Rivoyatlar

4712 marta o'qildi
ALEKSANDR VA ERON MALIKASI

Ota-onasi yo'q, ammo katta boylikka ega bir yigit ashagan ekan. Uzzu-kun o'lja ketidan quvib, ov qilib yurgani uchun ham odamlar uni Husayn ovchi deyishar-kan. Hamma uni uylanishga da'vat qilar, ammo yigit:

-  Xotin-qizlar bilan necha pullik ishim bor? - deb javob qilarkan.

Shu yigitning tog'asi oydan bir qiz ko'ribdi. Husayn ovchi qizni uyiga olib ketibdi. Chaqaloqni enagaga topshirib, tarbiyalay boshlabdi. Qiz bo'yiga yetgach, Husayn ovchi mulla chaqirib, nikoh o'qitibdi va unga uylanibdi. Keyin bir qora tanlini chaqirib:

-  Menga xizmatkor bo'lasanmi? - deb so'rabdi.

                             ALEKSANDR VA ERON MALIKASI

 

Ota-onasi yo'q, ammo katta boylikka ega bir yigit ashagan ekan. Uzzu-kun o'lja ketidan quvib, ov qilib yurgani uchun ham odamlar uni Husayn ovchi deyishar-kan. Hamma uni uylanishga da'vat qilar, ammo yigit:

-  Xotin-qizlar bilan necha pullik ishim bor? - deb javob qilarkan.

Shu yigitning tog'asi oydan bir qiz ko'ribdi. Husayn ovchi qizni uyiga olib ketibdi. Chaqaloqni enagaga topshirib, tarbiyalay boshlabdi. Qiz bo'yiga yetgach, Husayn ovchi mulla chaqirib, nikoh o'qitibdi va unga uylanibdi. Keyin bir qora tanlini chaqirib:

-  Menga xizmatkor bo'lasanmi? - deb so'rabdi.

-  Har oyga qancha to'laysan? - so'rabdi qora tanli.

-  Uch yuz piastr beraman.

-  Mayli, unda roziman.

Shunday qilib, qora tanli Husaynnikida qolibdi.

Kunlardan bir kuni Husayn ovga chiqib ketganidan keyin xotini qora tanli xizmatkor bilan don olishib, undan homilador bo'libdi. Oy-kuni yetib qop-qora o'g'il bola tug'ibdi. Husayn ovchi xiyonatkor buzuq xotinni o'ldirib, qora tanli xizmatkorni haydab yuboribdi. Bolani o'zi tarbiyalay boshlabdi. O'g'il voyaga yetib, uylanibdi.

Bir kuni yigit mevali bog'ni qo'riqlab, kechqurun uyiga qaytganida yosh xotinini cholning qo'ynida ko'ribdi. Qilichini qinidan sug'urib bir zarb bilan ikkalasini ham o'ldiribdi. Bu yigit kuch va jasurlikda butun dunyoga mashhur bo'libdi, odamlar uni Iskandar deb atay .boshlabdilar.

Oqsoqollar majlisi uning ishtirokisiz o'tmas, yigit bitmas-tuganmas xazina va boyliklarga ega ekan.

Bir kuni odamlar unga: - Hoy, Aleksandr! Sen Eron shohining qiziga uylansang yaxshi boiardi, - deyishibdi.

- Jonim bilan, - debdi yigit.- Ammo u malika qayerda yashaydi?

-  Malika Eron mamlakatida yashaydi, - deyishibdi. Yigit yo'lda ketayotgan bir darveshdan:

-  Hoy, darvesh! Yo'l bo'lsin? - deb so'rabdi.

-  Eron mamlakati tomon yo'l oldim, - debdi darvesh.

-  Agar senga bir maktub bersam, tegishli joyga eltib berasanmi?

-  Ha, egasiga topshiraman.

-  Bu xizmating uchun senga katta haq to'layman.

-  Men roziman, - debdi darvesh. Aleksandr maktub yozib, unga imzo chekib, muhrini

bosibdi.

