Ota-onalar uchun

4478 marta o'qildi
O'qishga ota-onalarning munosabati va yondashuvi

O'qish, o'rganish - bu hayotdagi eng buyuk sarguzashtlardan biri. O'rganish hayotiy muhim hodisot, u insonni ruhlantirib, olgá intilishiga turtki beradi. FARZANDingiz ham bunga ishonadi, agar teskarisini uqtirsangiz unga ham ishonaveradi. Shuning uchun ota-onalar ham, bolalar ham o'qishga, o'rganishga qiziqarli va quvnoq oýinga yondoshgan kabi munosabatda bo'lishlari  lozim. Ayniqsa ota-onalar shuni aslo yoddan chiqarmasinlarki, o'qish - bu hayotning qiziq oýini, ish yoki majburiyat emas. O'qish - bu mukofot, jazo emas. O'qish - bu zavqlanish, zaruriyat emas. Ota-onalar doimo buni esda tutishlari va bu qoidaga raxna soluvchi xatti-harakat qilmasliklari darkor.

O'qishga ota-onalarning munosabati va yondoshuvi

 O'qish, o'rganish - bu hayotdagi eng buyuk sarguzashtlardan biri. O'rganish hayotiy muhim hodisot, u insonni ruhlantirib, olgá intilishiga turtki beradi. FARZANDingiz ham bunga ishonadi, agar teskarisini uqtirsangiz unga ham ishonaveradi. Shuning uchun ota-onalar ham, bolalar ham o'qishga, o'rganishga qiziqarli va quvnoq oýinga yondoshgan kabi munosabatda bo'lishlari  lozim. Ayniqsa ota-onalar shuni aslo yoddan chiqarmasinlarki, o'qish - bu hayotning qiziq oýini, ish yoki majburiyat emas. O'qish - bu mukofot, jazo emas. O'qish - bu zavqlanish, zaruriyat emas. Ota-onalar doimo buni esda tutishlari va bu qoidaga raxna soluvchi xatti-harakat qilmasliklari darkor.

 

Faqatgina o'zini juda yaxshi tutgan bolalargina o'qishni o'rganish imkoniga ega bo'ladilar. Quloqsiz va to'polonchi bolalar esa bunday imkoniyatga ega bo'lmaydilar. Agar Sizning FARZANDingiz o'zini yomon tutsa, unga "Yaxshi bola bo'lding. Ana endi birga oýnasak bo'ladi" deb aldash va u bilan shugúllanish kerak emas. Bolalarni shunchaki aldab bo'lmaydi. U o'zini yomon tutganini biladi va shundan keyin ham Siz unga o'qishni o'rgatishni boshlasangiz, u bu oýin qaysidir ma'noda uning axloqi uchun berilgan jazo deb tushunadi. Agar bola 3 kun davomida o'zini yomon tutsa, demak uch kun davomida bu oýinga yaqin kelinmaydi.

 

Ikkinchi muhim tamoyil vaqt oraligíni to'g'ri belgilash. Gap shundaki, bu vaqt oraligí juda qisqa bo'lishi kerak. Boshlanishiga bir kunda oýinni 3 marta o'tkaziladi. Har bir mashgúlot bir necha soniya davom etadi.

 

Mashgúlotni qachon tugatishni bilish uchun ota-onalar o'zlarida diqqatni uygótib, sezgirlik bilan o'yinni olib borishlari kerak.  Siz FARZANDingizni fikrini o'qishga harakat qilib, u o'zi oýinni to'xtatmasidan oldin mashgúlotni yakunlashingiz kerak.

 

Agar Siz vaqtida shuni ilib olsangiz, u holda FARZANDingiz o'zi keyin oýin oýnashni so'raydi, hamda Siz uning oqishga bo'lgan intilishini so'ndirib qoýmaysiz.

