Ertaklar

4703 marta o'qildi
TUPROQ O`YNAYOTGAN BOLA

Dunyoni anglagan bolaning o`z o`yini bo`ladi. Bola o`yin o`ynab ulg`ayadi.O`yinlar qator-qator bog`lanib ketadi. Bolalikning sog`inchlari esa sog`inch manziliga yetaklaydi. Manzillar sog`inchning suratini muhrlaydi: mahallaning bolalari to`p-to`p bo`ladi.

TUPROQ O`YNAYOTGAN BOLA

 

         Dunyoni anglagan bolaning o`z o`yini bo`ladi. Bola o`yin o`ynab ulg`ayadi.O`yinlar qator-qator bog`lanib ketadi. Bolalikning sog`inchlari esa sog`inch manziliga yetaklaydi. Manzillar sog`inchning suratini muhrlaydi: mahallaning bolalari to`p-to`p bo`ladi. Atak-chechak qilgani-da ko`zlaganiga yetgisi keladi:Ilk qadamning ilk o`yini tuproq bo`ladi. Bolakay uni qo`llariga olganida chehrasi yorishadi, barmoqlarining orasidan to`kib zavqqa to`ladi: keyin u atrofni unutadi– shartta yerga o`tirganicha nimadir chizishga, yasashga tushadi.Bola tasavvur ifodasini ilg`ay boshlaysan: uy, quyosh,unga eltadigan yo`l.Yo`llar...har kimning o`z yo`li o`z uyiga – o`z mahallasiga – o`z Vataniga eltadi.

– Men o`zimizning uydagi Oyni chizdim, – deydi jajji bolakay tuproq qo`llari bilan katta doira shaklini ko`rsatib. – Samandarning quyoshi bolalarnikiga sirayam o`xshamaydi...

Bunda siru sinoatlar qorishib ketgandek bo`ladi: ajdodlar bilan avlodlarni bog`laguvchi rishta avvali shu emasmi, deya o`ylanib qolasan.

Men Vatanni ko`rgandek bo`laman: uning bo`yi, basti, o`tmish va kelajagi tuproqdek azaliy va tuproqdek abadiylikka shohid.

O`z oyini chizayotgan bola o`z uyini dunyolarga almashtirmaydi. Ularni kuzatarkanman, yer bilan tillashayotgan, dillashayotgan, oddiy va mo`jizaviy hikmatni ko`raman. Ajdodlar va avlodlarni bog`lovchi rishta asli shu tuproq!

Tuproq o`ynayotgan bola – uni o`yindan ajrata olmaysan.Nega? Balkim Vatanning isini shu lahzalarda tuyayotganini biz bilmasmiz...

Bunda quyoshning ertagini tinglaymiz. Bunda tuproq cho`pchak aytadi: cho`pchak ming yillar qa’ridan keladi, kelaveradi... Ertak tinglayotgan bolaning holatini kuzatganmisiz: uning ko`zlari hayratdan katta ochiladi, qoshlari ko`tarilib,ko`tarilib tushadi.Ertakka berilib ketganidan quloqlarini ertakchining og`ziga tutgandek bo`ladi.

Bolajon tuproq o`ynagancha quvnoq ko`zlari bilan Sizga boqadi. U tuproqdan quvvat oladi.Shu quvvat bilan ulg`ayib, quvvatga to`ladi:

Yillar o`tib yana quyosh bilan sirlashadi: bog`u rog bunyod etadi. Rizq-ro`z yaratadi. Nasibasi butunligidan ko`ngli to`ladi...

Umrining har bekati – har takrorida tuproq bilan yuzlashaveradi. Endi u bir qarich yer olib Vatan qura boshlaydi. Hech kimnikiga o`xshamagan hatto quyoshiyu oyi ham o`zinikiga o`xshagan Vatan. Hovlisidan shildirab oqayotgan suvning shiviridan ham o`zbekcha ohang taraladigan – go`sha betakror zamin sayqali.

Tuproq o`ynayotgan bola shunday bo`y cho`zadi.

Vatanning tik qaddi rostlanib, rostlanib boraveradi.


Orqaga qaytish