Bilasizmi?

5487 marta o'qildi
Yirtqich qushlar

Burgut, kalxat, tasqara, qoraqush, qirg 'iy, lochin, ukki va boshqalar yirtqich qushlar qatoriga kiradi. Ularning tirnoqlari uzun, o'tkir va qayrilgan bo'lib, o'ljasini shu tirnoqlari bilan ushlaydi va jonsizlantiradi, tumshug'i bilan cho'qib, qismlarga bo'lib tashlaydi.

Yirtqich qushlar

Burgut, kalxat, tasqara, qoraqush, qirg 'iy, lochin, ukki va boshqalar yirtqich qushlar qatoriga kiradi. Ularning tirnoqlari uzun, o'tkir va qayrilgan bo'lib, o'ljasini shu tirnoqlari bilan ushlaydi va jonsizlantiradi, tumshug'i bilan cho'qib, qismlarga bo'lib tashlaydi.

Yirtqich qushlarning eng yiriklaridan bin burgut bo'lib, qanotlari yozilganda 2,5 metrga yetadi. U maydaroq umurtqali hayvonlarni ovlaydi. Burgut 5—6 kg vazndagi o'ljasini havoga ko'tarib keta oladi. Tog'lardagi baland qoyalarga, cho'llardagi tepaliklar va saksovulga uya quradi.

 Tasqara o'lkamizda uchraydigan yirtqich qushlarning eng yirigidir. Tanasining uzunligi 1,5 m ga, qanotlarini yozganda kengligi 3 m gacha yetadi. Boshida va bo'ynida patlari juda siyrak boiadi. Oiimtiklar bilan ovqatlanadi. Tirik hayvonlarga hujum qilmaydi.

 Ukki — tungi yirtqich qush bo'lib, tumshug'ining uchi qayrilgan, katta ko'zlari qorong'ida ham mayda narsalarni ko'ra oladi. O'ljasini o'tkir tirnoqlarini botirib nobud qiladi. Shitirlagan past ovozni ham eshitadi, boshining ustida quloqqa o'xshash ikki to'p patlari dikkayib turadi. Turli xil kemiruvchilar, kichikroq qushlar bilan ovqatlanadi.

Boyo'g'li yapaloqqushlar oilasiga mansub yirtqich qush (boyqush ham deyiladi). Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrikada tarqalgan. O'zbekistonda uy boyo'g'/isf uchraydi. Oyoqlari kuchli va paxmoq, tumshug'i qayrilgan, pati mayin, o'ljasini tovushsiz uchib kelib, tutib oladi, ko'zlari o'tkir. Bahorda kechalari, ba'zan kunduzi ham sayraydi. Ovozi yig'Jagan bolaning tovushiga o'xshaydi. Boyqush mayda kemiruvchilar, kaltakesaklar, hasharotlar va mayda qushlar bilan ovqatlanadi, zararkunanda kemiruvchilarni qirib, xo'jalikka foyda keltiradi.

 


Orqaga qaytish