Jahon mamlakatlari

5527 marta o'qildi
Efiopiya

Efiopiya Afrikaning shimoli-sharqida joylashgan, deyarli barcha tomondan cho‘l va chalacho‘llar bilan o‘rab olingan tog‘li mamlakatdir. Baland tog‘larning cho‘qqilariga qishda qor yog‘adi, kuzda esa uni sovuq tuman qoplab oladi.

Efiopiya

Maydoni – 12219000 kvadrat kilometr.

Aholisi – 59700000 kishi.

      Efiopiya Afrikaning shimoli-sharqida joylashgan, deyarli barcha tomondan cho‘l va chalacho‘llar bilan o‘rab olingan tog‘li mamlakatdir. Baland tog‘larning cho‘qqilariga qishda qor yog‘adi, kuzda esa uni sovuq tuman qoplab oladi. Tog‘ning salqin iqlimida subtropik daraxt, buta va o‘tlar o‘sib yotadi. Hayvonot dunyosi ham subtropikni esla-tadi. Quyiroqda keng maydonlarni unumdor qora va qizil tuproqli sertepa yassitog‘liklar egallagan. Bu yassitog‘liklar Efiopiyaning g‘alla yetishtiriladigan asosiy yerlaridir. Hamma joyda bug‘doy, arpa, tariq va uning bir turi bo‘lmish teffa ekilgan dalalarni ko‘rish mumkin, teffadan efioplar non yopadilar. Qish va yozda musson shamollari yomg‘ir olib keladi. Shuning uchun mamlakatda deh¬qonchilik uchun sharoit juda qulay. Dehqonchilik — ko‘pchilik efioplarning asosiy mashg‘uloti. Yerni ho‘kiz qo‘shilgan omoch bilan haydaydilar. Dehqonlar ko‘plab chorva mollarini (qoramol, qo‘y, echki, eshak, ot, tovuq) boqadilar. Aksariyat dehqonlarda asalari uyasi bor. Efiopiya janubida kofe daraxti o‘stiriladi. Efiopiya — kofening vatani. Kofe nomi Efiopiyaning Kafa viloyati nomidan kelib chiqqan bo‘lib, u yerda hozirgacha tog‘larda yovvoyi kofe daraxtining katta-katta o‘rmonlari saqlangan. Vodiylarda issiq tropik iqlim. Bu yerlarda ma’danli buloqlar ko‘p. Efiopiyada platina va oltin, marganes va tosh tuzi qazib olinadi, temir, rangli metall, qo‘ng‘ir ko‘mir, neft va boshqa foydali qazilma konlari mavjud. Efiopiya — ko‘llar mamlakati. Bulardan biri — Tana ko‘li. U Afrikaning azim daryosi — Nilga suv beradi. Daryolar Efiopiya tog‘ligidan turli tomonga qarab oqadi, lekin ularning ko‘plari atrofdagi cho‘llarda tugaydi. 10-asrda mustamlakachilar Efiopiyani biri¬n¬chi bor bosib olishga urinib ko‘rdilar, lekin ularning harakatlari muvaffaqiyatsizlik bilan tu¬gadi. 19-asr oxirida Efiopiyaga italyan bosqinchilari kirib keldi, lekin xalq yana o‘zining mustaqilligini saqlab qola oldi. 1936-yili Efiopiyani italyan fashistlari bosib olishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsalar ham, keyinchalik efioplar ittifoqchilar bilan birgalikda bosqinchilarni tor-mor qildilar. Mamlakat poytaxti Addis-Abebadir (uning ma’nosi «yangi gul» demak). Shaharda universitet, kinoteatrlar, chiroyli binolar, gospital bor. Mamlakatni uzoq muddat imperatorlar boshqarib keldi. 1974-yilgi inqilob natijasida imperator ag‘darib tashlandi. 1995-yilda saylangan hukumat xalqning turmush darajasini yaxshilaydigan qayta o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda.


Orqaga qaytish