Jahon mamlakatlari

4730 marta o'qildi
Kanada

 Bu mamlakat Shimoliy Amerikada joylashgan. Uni Tinch, Shimoliy Muz va Atlantika okeanlari o‘rab olgan. Atlantika okeani orqali 500 yil avval Kanadaga dastlabki yevropaliklar – fransuzlar va inglizlar kelishgan. Ular San-Lavrentiy daryosi vodiysida hamda Buyuk ko‘llar sohillarida, hozirgi Kanadaning eng yirik shaharlari – Monreal,Torontova mamlakat poytaxti Ottava shahri joylashgan yerlarda o‘z turar joylarini bunyod eta boshlashgan.

Kanada

Maydoni – 9976000 kvadrat kilometr.

Aholisi – 31000000 kishi.

 Bu mamlakat Shimoliy Amerikada joylashgan. Uni Tinch, Shimoliy Muz va Atlantika okeanlari o‘rab olgan. Atlantika okeani orqali 500 yil avval Kanadaga dastlabki yevropaliklar – fransuzlar va inglizlar kelishgan. Ular San-Lavrentiy daryosi vodiysida hamda Buyuk ko‘llar sohillarida, hozirgi Kanadaning eng yirik shaharlari – Monreal,Torontova mamlakat poytaxti Ottava shahri joylashgan yerlarda o‘z turar joylarini bunyod eta boshlashgan.

Bora-bora ikkita eng yirik viloyat – fransuz­larning Kvebek hamda inglizlarningOntarioviloyatlari vujudga keldi.

Kanadada davlat tili – ingliz va fransuz tillaridir. Yevropaliklar kelishidan ilgari San-Lavrentiy daryosi vodiysida indeyes qabilalari, shimolda esa eskimoslar yashagan. Indeyeslar yashagan yerlar hosildor, o‘rmonlari parrandalarga, ko‘l va daryolari baliqlarga boy bo‘lgan. Ular yog‘ochdan yengil qayiqlar – kanoelar qurishga mohir edilar.

Hozirgacha yaxlit daraxt tanasidan o‘yib ishlangan ustunlar – g‘aroyib totemlar o‘rmonlarda saqlanib qolgan. Ularda ola ko‘zli mahluqlar, uzuntumshuq qushlar va indeyeslar sig‘inadigan boshqa ko‘plab xilma-xil hayvonlar tasvirlangan.

Qisqa vaqt mobaynida ko‘pgina indeyes qabilalari yo‘q qilib yuborildi. Hozir indeyeslar juda kam qolgan, ko‘pchiligini yevropaliklar siqib chiqargan, qolganlari esa kichik hududlarda yashaydi.

Kanada – juda katta mamlakat. Uning qa’rida nikel va asbest, kobalt va neft, yonuv­chi gaz va atom energiyasi olish uchun zarur bo‘lgan uran bor. Uning daryo va sharsharalari elektr energiyasining ulkan zaxi­ralarini o‘zida jamlagan.

Mamlakat zavodlari reaktiv samolyot-u okean kemalaridan tortib qog‘ozgacha bo‘lgan xilma-xil sanoat mahsuloti ishlab chiqaradi.

Kanadada bug‘doy ko‘p yetishtiriladi. Yozning oxirlarida mamlakatning janubi-g‘arbidagi bepoyon kengliklar cheksiz oltin dengiziga aylanadi. Keng o‘tloqlarda sigir, qo‘y podalari, yilqilar boqiladi.

Lekin bu yerning asosiy boyligi – o‘rmon. O‘rmon mamlakat maydonining katta qismini egallaydi. Kanada yog‘ochi va qog‘ozining dong‘i olamga mashhur.

Kanada o‘rmonlarida noyob daraxtlar ko‘p. Masalan, nim ko‘kimtir ignabargli oq qarag‘ay, mayda bargli katta daraxt – shakar zarang shular jumlasidan. Bu yerda qizil zarang ham o‘sadi. Uning barglari kuzda shunday yaltiroq tusga kiradiki, daraxt go‘yo lovullab yonayotgan mash’alani eslatadi. Hatto Kanadaning Davlat bayrog‘ida ham zarang yaprog‘i tasvirlangan. Kanada O‘zbekiston Respublikasi bilan 1992-yilda diplomatiya munosabatlari o‘rnatdi.

Bolalar ensiklopediyasidan olindi. 


Orqaga qaytish