O'zbekiston tarixi

4938 marta o'qildi
UZUK KO`ZIDAGI KITOB

 Amir emur Ko‘ragon ilm va ma'rifatga katta e'tibor bergan. Qayerga bormasin, mashhur olim va shoirlarni saroyiga chorlagan, ular bilan din va ilmning turli sohalari bo‘yicha qiziqarli munozaralar o‘tkazgan. 

UZUK KO`ZIDAGI KITOB

Temuriylar davri kutubxonalari



Amir emur Ko‘ragon ilm va ma'rifatga katta e'tibor bergan. Qayerga bormasin, mashhur olim va shoirlarni saroyiga chorlagan, ular bilan din va ilmning turli sohalari bo‘yicha qiziqarli munozaralar o‘tkazgan. urli o‘lkalardan nodir kitoblarni Samarqandga olib kelgan. O‘sha paytda Samarqanddagi Sohibqiron qarorgohi — Ko‘ksaroyda joylashgan saltanat kutubxonasi turk, arab va fors tillaridagi qo‘lyozmalarning boy xazinasiga aylangan. Kutubxonada Qur'oni karim, hadis va tafsirlar, fiqh, falakiyot, tibbiyot, ilmi nujum, jo‘g‘rofiya, falsafa, tarix, mantiq, adabiyot va tilshunoslikka oid ko‘plab kitoblar bo‘lgan. Ayni paytda bu yerda diplomatik yozishmalar va turli rasmiy xatlarning nusxalari ham saqlangan.
Kutubxona huzurida qo‘lyozmalarni ko‘chirish va kitobat qilish ustaxonasi ham bo‘lgan. Ustaxonada mohir xattotlar ish olib borishgan. Muhammad ermiziy, Yo‘lqutlug‘, Amir Muhammad Badriddin, Xoja Abdulloh Keshiy shular jumlasidan.
Qozi Ahmad o‘zining husnixat sohiblari va rassomlar haqidagi risolasida shunday bir voqeani keltiradi: Amir emur Ko‘ragon davrida Umar Aqto‘ ismli husnixat sohibi bor edi. Uning o‘ng qo‘li yo‘q edi. Ammo chap qo‘li bilan shunday chiroyli yozar ediki, ko‘rganlar hayratda qolar va unga tahsinlar o‘qirdilar. U Sohibqiron uchun Qur'onning nodir nusxasini tayyorladi. “G‘ubor” deb ataluvchi noyob xat uslubida bitilgan bu Qur'on shunchalik kichik ediki, uni uzukning ko‘ziga joylashtirsa bo‘lar edi. Muqaddas kitob nusxasini u Sohibqironga sovg‘a qildi. Ammo kutilgan mukofotni ololmadi. Chunki Amir emur hazratlari Ollohning kalomi nihoyatda mayda yozilganligini ma'qullamadilar.
Umar Atqo‘ endi eng katta Qur'on nusxasini yozishga kirishdi. Undagi har bir harf bir zar' (tirsak) va undan ham kattaroq qilib bitilgan edi. Qo‘lyozma tugallanib, bezatilganidan va muqovalanganidan keyin xattot uni aravaga ortib saroyga yo‘l oldi. Bu xabar Sohibqironga yetkazildi. Amir emur din peshvolari va saroy a'yonlari bilan birgalikda xattotga peshvoz chiqib, hadyani qabul qildi. Xattotga tahsinlar o‘qidi va munosib tarzda mukofotladi...
Mirzo Ulug‘bek davrida kutubxona yanada boyigan. Mashhur xattotlar qadimgi yunon faylasuflarining asarlari tarjimasi, falakiyot ilmiga oid turli asarlar, Nizomiy, Amir Xusrav Dehlaviy, Hofiz Sheroziy kabi she'riyat ustalarining devonlarini ko‘chirib, chiroyli kitoblar yaratganlar.
Shohrux Mirzoning ikkinchi o‘g‘li Boysunqur Mirzo (1397-1433) ham adabiyot va san'at oshig‘i bo‘lgan. Muarrixlar uning “olti qalam”da xat yozganligini ta'kidlaydilar. Ya'ni u xatning riq'o, nasx, nasta'liq, rayhoniy, kufiy, suls kabi uslublarida chiroyli yoza olgan. U Hirotda “Nigoriston” deb atalgan o‘ziga xos badiiy va ilmiy akademiya tashkil etgan. Unda 40ga yaqin olim, xattot, sahhof (muqovachi), varroq (qog‘ozsoz usta), naqqosh, lavvoh (lavha chizuvchi) va boshqa hunar egalari ish olib borishgan.
arixchilarning yozishicha, bir guruh olimlar Boysunqur Mirzo homiyligida tibbiyot, jug‘rofiya, handasa, o‘simlikshunoslik singari fan sohalarida ham ilmiy izlanishlar olib borganlar. Eng muhimi, Boysunqur Mirzo Hirotda katta kutubxona tashkil etgan. Jumladan, uning boshchiligida Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asari mukammal matni tiklangan. Boysunqurning o‘zi so‘zboshi yozgan bezakli va suratlarga boy bu nusxa hozirgi paytda ehron muzeyida saqlanadi. Shuningdek, Amir Xusrav Dehlaviyning mukammal majmuasi tayyorlangan.
