Rivoyatlar

5312 marta o'qildi
Bobil minorasi yoki tillarning kelib chiqishi

Vaqt o'tishi bilan, Nuh avlodlari o'rtasida ixtiloflar kelib chiqa boshlagan paytda, ular izsiz tarqalib ketishlaridan xavotirga tushib, ixtiloflarni yo'qotishga qaror qildilar. Ular g'urur bilan o'z oldilariga maqsad qo'ydilar: «Biz mahobatli shahar quramiz, shahar o'rtasida esa baland va ko'rkam minora barpo etamiz. Minora osmon qadar bo'y cho'zib, dunyoning har chekkasidan ko'rinib turishi uchun juda baland bo'lishi kerak. Ke-yinchalik ham odamlar uni ko'rganlarida:

            Bobil minorasi yoki tillarning kelib chiqishi

   Vaqt o'tishi bilan, Nuh avlodlari o'rtasida ixtiloflar kelib chiqa boshlagan paytda, ular izsiz tarqalib ketishlaridan xavotirga tushib, ixtiloflarni yo'qotishga qaror qildilar. Ular g'urur bilan o'z oldilariga maqsad qo'ydilar: «Biz mahobatli shahar quramiz, shahar o'rtasida esa baland va ko'rkam minora barpo etamiz. Minora osmon qadar bo'y cho'zib, dunyoning har chekkasidan ko'rinib turishi uchun juda baland bo'lishi kerak. Ke-yinchalik ham odamlar uni ko'rganlarida: «Ha, bu minorani barpo etgan kishilar juda aqlli va mohir kishilar bo'lishgan, — deb o'ylasinlar. O'shanda biz manguga shuhrat qozonamiz».

Ever qabilasidan boshqa barcha qabilalar ushbu niyatni amalga oshirishga rozi bo'ldilar. Qoliplarda g'ishtlar quyib, ularni olovda tobladilar, toshlar va ohaklar keltirib, qurilishni boshlab yubordilar. «Yuksakroq, yanada yuksakroq, qani ko'tardik», — degan hayqiriqlar eshitilib turdi. — Biz shunday baland minora qurishimiz kerakki, shuhratimiz butun du-nyoga yoyilsin».

Insonlarning kibr-g'ururi Xudoga xush kelmadi. Ushbu minora qurilishi Parvardigorning irodasiga qarshi edi. Aslida bobilliklar amalga oshishi mumkin bo'lmagan ishga qo'l urgan edilar, shuning uchun ham Xudo qal'a qurilishini davom ettirishlariga yo'l qo'ymadi.

Kunlarning birida g'isht teruvchilar, duradgorlar odatdagidek ish joylariga yig'ildilar. Biroq ular turli tillarda so'zlashayotganlari, ya'ni bir-birlarini tushunmayotganlari ma'Ium bo'ldi. G'isht teruvchi g'isht olib berishni so'rasa, unga suv olib berdilar; duradgor boltani so'rasa, unga mix uzatdilar. Hamma bir — birini eshitardi-yu, lekin gap nima haqda borayot-ganini tushunmasdi. Oqibatda kechagina birga ishlayotgan quruvchilar va ishchilar bir-bir­larini tushunmay so'kinib, tortishib, asabiylasha boshladilar. Ular bunday minoraning hech kimga keragi yo'qligini anglab yetdilar va qurilishni tashlab, har tomonga tarqalib ketdilar. Shunday qilib, jamiki insonlar bir tilda so'zlashgan kezlarda kibr-havoga berilib ketganlari uchun, Parvardigorning irodasi bilan turli tilda so'zlashadigan qavmlarga aylandilar.

Qurib bitirilmagan minora shu holatda uzoq turdi, minora qurilgan shahar esa Bobil, ya'ni «aralashib ketgan» degan nom oldi.


Orqaga qaytish