Bilasizmi?

5014 marta o'qildi
Yovvoyi qo`ylar

Yovvoyi qo 'y/ar5500 mbalandlikka ko 'tarila oladi, ular soatiga60 kmcha yo 'I bosadigan chopqir hayvonlardandir, 12—13 yilyashaydi, bo'yi1,25 mgacha, og'irligi200—220 kg bo 'ladi.

 Yovvoyi  qo`ylar

Yovvoyi qo 'ylarning arxarlar, yolli qo 'y, qor qo 'yi kabi bir necha xil turlari bor. Muflonlar, arxarlar gavdasining tuzilishi va xulqi echkilarnikiga juda o'xshaydi, lekin soqoli, erkagida hid chiqaradigan bezning bo'lmasligi, shoxining uch qirrali vaburma bo'lishi bilan echkilardan farq qiladi. Shimoliy yarimsharda, O'rta dengiz orollarida, Eron, Afg'oniston, Markaziy Osiyo respublikalarida, jumladan O'zbekistonda, Qozog'iston tog'larida uchraydi. Poda bo'lib yashaydi. Tog' yaylovlarida joydan-joyga ko'chib yuradi.

Bilasizmi?

Yovvoyi qo 'y/ar5500 mbalandlikka ko 'tarila oladi, ular soatiga60 kmcha yo 'I bosadigan chopqir hayvonlardandir, 12—13 yilyashaydi, bo'yi1,25 mgacha, og'irligi200—220 kg bo 'ladi.

Qo’yxo'kiz gavdasining tashqi ko'rinishi qisman xo'kizga o'xshasa ham ko'p belgilari bilan qo'yga yaqin turadi. Shimoliy Amerikaning qutb tomonida, ayniqsa Grenlandiyada ko'p tarqalgan. Gavdasining uzunligi2,5 m, bo'yining balandligi1 m dan ortiq, erkagining og'irligi300 kg gacha bo'ladi. Lishaynik, mox va o'tlar bilan ovqatlanadi. Muzda yiqilib ketmasligi uchun qisqa va kuchli oyoqlarining tuyoqlari orasida jun o'sadi. Gavdasi qo'pol bo'lsa ham, chopishda ot va kiyikdan qolishmaydi. Urg'ochisi bolalari bilan 6—8 tadan poda bo'lib yashaydi.

Bilasizmi?

Qoyxo'kiz dushmanidan himoyalanishda erkaklari urg'ochi va bolalarini halqa qilib o 'rab oladi va dushmaniga tikilib turadi. Yirtqich hayvon hujum qilganida uning ro 'parasidagi qo'yxo'kiz uzunligi 60—70 sm keladigan shoxi bilan yirtqichni ilib otib yuboradi, shu zahoti boshqalari unga tashlanib, yanchib tashlaydilar. Ovchilar halqa bo 'lib turgan qo'yxo'kizlarni bittalab otganlarida oxirgisi ham orqasida bolalari turgani uchun joyidan jilmagan.


Orqaga qaytish