Hikoyalar

5311 marta o'qildi
ISTE`DODNING TUG`ILISHI

  “...Men jim turaman. U jim turadi. Ikkimiz ham jimmiz. O, qachon tugaydi bu jimjitlik? Nega loyqalandi oraliq? Nega? Nega?! Dugonajon, nahot kechagi kunning nafis olami bugun senga ham, menga ham begona bo`lsa. Bir mayizni bo`lib yegan kunlarimizni nahot unutsak?

ISTE`DODNING TUG`ILISHI
Hikoya

“...Men jim turaman. U jim turadi. Ikkimiz ham jimmiz. O, qachon tugaydi bu jimjitlik? Nega loyqalandi oraliq? Nega? Nega?! Dugonajon, nahot kechagi kunning nafis olami bugun senga ham, menga ham begona bo`lsa. Bir mayizni bo`lib yegan kunlarimizni nahot unutsak? Oramizdagi ko`z ilg`amas dushmanga taslim bo`lsak? Kel, uni ikkimiz birga olib tashlaylik. Bu dushman kim o`zi va yoki nima? o`xta-chi, o`zi asli dushman bizda nima qilsin? Yo u atrofimizda yuradigan mayda gapmi, chuvalashib yuradigan, odamlarni bir-biridan uzoqlashtiradigan mayda gapmi? Ha, xuddi o`zi.
Mayda gap, yuzta dushmandan ham ortiq. U atrofni mag`zavalaydi. Kel, dugonajon, uni oramizdan olib tashlaylik. iniq suvga yuz-qo`limizni yuvaylik. iniq suv — bu sening va mening ko`nglim...”
Ustoz shunday chiroyli o`qirdiki, butun sinf unga mahliyo edi. Shu topda kimningdir ko`zi namlandi. Kimdir yonidagi sinfdoshini beozor turtib: “Kim yozganiykin?” dedi pichirlab. Ustoz biroz tin oldi-da, daftarni yopib, stol ustiga qo`ydi. O`quvchilar esa hamon uning girdobida edilar, unga maftun edilar. inchlikni ustozning o`zi buzdi va o`tirganlardan ohista so`radi:
— Ayting-chi, insho qanday yozilgan?
— Zo`r, — deyishdi o`g`il bolalar.
— Yaxshi-ya, namuncha yaxshi-ya, — deyishdi qizlar.
— Qani, ayting-chi, muallif bu bilan nima demoqchi?
— Inson ko`ngli judayam nozik, uni ehtiyot qiling, demoqchi, — dedi Shohida shosha-pisha.
— Yana kim aytadi?
— Ko`ngilni shoirlarimiz hatto billurga o`xshatadilar, — dedi she'riyatni jonidan sevuvchi Solijon.
— o`g`ri.
— Men ham aytay, — deya o`rnidan turdi Abbos, — do`stlik hamma narsadan ustun turadi. Uni asrash kerak, demoqchi.
— Yana-chi, ustoz, sal xafalansa, do`stlikdan voz kechish kerak emas.
— Sinfimizda do`stlik kuchlimi? — sinfdagi holatni bilsa-da so`radi ustoz.
Bolalar g`uvillab ketishdi.
— O`rtoqlik kuchli, — deya xulosaga kelishdi ular, — o`rtoqlik asta-sekin do`stlikka aylanadi.
Butun dars do`stlik mavzusiga aylanib ketdi. Bu mavzudagi inshoning shu darajada muhokama qilinishini ustozning o`zi ham kutmagan edi...
— Endi ayting-chi, buni kim yozgan?
— Said Ahmad, — deb yubordi bolalardan biri.
— Yo`q, Xudoyberdi o`xtaboyev.
Ustoz kim kimni aytsa, qo`yib berdi.
— opdim, — dedi oxiri qizlardan biri. — Maylimi yozuvini ko`rsam.
Ustoz daftarni ochib, yozuvni hammaga ko`rsatdi. U shunaqangi chiroyli yozilgan edi-ki... Hamma bir-biriga qaradi-yu, lekin topdim, degan qiz ham hatto botinib bir narsa deyolmadi.
— Sizga aytsam, talant — bu qobiliyat degani. U hammada ham bo`lavermaydi. Uni qadrlash, ehtiyot qilish lozim. Bunday odamlar o`z ishtiyoqi, o`z odobi va mehnati bilan ajralib turadi.
Ustoz sinfdoshlarga bir-bir qarab oldi-da:
— Buni... Oygul yozgan, — dedi. Ustoz Oygul ismini shunday mehr bilan aytdiki, buni o`zi ham kutmagan edi. Chindan-da unda bitilgan so`zlar faqat shu o`quvchidan chiqishi mumkin edi.
Sinf birdan “g`uv” etib ketdi va yana birdan suv quygandek jimib qoldi. Ustoz insholarni ega-egalariga qaytardi. Hammaning bahosi o`ziga yarasha edi. Hamma bari bir Oygul yozganini o`z ko`zi bilan ko`rgisi kelardi. Qaysidir bola shubhalanib sal ishonqiramay, dedi:
— Ustoz, siz maqtayapsiz-u, ehtimol u yer-bu yerdan ko`chirgandir.
Sinf yana g`uvillab ketdi. Dars boshlangandan beri har galdagidek indamay o`tirgan Oygul shoshmay o`rnidan turdi:
— o`g`ri, o`qiganlarimning ta'siri bo`lishi mumkin. Lekin vijdonimni o`rtaga qo`yib aytamanki, o`zim yozganman.
Hech kutilmaganda bolalar qarsak chalib yuborishdi. Bunday holat sinfda hech qachon bo`lmagan edi.
— O`zi o`qib bersin, — deb qolishdi sinfdoshlar.
Oygul maktabdagi yig`inlarda she'r o`qiganda hammaning unga havasi kelardi. U daftarini olib joyiga o`tirmoqchi edi, ustoz to`xtatdi:
— O`qiy qol.
— Xo`p, — dedi Oygul.
Oygul daftariga bir ko`z yugurtirdi-da, tamoman boshqa ohangda, tamoman boshqa uslubda o`qiy boshladi. U o`qigani sari har bir so`zining mag`zi chaqilar, har bir so`zining hayajoni sinfdoshlari qalbiga kirib borardi. U go`yo sahnadagi aktrisa edi. Yo`q-yo`q, u buni ataylab, o`zini ko`rsatish uchun qilmasdi. So`zlar jilosi, so`zlar quyuni uni shu yo`lga boshlardi. U o`zi uchun, o`zining to`lqin urib turgan yuragi uchun o`qirdi. Yuragi esa, atrof bilan chambarchas bog`liq edi. Shu lahzalarda oddiy maktabning oddiy sinfida oddiy bir navqiron ijodkor paydo bo`layotgan edi. Shu daqiqalarda oddiygina maktabning oddiygina sinfida ijodkor tug`ilayotgan edi. Ammo buni na ustoz, na sinfdoshlar va na Oygulning o`zi anglab yetmayotgan edi. Hali bu noyob iste'dod g`uncha tugishi, gullashi, elga manzur asarlar yaratishi uchun necha-necha yillar, bu yillarning pastu baland sinovlari-yu kurashlari va uning sadoqatli onlari kerak edi...

Yayra SA`DULLAYEVA


Orqaga qaytish