Rivoyatlar

4708 marta o'qildi
Quyon va tulki

Qattiq chanqagan quyon suv ichmoq uchun chuqur quduq ichiga tushdi. To'yib-to'yib suv ichgach, quduq ichidan chiqishga harakat qildiyu, chiqolmay, qattiq qayg'uga botdi.

Quyon va tulki

Qattiq chanqagan quyon suv ichmoq uchun chuqur quduq ichiga tushdi. To'yib-to'yib suv ichgach, quduq ichidan chiqishga harakat qildiyu, chiqolmay, qattiq qayg'uga botdi. Quduq oldiga kelib qolgan tulki quyonni quduq ichida ko'rib, unga shunday dedi:

— Sen do'stim, o'ylamay ish qilding. Quduqqa tushishdan avval uning ichidan qanday chiqishni o'ylab olishing kerak edi.

Qissadan hissa shuki, har doim chuqur o'ylab ish qilmoq, bosadigan qadamning oqibatini avvaldan bilib, keyin harakat qilmoq lozim ekan.


Orqaga qaytish