Jahon mamlakatlari

5659 marta o'qildi
Ispaniya

Ispaniya – Yevropaning yirik mamlakatlaridan biri. U Pireney yarim orolida joylashgan. Mamlakat hududining aksariyati jazirama quyoshda qovjiragan yalang yassi tog‘ va tog‘lardan iborat. Ispaniyaning yirik dar­yo­lari Taxo, Duero, Gvadiana va bosh­qa­lar­dir. Bu daryolardan elektr energiyasi olishda va ekinzorlarni sug‘orishda foydalaniladi. 

Ispaniya

Maydoni – 504800 kvadrat kilometr.

Aholisi – 39300000 kishi.

 Ispaniya – Yevropaning yirik mamlakatlaridan biri. U Pireney yarim orolida joylashgan. Mamlakat hududining aksariyati jazirama quyoshda qovjiragan yalang yassi tog‘ va tog‘lardan iborat. Ispaniyaning yirik dar­yo­lari Taxo, Duero, Gvadiana va bosh­qa­lar­dir. Bu daryolardan elektr energiyasi olishda va ekinzorlarni sug‘orishda foydalaniladi. 
Uncha katta bo‘lmagan sayoz daryo­larning ko‘pchiligi yozda qurib qoladi.

Ispaniyadagi ozgina pasttekisliklar aso­san sohil bo‘ylarida joylashgan. Iqlimi iliq, yumshoq. Mamlakatni O‘rta dengiz va Atlantika okeani suvlari o‘rab turadi.

Hayvonlardan tulki, suvsar, qo‘ng‘ir ayiq, tog‘ takasi, serna kiyik, quyon, tipratikan bor. Gibraltar bo‘g‘ozi atrofida makaka maymuni (Yevropada faqat shu yerda) uchraydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi bor. Sudralib yuruvchi hayvonlar ko‘p. Tunes, sardina, treska baliqlari va dengiz hayvonlari ovlanadi. Noyob hayvonlarni va tabiiy landshaftni saqlash maqsadida bir necha milliy parklar va qo‘riqxonalar tashkil etilgan.

Ispaniya – sanoat va qishloq xo‘jaligi mamlakati. Uning bag‘ridan toshko‘mir, temir rudasi, simob, uran, volfram, qo‘rg‘oshin qazib olinadi. Qazib olinayotgan xomashyo mamlakat ichkarisidagi zavod va fabrikalarda qayta ishlanadi.

Mamlakat shaharlari o‘ziga xos. Ispaniyaning qadimiy poytaxti, o‘rta asr shahri Toledonihoyatda ko‘rkam. Granada, Kordova, Sevilya, Barselona shaharlari ham go‘zal manzaralarga boy. Ispaniyaning hozirgi poytaxti Madrid, uning xushmanzara ko‘cha va maydonlari, muzeylari chet el sayyohlarini jalb etadi. Olamga mashhur rasmlar majmuasida
atoqli ispan rassomlari Velaskes, Goyya, Muriloning eng yaxshi asarlari jamlangan.

Yozuvchi Migel Servantesga va uning ada­biy qahramonlariga Madridda yodgorlik o‘rnatilgan, dramaturglar Lope de Vega va Pedro Kalderon shu mamlakat farzandlari. Ispaniya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatilgan.

Bolalar ensiklopediyasidan olindi. 


Orqaga qaytish