Tanlov

5079 marta o'qildi
Mustaqillik madhi bolalar ijodida tanlovi yakunlandi.

Qadrli o`quvchilar, xabaringiz bor, Respublika Bolalar kutubxonasi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Tong yulduzi» gazetasi bilan hamkorlikda yurtimiz mustaqilligining 20 yilligiga bag`ishlangan «Mustaqillik madhi bolalar ijodida* respublika ijodiy ishlar tanlovini e'lon qilgan edi. Nihoyat, tanlov yakunlanib, g`oliblar ham aniqlandi.

«Mustaqillik madhi bolalar ijodida» tanlovi yakunlandi.

Qadrli o`quvchilar, xabaringiz bor, Respublika Bolalar kutubxonasi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Tong yulduzi» gazetasi bilan hamkorlikda yurtimiz mustaqilligining 20 yilligiga bag`ishlangan «Mustaqillik madhi bolalar ijodida* respublika ijodiy ishlar tanlovini e'lon qilgan edi. Nihoyat, tanlov yakunlanib, g`oliblar ham aniqlandi.

Aslida tanlovda ishtirok etgan har bir o`quvchi g`olib. Chunki ularning mehr bilan yozgan ijodiy ishlari maqtovga loyiq. Biroq, tanlov o`z nomi bilan tanlovda! Shunday ekan, albatta, g`oliblar ko`rsatilishi shart.

Tanlov yakuniga bag`ishlangan tadbinda g`oliblar ro`yxati e`lon qiliriganda, tanlovda qatnashgan 18-, 64-, 145-maktab o`quvchilari tengdoshlari Ayjamol Karamatdinovaga chin dildan havas qilishdi. Chunki u oliy o`rin sohibasi bo`ldi. Ayjamol bilan suhbatlashar ekanman, u bo`sh vaqtlarida o`zi qiziqqan fan to`garaklariga qatnashishini, rasm chizish, she'r yozish uning eng sevimli mashg`uloti ekanini aytdi.

Bu tirishqoq qiz hunar o`rganishni ham yodidan chiqarmabdi. Kashtachilik yo`nalishida maktab, tuman miqyosida o`tkaziladigan tanlovlarda faol ishtirok etgani uchun bir necha bor «Faxriy yorliq» bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, Qoraqalpog`iston Respublikasi televideniyesi orqali namoyish etiladigan «Bolalar studiyasi» ko`rsatuvidagi «Kitoblar olami» sahifasini olib boradi. Bu sahifa orqali qizaloq yuzlab tengdoshlarini kitobxon qilgan bo`lsa, ajabmas.

- Viloyat, respublika miqyosidagi tanlovlarda muntazam ishtirok etaman, - deydi Ayjamol. - Ba'zan 1-o`rinni, ba'zida 2-, 3- va 4-o`rinlarai egal-layman. Ayrim tanlovlarda esa o`rin ham olmayman. Shunda ham aslo xafa bo`lmayman. Doimo oldinga intilib yashashga, yanada ko`proq o`qishga harakat qilaman.

Sinf rahbarimiz Ziyba opa Sultonova, informatika fani o`qituvchisi va to`garak rahbari Dilfuza Do`stmurodova, maktabimiz rahbari Jenis Jalolovdan, qo`ying-chi, barcha ustozlarimdan cheksiz minnatdorman. Chunki ular yutuqlarimning asosiy sababchisidirlar.

Yulduz Abdug`aniyeva tanlovda uchinchi o`rinni egalladi. U o`zi tug`ilib o`sgan Namanganni O`zbekistonning iftixori va faxri deb ta'riflar ekan, bugungi kunda u yerda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan zavqlanib so`zladi. Yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish lozimligini ta'kidladi.

Bu kabi fikrlarni tahririyatimizga kelayotgan deyarli barcha maktublarda o`qishimiz mumkin. Shuningdek, muxlislarimiz milliy urf-odatlar, an`analar va qadriyatlarimizga, o`zlari tug`ilgan zaminga bo`lgan ulug` va pok tuyg`ularini sira yashirmaydilar. Satrlarga ko`z yugurtirar ekanmiz, o`quvchilar qalbida ona yurtdan va yaqinlaridan faxrlanish hissi ustuvorligi yaqqol sezilib turadi. Aslida, tanlovni o`tkazishdan maqsad ham shu edi-da.

 

Feruza SOYIBJON qizi


Orqaga qaytish