Jahon mamlakatlari

5329 marta o'qildi
Myanma

Butun mamlakatning shimolidan janubi­ga­cha kema qatnaydigan kattagina Iravadi daryosi kesib o‘tgan. Daryoning unumdor vodiysida aholi zich joylashgan bo‘lib, bu yerga asosan sholi ekiladi. Myanmaliklar­ning ko‘pchiligi shu vodiyda. 

Myanma

(Myanma Ittifoqi Respublikasi)

Maydoni – 676500 kvadrat kilometr.

Aholisi – 48100000 kishi.

 Janubi-sharqiy Osiyoda, Bengaliya qo‘ltig‘i bo‘yida Myanma davlati joylashgan.

Butun mamlakatning shimolidan janubi­ga­cha kema qatnaydigan kattagina Iravadi daryosi kesib o‘tgan. Daryoning unumdor vodiysida aholi zich joylashgan bo‘lib, bu yerga asosan sholi ekiladi. Myanmaliklar­ning ko‘pchiligi shu vodiyda. Myanmaning barcha chegara hududlari tik tog‘lardan iborat bo‘lib, qalin tropik o‘rmon bilan qoplangan. Tog‘larda turli qabilalar yashaydi. Myanmaliklar dehqonchilik (asosan sholi­kor­lik), polizchilik, bog‘dorchilik bilan shu­g‘ul­lanadilar.

O‘rmonlarda baland o‘sadigan, yaproq­lari yirik va yapaloq tik daraxtlari ko‘p. Uning yog‘ochi qattiq va pishiq. Juda og‘irligidan suvda cho‘kadi. Tik yog‘ochi deyarli chirimaydi. Shuning uchun undan ko‘proq kemasozlikda foydalaniladi. U chet elga ham ko‘plab chiqariladi. Mamlakatning asosiy boyliklari – guruch va neft ham chet elga chiqariladi. O‘rmonchilikda, kor­xonalarda va yuk tashishda ko‘pincha o‘rgatilgan fillardan foydalanishadi. O‘rmonda yovvoyi fillar, shuningdek maymun, tovus, yo‘lbars kabi boshqa tropik hayvonlar ham ko‘p. Butun yil bo‘yi havo issiq, yozi – yomg‘irli, qishi – qurg‘oqchil.

Myanmaliklarning ko‘pchiligi hozir ham baland qoziq oyoqlarga o‘rnatilgan chayla – uylarda yashashadi. Uylar yog‘och va bambukdan qilinadi, uning devorlari, ayvoni qamish va shox-shabbadan to‘qilib, tomi ikki tomonga nishab bo‘lib turadi. Erkaklar ham, ayollar ham och rangdagi kofta va uzun yubka kiyib yurishadi. Myanma ayollari sochlarini jimjimador qilib baland turmaklashadi, erkaklar boshiga ro‘mol bog‘lab yurishadi.

Mamlakat poytaxti – Yangon(Rangun) shahri Iravadi daryosining deltasidagi bir tarmoq bo‘yiga joylashgan. Yangonyirik sanoat va port shahri. Myanmaning mar­kaziy qismida, Iravadi daryosining o‘rta oqimida mamlakatning ikkinchi muhim shahri – Mandalayjoylashgan. Shahar
ajoyib zargarlik buyumlari, yog‘och qutilar va kosalar yasaydigan mohir hunarmandlari bilan mashhur.

Myanmadagi barcha shaharlarda budda ibodatxonalari ko‘p. Ularning to‘ntarilgan voronkaga o‘xshash katta cho‘qqisimon
minoralari uzoqlardan ko‘rinadi. Ular odatda oppoq bo‘lib yaltirab turadi, ammo Yangondagi asosiy Shvedagon ibodatxonasining bahaybat minorasi yuqoridan
 pastgacha tilla tunuka bilan qoplangan. 

Myanma uzoq vaqt Angliyaning mustamlakasi bo‘lgan. 1948-yildagina u mustaqillikka erishdi.

Bolalar ensiklopediyasidan olindi. 

 


Orqaga qaytish