Bilasizmi?

5529 marta o'qildi
XAYVONLAR DUNYONI QANDAY KORADI?

"Yuz marta eshitgandan, bir marta kurgan yaxshi", degan mak.ol fak.at insongagina k.aratil-gan emas. U ko’rishning ko’pgina tirik mavjudotlar uchun bekqiyos  axamiyatga molik ekanligini ifoda etadi.

"Yuz marta eshitgandan, bir marta kurgan yaxshi", degan mak.ol fak.at insongagina k.aratil-gan emas. U ko’rishning ko’pgina tirik mavjudotlar uchun bekqiyos  axamiyatga molik ekanligini ifoda etadi. Shuning uchun  xatto ko’zga ega bo’lmaganlar  xam  qandaydir "kuruvchi" organlarga ega.  Masalan, yomgir chuvalchanglari  terisining ustida kurish xujayralari betartib joylashgan bo’lib, ularni mikroskop vositasidagina ko’rish mumkin. Bunday "kuzlar" bilan atrofdagi narsalarni ko’rib  bo’lmaydi, ammo ular orqali  quyoshni soyadan, kunni tundan, yorug’ni  qorongidan farqlash oson,  chuvalchang uchun bundan  ortig’i kerak emas. Zuluklarda ko’rish  xujayralari tanasining oxirida  to’plangan, demak, uning "kuzlari" dumida joylashgan.  Dengiz yulduzida esa bunday  xujayralar  "Qullar" deb atalmish a'zolarida jamlangan bo’ladi.  Bundan chiqdi,  uning 5 ta "ko’zi" bo’lib, xammasi  qullarida ekan-da.                                                         Aksariyat  xayvonlarning ko’zlari, albatta, xaqiqiy  ko’zlardir. Ammo bu yerda  xam ajoyib otlarga duch kelamiz. Kana dunyoga  orqasi bilan  qaraydi: uning ko’zlari aynan shu yerga joylashgan. Diopsiz pashshasi shilliq qurtniki kabi uzun shoxlari  bilan lol qoldiradi. Ma'lum bo’lishicha, bu ko’zlar uchun yana bir noodatiy joy  xisoblanib, ko’zlar mana shu shoxlarning  uchiga o’rnashgan bo’ladi. Kambala balig’ining ko’zlari bir tomonga joylashgan bo’ladi. Sakkizoyoqda, sarguzasht  romanlarga  ishonadigan bo’lsak, atigi bitta ko’z bor. Aslida esa ular ikkita, ammo chap ko’zi ung ko’zidan bir necha marta katta bo’ladi.  Shunisi  xam borki, arxi-tevtis urugiga mansub kal'marlar dunyoda eng katta - likopchadek keladigan chap ko’zga ega.            Ko’zlari boshlariga "betartib" joylashgan xayvonlarda xam xammasi oddiy, risoladagidek deb bo’lmaydi. Oddiy uy pashshasida boshining yon tomonlariga joylashgan ikkita ko’z borligi  xammaga ma'lum bo’lsa kerak.  Ammo, aniqlanishicha, old tomonda ular o’rtasida joylashgan yana uchta "noma'lum ko’z" bor ekan.  Xammasi bo’lib pashshaning beshta ko’zi bo’lar ekan.  Ayrim o’rgimchaklarda sakkizta ko’z bor.                                                                        Xayvonlarda beshta, xatto sakkizta ko’zga nisbatan uchta ko’zning bo’lishi sizni unchalik ajablantirmasligi tabiiy. Ammo ko’zning uchtaligi xususida xar qancha gapirsa arziydi. Yangi Zelandiyada yashaydigan gatteriy kaltakesagida xammamizda  bo’lganidek ikkita ko’z bor, uchinchisi esa ensa yoki gardanda joylashgan bo’lib,  xamisha osmonga            qaraydi. Aniqlanishicha, osmonga qarovchi uchinchi kuz ko’pgina yovvoyi xayvonlar, qushlar va sudralib yuruvchilarda bo’lar ekan. To’g’ri, boshqa xayvonlarda, gatteriy kaltakesagidan farqli o’laroq, uchinchi ko’z yaxshi rivojlanmagan, teri, ayrim xollarda, suyak qoplagan bo’ladi va  xech narsani ko’rmaydi, ammo  dalil dalilligicha qoladi - uchinchi ko’z borligi aniq! Eng qizig’i  shundaki: bosh suyagi ostida miya ichiga yashiringan, rivojlanmagan uchinchi ko’z odamda xam bo’lishi aniqlangan.  Shunday  qilib, odamda xam aslida ikkita emas, uchta ko’z bor ekan-da!


Orqaga qaytish