-  Ushbu maktubni Eron shohining qiziga topshir, -debdi u darveshga.

-  Yaxshi, topshiraman, - debdi darvesh.

-  Men senga berdim. Sen unga ber. Qo'ldan qo'lga topshir. Shuni aslo unutma! ~ debdi yigit darveshga qayta-qayta tayinlab.

- Albatta ishni sen aytgandek bajaraman, - deganicha darvesh jo'nab ketibdi.

Darvesh nihoyat Eron mamlakatiga yetib kelibdi. Odamlardan podshohning turar joyini surishtira boshlabdi.

-   Shat-u-Benat shahrida podshohning qasri joylashgan, - deyishibdi unga.

Darvesh ushbu shaharga yetib kelgach, podshohning saroyini so'rab-surishtiribdi. Bir amallab qasr ichiga kirgach:

-  Malika qayerda turadi? - deb so'rabdi.

-   Yuqori qavatdagi oromgohlarda istiqomat qiladi. Malika senga nima uchun kerak bo'lib qoldi?

-   Men muqaddas joylarni ziyorat qilib kelgan hoji bo'laman. Hamma ziyoratchilarning boshlig'i bo'lgan

hayx  hazratlarining shaxsan o'zlaridan malikaga salomnoma olib keldim.

Mirshablar unga malikaning turar joyini ko'rsatib yuboribdilar. Darvesh yuqori qavatga chiqib, malika turadigan oromgohning eshiklariga yaqinlashgan ekan, ostonada malikaning ikkita qo'riqchi xizmatkoriga ko'zi tushibdi. Ular darveshning yo'lini to'sib:

-  Qayoqqa kirmoqchisan? - deb baqiribdilar. Pastda hovlida turgan mirshablar:

-  Uni bekamizning oldiga kiritib yuboringlar! - deb qichqirishibdi.

Darvesh ichkariga kirib, malikaga ta'zim bajo keltiribdi.

-   Huzurimga qanday yumush bilan kelding, hoy darvesh? - deb so'rabdi malika undan.

Darvesh qo'ynidan Aleksandrning maktubini chiqarib, malikaga uzatibdi. Malika xatni o'qib, bag'riga bosibdi.

-   Hoy darvesh! Mening ruxsatimsiz hech qayoqqa ketma! - deb tayinlabdi.

-  Ixtiyorim sizda, - deb javob qilibdi darvesh. Malika xizmatkori Usmonni chaqiribdi.

-  Labbay, malikam! - deganicha xizmatkor hozir-u nozir bo'libdi.

-  Bu avliyo odamning qornini to'ydir! - debdi malika. Xizmatkor qulluq qilib, chiqib ketibdi.

Darvesh ovqatni yeguncha malika maktub yoza boshlabdi.

«Aleksandr! - debdi u maktubda, - men senga xotin bo'lishga roziman, kelib yurtingga olib ketgin!»

Maktubni tugatgach, malika barmog'idan qimmatbaho toshli tilla uzugini chiqarib, xat ichiga solibdi. Keyin darveshni chaqirib, muhr bosilgan xatni unga tutqazib, debdi:

-   Ushbu maktubni faqat Aleksandrga ber. Bu xizmating uchun katta mukofot olasan!

Darvesh malikaning maktubini olib, kelgan yo'liga qaytib ketibdi. Tezda Aleksandr uni kutib turganMosulshahriga yetibdi. Qo'lini ko'ksiga qo'yganicha, Aleksandr­ga ta'zim qilibdi.

-   Xush kelibsan, darvesh! Menga malika haqida ko'rgan-bilganlaringni gapir-chi, - debdi Aleksandr.

Darvesh qo'ynidagi maktubni chiqarib, Aleksandrga beribdi. Aleksandr xatni o'qib, ko'kragiga  bosibdi.

