Rivoyatlar

4936 marta o'qildi
Eshak bilan bulbul

Mashoyixlarning aytishlaricha, bir kuni eshak tong pallasi bulbulning ovozini eshitib, unga shaydo bo'libdi va bulbuldan so'rabdi:

Eshak bilan bulbul

Mashoyixlarning aytishlaricha, bir kuni eshak tong pallasi bulbulning ovozini eshitib, unga shaydo bo'libdi va bulbuldan so'rabdi:

— Aytchi menga do'stim, sen bugun nima tanovul qilganding-ki, bunchalar ovozing go'zal?

— Tongdagi shudringni ichib, toza havodan nafas oldim, — deb javob beribdi bulbul. Shundan keyin eshak bulbuldek ovozga ega bo'lish va unga o'xshab kuylashni orzu qilib, og'zini katta ochganicha tonggi shudringdan ichib, musaffo havodan nafas olib yashashga qaror qildi. Boshqa yemishlardan voz kechdi va o'limga yuz tutdi.

Qissadan hissa shuki, har kim o'ziga berilgan tabiiy imkoniyatni g'animat bilib, shukr qilib yashamog'i kerak.


Orqaga qaytish