Jahon mamlakatlari

4479 marta o'qildi
Mongoliya

 Mongoliya dashtlari poyonsiz. Undagi tekisliklar va tepaliklarda birorta ham daraxt–ni uchratmaysiz – hamma yoqda shamolda yengil tebranayotgan o‘tlarni ko‘rasiz, xolos. Faqat Mongoliyaning shimoli-g‘arbida tog‘lar qad ko‘targan, ular qalin ignabargli o‘rmonlar bilan qoplangan; tog‘ oraliqlaridagi soyliklarda moviy ko‘llar bor.

Mongoliya

Maydoni – 1566500 kvadrat kilometr.

Aholisi – 2422800 kishi.

 Mongoliya dashtlari poyonsiz. Undagi tekisliklar va tepaliklarda birorta ham daraxt–ni uchratmaysiz – hamma yoqda shamolda yengil tebranayotgan o‘tlarni ko‘rasiz, xolos. Faqat Mongoliyaning shimoli-g‘arbida tog‘lar qad ko‘targan, ular qalin ignabargli o‘rmonlar bilan qoplangan; tog‘ oraliqlaridagi soyliklarda moviy ko‘llar bor.

Mamlakatning eng janubida bepoyon suv­sizGobicho‘li joylashgan.

Dashtlarda sigir, qo‘y, echki, yilqi podalari,Gobicho‘lida esa tuyalar boqiladi. Onda-sonda aratlar (chorvadorlar)ning kigiz o‘tovlari qorayib ko‘rinadi. Chorvachilik juda qadim zamonlardan bu mamlakat aholisi­ning asosiy mashg‘uloti hisoblanadi. Chorva bir joyning o‘tlarini yeb tugatgandan keyin cho‘ponlar mollarini boshqa yaylovga hay­dab o‘tadilar.

Chorva mollariga qishda ancha qiyin bo‘ladi, bu davrda izg‘irin shamollar esadi, qor bo‘ronlari bo‘ladi. Hayvonlar o‘tgan yilgi qurigan o‘tlarni qalin qor ostidan arang kovlab topib yeydi. Ularga qo‘shimcha pichan berib boqib turilmasa, mollar nobud bo‘lishi mumkin.

Bolalar qo‘zi, buzoq, toylarni sog‘lom o‘stirishda kattalarga yordamlashadilar.

Ko‘pgina qishloq maktablarida bolalarga yozgi ta’til davrida toylarni minishga o‘rgatishni vazifa qilib topshiradilar. Bayramlarda otlarda poyga uyushtiriladi. Bunda kattalardan tashqari 8–12 yoshli qiz va o‘g‘il bolalar ham qatnashadi.

Chorva – Mongoliyaning asosiy boyligi. Mamlakatning boshqa boyliklaridan ilgari mutlaqo foydalanilmagan. Qadimgi diniy urf-odatlarga ko‘ra yerni kovlash, tabiatning dastlabki ko‘rinishini o‘zgartirish taqiqlangan edi. Shuning uchun o‘tmishda mongollar hech qachon dehqonchilik bilan shug‘ullanishmagan va hatto nonning ta’mini ham bilmaganlar. Endilikda traktorlar yordamida dashtdagi katta qo‘riq maydonlar haydaladi. Bug‘doyzorlar sap-sariq tovlanib turadi, sabzavot pishib yetiladi. Geologlar yer ostidan ko‘mir, neft, temir rudasi, mis, volfram, molibden, qalay konlarini qidirib topdilar.

Qo‘shni mamlakatlar ularga ko‘mir shaxtalari, ruda va neft konlari, zavodlar va fabrikalar barpo qilishda yordam bermoqdalar. Ko‘pgina sanoat korxonalari chorvachilik mahsulotlari (jun, teri)ni qayta ishlaydi, a’lo sifatli gazlama, poyabzal, kiyim, jun adyol ishlab chiqaradi.

Yangi korxonalar atrofida ishchilar shaharchalari qad ko‘tardi. Mamlakatning shimoliy qismida, toshko‘mir koni yonida katta Darxan shahri qurildi, darxan so‘zining o‘zbekchaga tarjimasi «temirchi» demakdir. Mamlakat poytaxti – Ulan-Bator nihoyatda o‘zgarib ketdi. Ilgari bu shahar o‘tov va bir qavatli pastqam uylar to‘dasidan iborat edi. Endilikda bu yerda chiroyli ko‘p qavatli uylar, xiyobonlar, asfaltlangan keng ko‘chalar barpo qilindi. Ulan-Bator qo‘shni mamlakatlar bilan temir yo‘l orqali bog‘langan. O‘zbekiston Respublikasi bilan Mongoliya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatilgan.

Bolalar ensiklopediyasidan olindi. 


Orqaga qaytish