Hikoyalar

5654 marta o'qildi
Sulaymon RISBOYEV (Qirg`iziston) JAJJI HIKOYALAR

Bir o`ylanib ko`rgin-a... Dunyoda barcha narsadan kim chiroyli, nima go`zal? Menimcha, hammasidan shu yorug` dunyoga o`z nurini sochib turgan quyosh chiroyli!

Sulaymon RISBOYEV
(Qirg`iziston)

JAJJI HIKOYALAR

BARCHASIDAN KIM CHIROYLI

Bir o`ylanib ko`rgin-a... Dunyoda barcha narsadan kim chiroyli, nima go`zal? Menimcha, hammasidan shu yorug` dunyoga o`z nurini sochib turgan quyosh chiroyli!
Keyin o`sha oftobdan nur emgan gul suluv. Yuzlari o`sha gulga o`xshab yashnab turgan baxtli bolalar go`zal, keyin jajji go`dagini emizib turgan ona chiroyli.
o`g`ri, dunyoda suluvlar ko`p. emir qanot polapon, sariqtumshuq jo`jalar, jo`jalarini erchitib olgan ona tovuq, ulog`i bilan qo`zilarini erchitib olgan echki va qo`ylar, buzog`i bilan qulunlarini o`ynatib yurgan mollar, yilqilar o`ta go`zal...
Endigina ko`zini ochgan kuchuk, uyquchi mushukning bolasi...
Hozirgina gullagan olicha, gilos, olma, o`rik qanday chiroyli. Yerdan bosh ko`targan ko`katlar, yaproqlar... Hammasidan yangi tug`ilgan oy go`zal.
Biroq barchasidan nima suluv bolajonlar? Kim biladi?
Biz yuqorida sanab o`tgan narsalarning orasidan kim nimani yaxshi ko`rsa — o`sha chiroyli. Menga qolsa, barchasidan jajji jujuq va uni erkalatib o`tirgan ona ko`rkam.
— Xo`sh, nima deysizlar? Gapim to`g`rimi?
Men ana shu ikkovidan ham go`zalrog`ini hozircha ko`rganim yo`q. Sizlar-chi?..

BOLANING QANOTI

Yusuf osmonda uchib yurgan qaldirg`ochlarni zavq-shavq bilan kuzatar ekan, ularning qaychi qanotlari uning xayolini olis-olislarga olib ketdi. U qaldirg`ochlardan ko`zlarini uzmagan holda otasining yoniga kelib shunday dedi:
—Ota, menga qanot sotib olib bering!
— Bo`pti, ertaga olib kelaman.
Yusuf otasining «ertaga qanot sotib olib kelishini» o`ylab juda quvondi. Ko`kda parvoz qilib yurgan o`sha qaychi qanot qaldirg`ochlardan ham yuksaklarda uchib yurishini ko`z oldiga keltirib, o`zicha rosa quvondi.
Ertasiga otasi Yusufga «Alifbe» kitobini sovg`a qildi.
«Bolalarning qanoti shunday bo`ladimi?» degan ma'noda u otasiga tikildi.
— O`g`lim, mana shu «Alifbe» kitobi bolalarning qanoti bo`ladi. Bu kitobni qancha yaxshi o`qisang, qaldirg`ochlardan ham baland, zarur bo`lsa, samolyotlardan ham yuksaklarga uchasan. ushunding-mi, bo`tam?!
Yusuf boshini irg`ab, kitobni bag`riga bosib, osmonda parvoz qilib yurgan qaldirg`ochlarga qarab, o`ylanib qoldi...

YO`LDA

Yo`lda borayotib:
— Bugun yo`ldagi muzlar erib qolgani soz bo`libdi, — deya quvondi otasi.
Otasi bilan yonma-yon borayotgan o`g`il koyinib shunday ded:
— Attang, yo`lning muzlari erib ketgani chakki bo`libdi-da...

BESH G`ILDIRAKLI MASHINA

Asanbekning tog`asi yangi mashina sotib olgan edi.
— og`amning mashinasida beshta g`ildiragi bor!.. — maqtandi do`stlariga Asanbek.
— Yolg`on! Mashinaning ham beshta g`ildiragi bo`ladimi? — ishonmasdan so`radi qo`shni bola.
— Xo`sh, o`sha g`ildiragi qayerda ekan?..
— Yukxonasida...

MEHMON QUSHLAR

Erta bahor edi.
— Nega shamol bo`layapti? — deya bolakay otasidan so`rab qoldi.
— Chamasi mehmon qushlar uchib kelayotgan bo`lsa kerak kerak,
— javob berdi otasi.
— Qiziq!... Mehmon qushlarni shamol haydab keladimi?!.

NIMA UCHUN?

— Nima uchun odamlarning ikki qo`l-u ikki oyog`i bor?
— Mehnat qilish uchun.
— Nima uchun odamlarning ikki quloq, ikki ko`zi bor?
— Aniqroq eshitib, yaxshiroq ko`rishi uchun!..
— Nega bitta og`zi bor?
— Ozroq yeb, ozroq so`zlashi uchun!..
— Nega bitta boshi bor?
— Boshqalarga ishonib o`tirmay, o`zining boshi bilan o`ylashi uchun!..

QOR NEGA SOVUQ?

— Qor nega sovuq? Bilasizmi, ota? — so`rab qoldi bolakay.
— Bilsang ayt-chi?
— Sababi, u qishda yoqqani uchun...

XO`TIKCHA

Hovlining narigi tomonidagi kultepada jajji qoraquloq xo`tikcha kulga ag`anab, chor atrofni chang-to`zonga botirib o`ynayotgan edi.
— Hoy, qoraquloq xo`tikcha, nima uchun kulga ag`anaysan? — deb so`rab qoldi oppoq ko`ylak kiygan bolakay.
— Bu yer juda yumshoq ekan.
— Sen biz bilan uyimizning yonidagi maydonchada o`ynasang bo`lmaydimi?..
— Yo`q, — dedi qoraquloq xo`tikcha. — Onam «Men ovuldan kelguncha kultepada o`yna, maydonchalarni iflos qilma», deganlar.

ursunboy ADASHBOYEV
tarjimasi


Orqaga qaytish