emuriyzoda Iskandar Mirzo Fors o‘lkasining hokimi bo‘lgan davrda katta kutubxona yaratgan. Kutubxonada mashhur hattot Mavlono Ma'ruf boshchiligida ko‘pgina nodir asarlardan nusxalar ko‘chirilgan. Natanziyning “Muntaxab ut-tavorix” asari, Haydar Xorazmiyning she'r va dostonlari Iskandar Mirzo homiyligida katobat qilingan.
Shohrux Mirzoning yana bir o‘g‘li — Ibrohim Mirzo ham o‘zining ilm va ma'rifatga homiyligi bilan nom qozongan. U ham o‘zi tashkil etgan kutubxonada ko‘plab nodir asarlarni to‘plagan. Sharafiddin Ali Yazdiy Ibrohim Mirzoning topshirig‘i bilan o‘zining mashhur “Zafarnoma” asarini yozgan.
Boysunqur Mirzoning kutubxonasida boshlangan ishlar shoh Husayn Boyqaro va Amiri kabir Alisher Navoiy davrida yanada kengroq miqyosda davom ettirilgan. O‘sha paytda Hirot shahri Movarounnahr va Xurosonda yirik madaniyat markaziga aylanganligi yaxshi ma'lum. Bu davrda saroy kutubxonasida Kamoliddin Behzod boshchiligidagi rassomlar, Sultonali Mashhadiy, Mirali Hiraviy, Abduljamil Kotib singari mahoratli xattotlar ish olib borishgan. Jami 70 dan ortiq xattot va musavvir Alisher Navoiyning doimiy e'tibori va homiyligida kamolga yetgan. Buyuk shoir va davlat arbobi o‘zining 18 ming dinorlik maoshining katta qismini ma'naviy-ma'rifiy ishlar rivojiga, madaniy inshootlar barpo etishga sarflagan.
O‘sha davr Hirot miniatyura va xattotlik maktabida yaratilgan ko‘pgina nodir asarlarni bugungi kunda dunyoning mashhur muzeylarida uchratish mumkin. Ulardan birining tarixi nihoyatda qiziq. Alisher Navoiyning ilk devonlaridan biri Sultonali Mashhadiy tomonidan chiroyli husnixat bilan ko‘chirilib, har bir sahifasiga rangli bezaklar ishlangan. Matnlar atrofi oltin suvi bilan ziynatlangan. Bu kitob ehtimol saroyda yoki shoirning o‘z xonadonida saqlangan bo‘lsa kerak. Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro vafotidan keyin ko‘p o‘tmay Xuroson safaviylar tomonidan egallanadi. Boshqa boyliklar qatori bu nodir qo‘lyozma ham Eronga olib ketiladi va saroyda saqlanadi. 1829-yili Rossiyaning Erondagi elchisi, mashhur adib Aleksandr Griboyedov ehronda isyonchilar tomonidan o‘ldiriladi. Eron shohi Rossiyaga katta tovon puli to‘laydi. Yuborilgan sovg‘alar orasida “Daryoyi nur” olmosi, qimmatbaho buyumlar, shu jumladan, Alisher Navoiyning tilga olingan devoni ham bor edi. Hozirgi paytda mazkur asar Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shedrin nomidagi davlat kutubxonasida saqlanadi. Uning faksimil nusxasi 1968-yili atoqli olim Hamid Sulaymon tomonidan oshkent shahrida chop etildi.
XVI-XVII asrlarda Hindistonda adabiyot, san'at va madaniyat nihoyatda ravnaq topadi. Chunki Boburiy hukmdorlar adabiyot va san'atni yuksak qadrlar, qobiliyatli shaxslarni moddiy va ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlar edilar. Atrofdagi mamlakatlar, xususan, O‘rta Osiyolik mashhur shoirlar, tarixchilar, xattotlar o‘zaro urushlar va nizolardan qochib, bu yerdan boshpana topadilar. Ular o‘zlari bilan birga ko‘plab nodir kitoblarni ham Hindistonga olib keladilar. Bugungi kunda Hindiston kutubxonalarida tariximiz va madaniyatimizga oid o‘nlab nodir qo‘lyozmalar saqlanmoqda.
arixiy manbalarga ko‘ra, Mirali Hiraviy qo‘li bilan Buxoro shahrida ko‘chirilgan va chiroyli ziynatlangan “Luqmonning yuz nasihati” kitobi keyinroq Hindistonga, Akbaroboddagi Shohjahon kutubxonasiga kelib qoladi. Kitobni ming rupiyaga baholaydilar. Bir yildan so‘ng (1631-yili) Shohjahon bu kitobni o‘z qizi Jahonoro begimga tuhfa qiladi.

Nosir MUHAMMAD

"Gulhan" jurnalidan olindi.


Orqaga qaytish