Ota-onalar uchun

5089 marta o'qildi
Kompyuterda o'tirgan bolalar

Bolalar  va kompyuter bir-biriga muvofiqmi? Bu albatta quyidagi vaziyatlarga bog'liq. Bir tarafdan, kompyuter yordamida biz surátlarni harakatlantirib, so'zlarni talaffuzini turli effektlar yordamida eshitishimiz, dars va mashgúlotlarni qiziqarli va interaktiv tarzda olib borishimiz mumkin. 

Kompyuterda o'tirgan bolalar

 Bolalar va kompyuter bir-biriga muvofiqmi? Bu albatta quyidagi vaziyatlarga bog'liq. Bir tarafdan, kompyuter yordamida biz surátlarni harakatlantirib, so'zlarni talaffuzini turli effektlar yordamida eshitishimiz, dars va mashgúlotlarni qiziqarli va interaktiv tarzda olib borishimiz mumkin. Ikkinchi tarafdan esa, hozirda ba'zi ota-onalar FARZANDlarining kompyuter yoki televizor ekraniga termulib o'tirishlaridan xavotirga tushadilar. Sababi: radiasiya, ko'zning zo'riqishi va flash darslarda beriladigan ma'lumotlarning ko'pligi va tezligi. Keling, ushbu hadiklarga bitta-bitta to'xtalamiz.

Radiasiya

 Ko'pgina zamonaviy kompyuterlar ma'lum miqdorda radiasiya darajasiga ega. Agar oddiy kompyuterdan chiqayotgan radiasiya bolalar uchun xavfli bo'lsa, u boshqa kattalar uchun ham xavfli bo'lgan bo'lardi va biz hammamiz kompyuterdan uzoq bo'lish haqida ogohlantirilgan bo'lardik. Avvalgi elektron-nurli trubka (CRT yoki ENT) monitorlar  katta va qo'pol ko'rinishda bo'lib, ulardan chiqayotgan radiasiya chindan ham xavfli edi.  Bu radiasiya turiga ta'sirchan bo'lgan aholi  (aholining  20 foizini shunday insonlar tashkil qiladi) bunday kompyuterlar oldida bo'lish natijasida uzoq muddat davomida nurning zararli ta'siri ostida bo'lib, kayfiyatsizlikka tushadilar, immunitetlari pasayadi. Suyuq kristalli displeyga ega bo'lgan hozirgi zamonaviy (LCD) monitorlarda esa bunday muammo yo'q va u hozirda ko'p mamlakatlarda meýor deb qabul qilingan.

 Agar Siz hali ham CRT monitorli kompyuterdan foydalanayotgan bo'lsangiz, imkon qadar tez  LCD monitor olish tavsiya etiladi. bu ham Sizning, ham FARZANDlaringizning sog'lig'i uchun muhim.

Ko'z zo'riqishi

 Kompyuterning ko'zni toliqtirishi uning monitorining turiga va ayniqsa monitorning yangilanish chastotasiga bog'liq. CRT monitorlarning  yangilanish chastotasi quyi darajada bo'lib, bunday monitorlarga yaqindan qarasangiz, ekranning yonib-oçhayotganining guvohi bo'lasiz. Bunday monitorlardan uzoq muddat foydalanish ko'zning toliqishiga sabab bo'ladi. Zamonaviy monitorlarda esa yuqori yangilanish chastotasi bu muammoni aytarli darajada kamaytiradi. CRT ekranlar bilan ko'zida muammolar paydo bo'lgan odamlar LCD yoki plazma ekranlardan nolimaydilar. Shu bilan birga xona yetarli darajada yoritilgan bo'lishi ahamiyatli.

Flash darslar

 Bunda xavotirlanadigan tarafi flash darslarning bolalar uchun xavfsizligini ta'minlashdan iboratdir. Ko'p ekspertlarning fikricha bolalarning flash darslariga qiziqib o'tirishining sababi "yo'naltirilgan javob reaksiyasi" deb nomlangan primitiv refleksdir. "Yo'naltirilgan javob reaksiyasi"ning mohiyati bolaning diqqatini gároyib ko'rinish yoki tovushga yo'naltirib, keyin qo'rqinchli tuyulishi mumkin bo'lgan tasvirga ulanadi. Ayrim televizion dasturlarda tez o'zgarishlar bo'lishi yoki syurprizlar, masalan, multfilmda kuchukcha yoki biror odamning to'satdan kirib kelishi, diqqatni ushlab turishi, bolalarni qiziqtirishi mumkin. Lekin bu kabi tez o'zgarishlarga va syurprizlarga boy multfilm va dasturlar keyinchalik bolaga diqqatini jamlashga to'sqinlik qiladi.

Asalning ham ozi shirin

 Xuddi televizor kabi kompyuter orqali ham juda ko'plab foydali ma'lumotlarga ega bo'lamiz. FARZANDingiz uchun kompyuter orqali ko'rsatayotganingiz, o'qish va o'rganishiga yordam berishi mumkin, lekin bu bolalar istaganicha kompyuterda o'tirishi kerak degani emas.

 TV bilan bo'lgani kabi kompyuter bilan ishlashda ham meýor bo'lishi kerak.  2 yoshdan kichik bolalar 1 kunda 1 soat - 30 minutdan 2 marta. 1 yoshdan kichik bolalarga esa 1 kunda yarim soat - 15 minutdan 2 marta ruxsat etilishi mumkin.

 Kompyuter bolaga turli bilimlarni o'rgatish va o'zlashtirishda juda yaqin samarali yordam beradi. Hozirgi zamonaviy monitorlar bolalar uchun xavfli emas. Sekin-astalik va muloyimlik bilan boradigan flash darslar va multfilmlar ham bolaga zarar qilmaydi. Lekin shunga qaramay, FARZANDingiz kompyuterda o''tirganida e'tiborli bo'ling. Charchasa, diqqati kamaysa, o'tirmasin. Turli mashgúlotlar o'tkazmoqchi bo'lsangiz, o'zingiz ham u bilan birga o'tirib shugúllaning, shunda ham qiziqarli, ham samarali bo'ladi.

 

Muallif: Nargiza Pulatova   

 


Orqaga qaytish