 

Demak, ota-onalar ikkita masalaga ahamiyat berishlari lozim: birinchisi - o'qish - bu katta baxt, ikkinchisi - har bir mashgúlot FARZANDingiz uni to'xtatishni hohlamasidan avval yakunlanishi kerak.

 

O'qishni o'rgatishda ishlatiladigan barcha materiallar juda oddiy. Ular dunyo olimlarining ko'p yillik izlanishlari, tajribalari xulosalaridan kelib chiqib, inson miyasining o'sishi va faoliyat ko'rsatishini mutassil o'rgangan holda shu shaklga keltirilgan. Bu materiallar o'qish - miyaning funksiyasi degan tamoyilga asoslangan holda yaratilgan. Ular kichkina bola miyasi, vizual apparati cheklovlari va imkoniyatlarinini o'rgangan holda Sizga taqdim etiladi. Barcha materiallar oppoq kartonga yozilishi kerak, shunda FARZANDingiz uni yirtib yuborishidan xavotirlanmasangiz ham bo'ladi. Bunday oq kartonni magazinlardan, kitob do'konlaridan olsangiz bo'ladi. Katta vatmanni kerakli shakllarga kesib foydalansangiz ham bo'ladi.

 

Zarur so'zlar oçhib ketmaydigan yorqin rangli flomaster yordamida yozilishi kerak. Tekst aniq, to'g'ri, oddiy va bosma harflar bilan yozilishi kerak. Kartochkalarda  1 sm hoshiya bo'lishi lozim. Materiallar quyidagi komponentlardan iborat bo'ladi:

 

1. Quyidagi so'zlar: "OYI" ("MOMMY"), "ADA" ("DADDY"), FARZANDingizning ismi "Birinchi qadam"da berilgan boshqa 12 so'zdan alohida ravishda boshqa boshqa kartochkalarga yozilishi kerak. Kartochkalar 15 sm balandlikka va 60 sm uzunlikka ega bo'ladi. Harflar 12 10 sm hajmda bo'lib, orasidagi masofa 1 sm bo'ladi. Ular qizil flomasterda bosma harflar bilan yoziladi.

 

2. Asosiy yigirmata "men"-so'zlar ("Ikkinchi qadam" da beriladi) ham oq kartonda balandlik:12 s va uzunlik: 60 s tashkil qilgan holda, qizil bosma harflar bilan yoziladi. Harflar balandligi 10 sm.

 

3. "Uchinchi qadam"da beriladigan bolaning atrofida qurshab turgan olam haqidagi so'zlar ham oq kartonga harflar balandligini 5 sm da saqlagan holda yoziladi.

 

4. Gap tuzilmasidagi lugát ham alohida kartochkalarga yoziladi. Kartochkalar balandligi 8 sm, qora bosma harflarda. harflar balandligi 5 smni saqlagan holda yoziladi.

 

5.Gaplar lugáti va qisqa frazalar. Frazali kartochka bosma qora harflar bilan 2,5 sm balandlikda oddiy harflar yordamida yoziladi. Bu kartochkalarni bitta qilib yigíb, kitob shakliga keltirib, skrepka yoki stepler yordamida mahkamlab qoýish mumkin. Kartochkalar har bir betdagi gapni o'ziga sig'dirgani uchun ancha uzun bo'lishi ham mumkin. 

 

6. Bolalar lugátidagi so'zlardan iborat bolalar kitobchasi kerak bo'ladi. Harflar oddiy qora bosma. Balandligi6 mm.

 

Barcha materiallar katta qizil harflardan boshlanib, sekin-asta  qora oddiy bosma harflarga o'tiladi. Bu keyinchalik kiritilishining sababi hali o'rnashib ulgurmagan bola apparatiga ulgáyib olish imkonini berishdir. Boshida katta harflarning qo'llanilishining sababi ularni ko'rish oson, qizil rang esa kichkinalarning diqqatini tortadi.

 

Muallif: Nargiza Pulatova   

 


Orqaga qaytish