqtida javob qaytarmay, orqa-sidan xat yozib yoki gap-so\'z ko\'paytirib kela-digan bo\'lsang, mendan xafa bo\'lma! Tushundingmi, tushundingmi, deyapman?

Mahbubaning zaifgina \"Hm\" degan ovozi eshitildi.

—  \"Hm\" emas, tushundim, de! Chiqar ovozingni! Ko\'tar boshingni!

— Tushundim, — dedi Mahbuba ovozini chiqarib.

Manzura endi voqealar sababini angla-gan, Mahbubaning akasiga \"Tushundim!\" — deb qilgan javobidagi ohang, qat\'iyatdagi iztiroblar uvalanib borayotganday edi.

\"...Endi qanday qilib maktabga boradi? Bolalar uning ustidan battar kulishmay-dimi?\" — deb ezilardi.

\"Boshqa maktabga o\'tkazsam, uzoqqa qatnab qiynalarmikin?\" Ammo...

O\'g\'lining guldirab aytgan so\'zlari oldida bu savollar go\'yo kichrayib, yerbag\'irlab sudralayotgan sharpaga o\'xshab qoldi:

—  Chiqar ovozingni ! Ko\'tar boshingni!


Orqaga qaytish