Jahon mamlakatlari

4493 marta o'qildi
Misr

Misr Arab Respublikasi Afrikaning shimoli-sharqida va Osiyoning Sinay yarim orolida joylashgan.

Misr – eng qadimgi davlatlardan biri.
Uning yoshi 5 ming yilga yaqin. Bu yerdagi bahaybat ehromlar – podsholar (fi­r’av­n­lar)ning maqbaralari, muhtasham qasrlar, toshlarga o‘yib tushirilgan yozuv hamda rasmlar Qadimgi Misr madaniyati haqida tasavvur beradi.

Misr

(Misr Arab Respublikasi, MAR)

Maydoni – 1001400 kvadrat kilometr.

Aholisi – 67300000 kishi.

 Misr Arab Respublikasi Afrikaning shimoli-sharqida va Osiyoning Sinay yarim orolida joylashgan.

Misr – eng qadimgi davlatlardan biri.
Uning yoshi 5 ming yilga yaqin. Bu yerdagi bahaybat ehromlar – podsholar (fi­r’av­n­lar)ning maqbaralari, muhtasham qasrlar, toshlarga o‘yib tushirilgan yozuv hamda rasmlar Qadimgi Misr madaniyati haqida tasavvur beradi.

7-asrda Misrni arablar bosib olishdi. Ular Misrga arab tili va islom dinini olib kelishgan.

Mamlakat aholisining deyarli barchasi qadimdan Afrikaning azim daryosi – Nil sohillarida yashaydi. Nil vodiysida jahonda eng yaxshi paxta yetishtiriladi. Bu Misrning aso­siy boyligidir. Bu yerda sholi, makkajo‘xori, bug‘doy, shakarqamish, dukkakli ekinlar ham ekiladi. Sabzavotdan piyoz, sarimsoq, pomidor, mevalardan esa xurmo, apelsin, limon yetishtiriladi.

Hosildor vodiyni har tomondan bepoyon cho‘l qurshab turadi. Cho‘lda suv yo‘q, shu­ning uchun u yerda odam onda-sonda uchraydi. Odatda ular ko‘chmanchi badaviylar bo‘lib, tuya, qo‘y, echki boqishadi va poda bilan birga ko‘chib yurishadi. Quduqlari bor vohalardagina odamlar doimiy yashashadi.

Misr 1952-yil inqilobidan keyingina chinakam mustaqil davlatga aylandi. Bunga qadar mamlakat ko‘p yillar Angliya hukmronligi ostida bo‘lgan. Misr aholisi qashsho­q­­­­­­lik va kasalliklardan azob chekar, ularning deyarli barchasi savodsiz edi. Mamlakatda mashinasozlik zavodlari bo‘lmagan, metallar hunarmandchilik ustaxonalarida eritilardi. Endilikda respublikada sanoat tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Yerlarning ko‘p qismi yersiz va kam yerli dehqonlarga berildi.

1952-yildan keyin respublikada ko‘plab zavod va fabrikalar qurildi va qurilmoqda. Endilikda mamlakat temir, po‘lat, cho‘yan, stanoklar, avtomobil va temiryo‘l vagonlari, xolodilnik va velosipedlar ishlab chiqarmoqda.

Nil daryosida qurilgan baland Asvon to‘g‘oni yerlarni sug‘orish uchun ko‘plab suv to‘plash imkonini beradi. Mazkur to‘g‘on
elektr stansiyasi Misrni arzon elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Misrga bir necha bor Angliya, Fransiya va Isroil hujum qilishgan. 1967-yili Isroil Misrga tegishli Sinay yarim orolini bosib oldi. Misr xalqi Sinay yarim orolini va Isroil bosib olgan boshqa arab yerlarini ozod qildi. 1974-yili Misr xalqi Isroil qo‘shinlarini Suvaysh kanalining sharqiy sohilidan chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘ldi. Kanal bo‘ylab Yevropa va Amerikadan Osiyo hamda Sharqiy Afrikaga kemalar qatnamoqda. Misr bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatilgan.

 Bolalar ensiklopediyasidan olindi.


Orqaga qaytish