Bilasizmi?

5462 marta o'qildi
DELFIN

Delfinlar hatto uchar baliq va tez suzadigan makrel baliqlarini ham osongina tutib oladi. Delfinlar soatiga 50 kilometrgacha tezlikda suza oladi.

Qadimdan delfinlar haqida xuddi ertaklarga o‘xshash hikoyalar mavjud.

Yunon afsonalaridan birida, bir bolani har kuni ko‘rfazning narigi qirg‘og‘idagi maktabga olib borib va yana qaytarib olib kelib qo‘yadigan delfin haqida hikoya qilinadi. Kunlardan birida bola og‘ir dardga chalinib olamdan ko‘z yumadi. Delfin esa odatdagi joyiga kelib bolani kutar edi. Bora-bora delfin yosh do‘stini ko‘rishdan umidini uzibdi va intizorlikka chiday olmay u ham halok bo‘libdi. Yunon tarixchisining hikoya qilishicha, delfinlar baliqchilar to‘rigabaliqlarni haydab kelishga yordam berishar va buning evaziga mukofot tariqasida vinoga botirilgan non bo‘laklarini olishar ekan.

 Pilorus Jek deb nomlangan bir delfin Yangi Zelandiyadagi Admiralteystvo ko‘rfazi orqali o‘tadigan kemalarga 30 yil davomida yo‘l ko‘rsatib turgan. Bu mamlakatda uning himoyasi uchun maxsus qonun chiqarilgan.

 Delfinlar sutemizuvchi hayvon bo‘lib, suvda yashasa ham, havo bilan nafas oladi. Delfinlar odatda, 15 — 40 tasi birga to‘da-to‘da bo‘lib yashaydi. Agar biror delfin yordamga chaqirsa, boshqalari darhol yetib kelishadi va uning nafas olishi uchun ikki tomondan suv­ning yuzasida ushlab turishadi. Ular cho‘kayotgan odamga ham shunday yordam ko‘rsatishadi.

 Delfinlar ko‘pincha ochiq okeanda ham kemalarni kuzatib yurishadi. Ularning torpedosimon yaltiroq tanlari to‘lqinlarni yorib juda katta tezlikda ketadi. Ular to‘satdan turli joylarda xuddi signal berilgandek juft bo‘lishib yoki uchtadan va hatto, butun bir to‘dasi bilan suv­dan shiddat bilan yuqoriga otilib chiqib, 1–2 metr balandlikka sakrashadi. Keyin sekund o‘tmay yana yuqoriga otilib chiqish uchun yarim doira shaklida suvga sho‘ng‘ishadi.

 Delfinlar hatto uchar baliq va tez suzadigan makrel baliqlarini ham osongina tutib oladi. Delfinlar soatiga 50 kilometrgacha tezlikda suza oladi.

 Inson delfinlar hayotini yaqindan boshlab jilddiy o‘rganishga kirishdi. Ko‘pchilik mamlakatda delfinlarni ovlash taqiqlangan.

 Olimlar delfinlarning maymun yoki itga nisbatan ancha idrokli ekanligini aniqlashdi. Hozirgi davrda baliq ovlash (baliq to‘dalarini to‘rga haydash), okeanning turli chuqurliklari­dagi harorat, sho‘rlik, radioaktivlikni aniqlash va boshqa ishlarda delfindan foydalanish mo‘ljallanmoqda.

 Delfinlar o‘zaro g‘ichirlagan va xushtakka o‘xshash tovush chiqarib «so‘zlashadi». Odam qulog‘i ular chiqaradigan ba’zi tovushlarni ajrata olmaydi. Ammo tutqunlikda boqilgan delfinlar inson nuqtiga taqlid qilishga hara­kat qilishgan.

 Delfinlar o‘zaro «so‘zlashganlarida» ultratovush ham chiqaradilar, lekin biz ularni eshitmaymiz. Ultratovush delfinlarga loyqa suv va qorong‘ilikda yo‘l topishga, tirik baliqlarni xuddi shunday hajm va shakldagi jonsiz predmetlardan ajratib olishga yordam beradi.

 Delfinlar — yuksak darajada rivojlangan jonivor. Bu samimiy, ajoyib hayvonlar bizning yaqin do‘stimiz bo‘lib qolishi mumkin.

 


Orqaga qaytish