Jahon mamlakatlari

4936 marta o'qildi
Koreya

 Moviy ko‘llari va daryolarining betakror go‘zal manzarasi, Koreya qarag‘ayining nafis yam-yashilligi tufayli uni qadimdan Tonggi musaffolik mamlakati deb atashadi. Bu mamlakat Janubi-Sharqiy Osiyodagi Koreya yarim orolida joylashgan.

Koreya

Maydoni – 222000 kvadrat kilometr.

Aholisi – 68500000 kishi.

 Moviy ko‘llari va daryolarining betakror go‘zal manzarasi, Koreya qarag‘ayining nafis yam-yashilligi tufayli uni qadimdan Tonggi musaffolik mamlakati deb atashadi. Bu mamlakat Janubi-Sharqiy Osiyodagi Koreya yarim orolida joylashgan. Uning sohillarini Yapon va Sariq dengizlar yuvib turadi. Mamlakat territoriyasining katta qismini tog‘lar egallagan. Tog‘lardan ko‘plab foydali qazilmalar olinadi.

Koreya o‘rmonlarida Dauriya tilog‘ochi, Koreya kedri, Sayan qora qarag‘ayi, Manjuriya va Amur arg‘uvon daraxti o‘sadi. O‘rmonlarda yo‘lbars, qoplon, silovsin, to‘ng‘iz yashaydi.

Koreyslar sholi, makkajo‘xori, dukkakli ekinlar, arpa, sabzavot, meva, uzum yetishtirishadi.

Ammo uzoq yillar davomida Koreya boyliklaridan uning xalqi mahrum bo‘lib kelgan. Bu boyliklarni chet el bosqinchilari talon-to­roj qilishgan. 1945-yili Koreya yapon bosqinchilaridan ozod qilindi va xalqning xo­hish-irodasiga hilof ravishda 2 ga bo‘linib qoldi.

Koreya yarim orolining shimoliy qismida 1948-yili Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) barpo etildi. Uning poytaxti – Pxenyan shahri. Yarim orolning janubiy qismida esa Koreya Respublikasi mavjud. Uning poytaxti – Seul shahri.

Koreya – qadimiy madaniyat o‘lkasi. Koreyslar kitob bosish uchun metall harflar kashf etishgan, o‘z alifbolarini yaratishgan. Koreyslarning chinni, lok, kumushdan ishlangan buyumlari, nafis kashtalari mashhurdir.

Koreyadagi binolarning ko‘pchiligi milliy me’morlik xususiyatlarini saqlab qolgan. Qadimiy koreys uy-joylarida bo‘lganidek, zamonaviy uylarning ko‘pida isitish quvurlari polning tagida joylashgan. Koreyslar, odatda, shundoqqina issiq pol ustida ovqatlanishadi, ishlashadi va uxlashadi.

O‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida yaxshi iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatilgan. Asakadagi avtomobil zavodi uning yordamida qurildi va «Neksiya», «Damas», «Tiko» yengil mashinalari ishlab chiqaril-moqda. Koreya Respublikasi to‘qimachilik, ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar qurishda ham mamlakatimizga yordam bermoqda. O‘zbekiston Respublikasi Koreya Respublikasi va KXDR bilan 1992-yilda diplomatiya munosabatlarini o‘rnatgan.

Bolalar ensiklopediyasiodan olindi. 


Orqaga qaytish