Ota-onalar uchun

5049 marta o'qildi
Bolalar uchun qiziqarli jismoniy tarbiya mashqlari

Bolada ijobiy fazilatlarni tarbiyalash unga doimiy g’amxo’rlik qilishni, tarbiyaviy vaziyatlarni doimo takrorlab borish boorish va puxta nazorat qilishni talab etadi. Afsuski, yaxshi sifatlar tarbiyalab borilmagan vaqtlarda salbiy xarakter xususiyatlari namoyon bo’ladi. Ular go’yo vakuumni – bo’sh joyni, ya’ni tarbiyadagi yetishmovchilikni o’rnini to’ldirgandek bo’ladi. Odatda, qizg’anchiqlik, xudbinlik, beparvolik va boshqa salbiy xususiyatlar shu tarzda shakllanib boradi. Ota-onalarning FARZANDlariga xatti-harakatlari va xulq-atvori bilan to’g’ri tarbiya berishlari eng yaxshi usuldir.

Agar ota-onalar FARZANDlarining o’zlaridan ham yaxshiroq kishilar bo’lib yetishishini istasalar, u holda o’zlarining xatti-harakatlarini yaxshilab kuzatib borishlari, o’zlari hohlagan ishni emas, balki qanday harakat qilish lozim bo’lsa, shunday harakat qilishlari kerak. Bu gap, birinchi galda, jismoniy tarbiyaga, xususan ertalabki gimnastika mashg’ulotlariga tegishlidir. Agar ilgari ota-onalar ertalabki gimnastika bilan shug’ullanmagan bo’lsalar, endi bola uchun, u bilan birgalikda shug’ullanishga to’g’ri keladi. Bir yoshdan boshlab to bir yoshu ikki oylik bo’lgan bolalarga quyidagicha mashqlar to’g’ri keladi.

Ertalab uyqudan uyg’ongach, qisqa muddat tualet uchun ajratiladi, so’ngra bolaga sport formasi kiygaziladi, ya’ni unga trusik va shippak, agar sovuq bo’lsa, ko’ylakcha va kolgotka kiygaziladi. Albatta bungacha xona shamollatib qo’yilgan bo’lishi shart, havo iliq paytlarda esa derazani ochib qo’yiladi.

Zaryadka yurishdan boshlanadi. Dastlabki vaqtlarda go’dakning qo’lidan ushlab yurgiziladi yoki ikki-uch qadam boladan nari ketin qo’l uzatib chaqiriladi. Shu tariqa bir necha bor takrorlanadi. Kun sayin bosib o’tilgan masofa ham uzaytirib boriladi. Ikkinchi mashq to’siqdan oshib o’tishga bag’ishlanadi. Yozuv stolining bo’sh yashigi (yoki balandligi 10-12 smdan yuqori bo’lmagan istalgan boshqa predmet) bolaning o’z o’yinchoqlari tomon boradian yo’liga to’siq qilib qo’yiladi. Dastlab, yashik ustiga chiqib olishga, o’yinchoqni olishiga va uni ko’tarib orqaga qaytib kelishiga bolaga yordam berish kerak. Uchinchi mashq - Siz va bolangiz bir-biringizga qarama-qarshi turib, xalqaning yoki biron tayoqning ikki tomonidan ushlab turasizlar. “O’tirdik” - “Turdik” degan aniq komandalar berib, cho’qqayib o’tirasiz va tik turasiz. Keying mashq to’siq ortidan, masalan, skameyka yoki jurnal stolchasi ostidan emaklab o’tish mashqidir. Bu mashqning maqsadi – to’siqqacha emaklab borish, cho’qqayib o’tirish, emaklab uning tagidan o’tish, to’siqning narigi tomonida qo’yilgan o’yinchoqqa qo’l uzatib olish, yana tik turib yurish hamda o’yinchoqni katta kishining qo’liga berishdan iboratdir. Bunday qiyin mashqni to’g’ri bajargan bolani albatta maqtash kerak. Beshinchi mashq – bunda bolaga to’siq ustidan qanday hatlab o’tish kerakligini ko’rsatib berasiz. Dastlab bu to’siqlar unchalik baland bo’lmasligi kerak: kubikchalar, g’o’lachalar, kichik koptoklar ana shunday to’siq vazifasini bajarishi mumkin.oradan bir necha hafta o’tganidan keyin to’siqlarning balandligi ikki marta oshiriladi. Bola mana shu to’siqlardan o’zicha mustaqil ravishda qiynalmay o’ta oladigan bo’lganida mashqlarning maqsadi amalga oshirilgan bo’ladi.

Navbatdagi mashqni bajarish uchun esa bolaning qo’liga koptok berib qo’yish va uni oldinga qaratib otish taklif qilinadi. Katta yoshli kishining o’zi koptokni ilib olishi va uni go’dakka qaytarib berishi kerak. Zaryadka qisqa muddatli yurish bilan yakunlanadi.

Muallif: Nargiza Pulatova

Orqaga qaytish