Jahon mamlakatlari

5649 marta o'qildi
Indoneziya

Bu davlat shundoqqina ekvatorda, bir necha ming orolda joylashgan. Ularning yirik­lari Yava,Sumatra, Sulavesi orollaridir. Indo­neziya Kalimantan orolining ham bir qismini egallagan. Juda mitti orollar ham borki, ularda koks palmazori va bir necha baliqchilar kulbasigina joylashgan, ayrim orollarda esa odam yashamaydi.

Indoneziya

(Indoneziya Respublikasi)

Maydoni – 1904600 kvadrat kilometr.

Aholisi – 216100000 kishi.

 Bu davlat shundoqqina ekvatorda, bir necha ming orolda joylashgan. Ularning yirik­lari Yava,Sumatra, Sulavesi orollaridir. Indo­neziya Kalimantan orolining ham bir qismini egallagan. Juda mitti orollar ham borki, ularda koks palmazori va bir necha baliqchilar kulbasigina joylashgan, ayrim orollarda esa odam yashamaydi.

Indoneziyaning poytaxti –Jakartashahri Yava orolida joylashgan. Indoneziyadagi boshqa barcha yirik shaharlar singariJakartaham rang-barang, turlicha qiyofaga ega. Badavlat xonadonlarning turar joylari yam-yashilpalma, fikus, magnoliyaga burkangan. Faqirona kulbalar esa bir-biriga zich qurilgan. Devorlari bambuk payrahalaridan, tomi qamishdan qilingan. Ko‘chalari shu qadar torki, ikki velosipedchi to‘qnash kelsa, zo‘rg‘a o‘tib ketishadi.

Yava orolida inson qadami tegmagan o‘rmon – jungli juda kam qolgan. Oroldagi yerlarning deyarli hammasiga ekin ekiladi. Bu orol Yer yuzidagi aholi eng zich joylardan biridir.

Haqiqiy, ibtidoiy junglini ko‘rish uchun boshqa orollarga borish kerak. U yerlarda ko‘pincha ovchi chirmovuqlarni o‘tkir bolta bilan chopib, o‘ziga yo‘l ochishiga to‘g‘ri keladi. Daryo va botqoqlarda timsohlar yashaydi. U yer-bu yerlarda fil va yo‘lbarslar saqlanib qolgan.Kalimantanorolida yirik odamsimon orangutan maymunlar yashaydi. Ulkan yirtqich kaltakesak – komod echkemari Indoneziya­dagina uchraydi. U bizdagi oddiy kichik kaltakesakka o‘xshasa-da, kattaligi naq tim­­soh­dek­ keladi.

Indoneziyada neft va qo‘rg‘oshin qazib olinadi. Dehqonlar sholi, kokos palmasi, banan, papayya (to‘q sariq rang etli xushta’m uzunchoq meva beradigan kichikroq daraxt) yetishtirishadi. Bu yerda sholidan yiliga ikki marta hosil olinadi. Kauchukli o‘simliklar va kofe, choy va shakarqamish ham ekiladi. Geve­ya deb ataladigan kauchukli daraxtlar tanasi maxsus tilinadi va oq rangli shira daraxtga osib qo‘yilgan idishlarga oqib tusha­veradi. Ishchilar ana shu shirani yig‘ib, fab­rika­ga jo‘natishadi.

Indoneziyaliklar qo‘li gul ustalardir. Ular­ni­ng mohir qo‘llarida yog‘och parchasi go‘yo jonlanib, hayvon yoki qadimiy afsona­lardagi qahramonlarning nozik haykalchasiga aylanadi. Kumush quymasi esa nafis bezak tushirilgan ko‘rkam kosaga aylanadi. Yava orolining aholisi qo‘lda chiroyli milliy gul solib bo‘yalgan mato – batik tayyorlash bobida mashhur.

Mamlakat uch yuz yildan ortiq golland mustamlakachilari iskanjasida azob chekdi. Indonez xalqi o‘z mustaqilligiga erishish uchun qahramonona kurash olib bordi. 1945-yil avgustida Indoneziya mustaqil Res­publika deb e’lon qilindi. Indoneziya 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabati o‘rnatgan.


Orqaga qaytish