Rivoyatlar

4930 marta o'qildi
DONO DO`ST

Agar men borman deb aytsam, shubhasiz, biz ham bilardik, deb aytasiz. Yaxshi bilasizki, men dunyo xalqlari bilan qayerda bo`lmasin, u xoh kichik bo`lsin, xoh katta, xoh yosh bo`lsin, xoh qari, xoh shaharlik bo`lsin xoh viloyatlik, qo`yingki, afrikalik, osiyolik, yevropalik bo`lsin suhbat quraveraman.

DONO DO`ST

Rivoyat

Agar men borman deb aytsam, shubhasiz, biz ham bilardik, deb aytasiz. Yaxshi bilasizki, men dunyo xalqlari bilan qayerda bo`lmasin, u xoh kichik bo`lsin, xoh katta, xoh yosh bo`lsin, xoh qari, xoh shaharlik bo`lsin xoh viloyatlik, qo`yingki, afrikalik, osiyolik, yevropalik bo`lsin suhbat quraveraman.
Qayerga bormang, u odam oyog`i yetmas Amazonka o`rmonlari bo`ladimi yo janub qutbining muzlagan yerlarimi men siz bilan birga bo`laman. Men hech qachon sizdan ranjimayman va hamisha har yerda, osmonda, samolyotda, katta dengizdagi kemada ham siz bilan suhbat quraman. Men uzoq umr ko`raman. Ming yillardan buyon yashab kelsam ham juda yoshman. Balki ishonmassiz, lekin har kuni uzoq va yaqindagi barcha joylarda dunyoga kelaman. Siz meni yaxshi ko`rmasligingiz mumkin, lekin shuni bilingki, men sizni juda yaxshi ko`raman. O`zimga ko`p ta'rif bermoqchi emasman, ammo siz men bilgan ba'zi narsalarni bilmasligingiz mumkin. Albatta, siz ham men bilgan narsalarni bilishga qodirsiz. Buning uchun men bilan bo`ling va meni seving.
Agar men bilan bo`lsangiz, sizni hamma yerga olib borishni xohlayman. Xohlagan joyingizga, yerning eng past yo eng baland nuqtasi, hatto sayyoralarning barcha joylariga olib boraman. Sizni chumolilar uyasiga olib kiraman, biroq bir dona chumoli ham sizga yaqinlasha olmaydi. Sizni yo`lbars va sher kabi kuchli hayvonlar oroliga olib borib, ularni ko`rsataman, qo`rqmang, ulardan hech biri sizga zarar yetkazmaydi. Sizni daryolarning eng chuqur tubiga olib tushaman, yuzingizga bir tomchi ham suv tegmaydi.
Hali ham meni tanimadingizmi? Nahotki?! Unda men bilan do`stlashishga shoshiling. Ho`, ana u yerda zavq-shavq bilan yig`ilgan odamlarni ko`ryapsizmi? Oyog`ingiz ostidagi shovqinni eshityapsizmi? Bu xonaga qarang, odamlarning ko`pligi nima uchun? Boshqa xonaga ham nazar tashlab ko`raylik. Balki hamma joy shunaqadir? Ular xursandlar. Xursandliklarining sababi shu-ki, ular meni qo`lga kirita oladilar. Har yili shunday. O`rdebehesht (avgust oylariga to`g`ri keladi) oyida hamma joyda meni sharafimga bayram uyushtirib, qo`shiq kuylashadi. Barcha meni tezroq qo`lga kiritishga harakat qiladi. Endi meni kimligimni bu yerdagilar ham, boshqalar ham tushunadi. Ha, to`g`ri aytishdi. Men kitobman. Bu yer esa kitoblar ko`rgazmasi. Men barcha donishmandlar, yozuvchilar va hunarmandlarning tiliman. Eng muhimi, ezgu xabar olib keluvchi va yetkazuvchilarning buyugiman. Bundan boshqa hech narsa demayman, chunki toliqib qolmang. Faqat shuni aytishni xohlaymanki, menda ham his-tuyg`u bor . Ha, his-tuyg`u. Hozir bir qo`lingizni yozilgan so`zlar ustiga qo`ying. Men sizning do`stingizga aylanaman. Sizning qaynoq muhabbatingizni his qilaman. Mening hamma aytar gapim shu. Endi barcha narsalarni bilay desangiz, meni o`qishga kirishing.

Fors tilidan Nozima tarjimasi


Orqaga qaytish