Aleksandrning ko'zi to'satdan uzukka tushibdi. Diqqat-e'tibor bilan ko'zdan kechirib, kulib yuboribdi-da, uzukni o'pib, barmog'iga taqib qo'yibdi.

Shunday qilib Aleksandr uzoq safarga tayyorgarlik ko'ra boshlabdi. Otni egarlab, darveshni ham ketidan ergashtiribdi.

Ular ancha-muncha yo'l bosib, mevazor bog'ga qo'nibdilar va u yerga boshqa hech kimni kiritmaslik haqida bog'bon bilan kelishib olibdilar. Evaziga bog'bonga qimmatbaho sovg'a beribdilar.

Aleksandr darveshni malikaning huzuriga jo'natayotib, shunday debdi:

-   Ma'shuqamga borib ushbu so'zlarimni yetkaz: «Bugun boqqa tashrif buyur. U yerda seni Aleksandr intizor bo'lib kutayapti. Birgalikda xursandchilik qilamiz».

Darvesh malika huzuriga bormoqchi bo'lgan ekan, biroq uni saroyga kiritmabdilar. Ammo malika darveshni ko'rib qolib qo'riqchilariga qichqiribdi:

-   Uni huzurimga o'tkazib yuboringlar. Bo'lmasa boshlaringizni tanangizdan judo qildiraman!

Darvesh malikaga ro'para bo'libdi. Shoh qizi undan:

-  Hoy, musofir! Ahvollaring qanday? - deb so'rabdi.

-   Tez bo'l, tayyorgarligingni ko'r! Iskandar shu yerda - bog'da seni kutayapti, - debdi darvesh.

Malika cho'risini chaqirib, buyruq beribdi:

-  Sutli kulchalar, yog'liq patir nonlar, pista-bodomlar va shirinliklardan olib tugun qil, bir ko'zaga may to'ldir! Bugun boqqa borib xursandchilik qilamiz.

Cho'ri qiz hamrohligida malika uni Aleksandr va darvesh kutib turgan boqqa boribdi. Hammalari birgala-shib yeb-ichib,rosamaishat qilibdilar.

Bir payt Aleksandr darveshga:

-  Manavi pulni olgin-da, ikki juft uchqur otlardan sotib olib kelgin, - deb buyuribdi.

Darvesh ko'z ochib yumguncha ikki juft ot kel-tiribdi.

Aleksandr bilan darvesh o'z otlariga, malika bilan cho'ri qiz darvesh keltirgan otlarga sakrab minganlaricha, shamoldek yelib ketibdilar. Otliqlar chiqib ketganidan besh kun o'tgach shaharda to's-to'polon boshlanib ketibdi. Birovlari:

-   Nima bo'ldi? Qanday voqea yuz berdi? - deb so'rasalar, boshqa birovlari:

-  Malikani olib qochishibdi, o'g'irlab ketishibdi, -deyisharmish.

Podshoh askarlari bilan Aleksandrni quva ketibdi. Otliqlar jon-jahdlari bilan yelib-yugurib, qochoqlarga yetib olibdilar. Aleksandr podshohning otliq askarlari bilan jahramonlarcha jangga kirishib, to'rt ming askarni yer tishlatibdi. Bu orada malika va cho'ri qizMosulshahriga yetib kelibdilar. Biroq darveshni forslar asir olib, o'ldiribdilar. Chunki uni ko'rganlarning barisi:

-  Malikani shu o'g'irlagan! - deb aytibdilar.

Jang tugagach, Aleksandr Mosul shahriga shoshilib, malika va cho'ri qizga yetib olibdi. O'z uyiga eson-omon yetib kelgan Iskandar xalqqa katta to'y qilib beribdi. Mullani chaqirib, nikoh o'qitib, malikaga uylanibdi. Malikani ko'rgan odamlarning hammasi bir ovozdan:

-  Yo xudo! Malika buncha go'zal-a! - dermish. Aleksandr uzoq umr kechirib, shu shaharga hukm-

dorlik qilibdi.


Orqaga qaytish