Ertaklar

5660 marta o'qildi
KETMON VA ISHTAHA

Bir boyning Zarifboy ismli yolg`iz erkatoy o`g`li bo`lgan ekan.
Kunlarning birida Zarifboy ertalab turib, yuz-qo`lini yuvib, noz-ne'matlar to`la, yasatilgan dasturxon ustiga kelib o`tiribdi-yu birdan ishtahasini yo`qotib qo`yibdi. Jahli chiqqanidan burni qizarib, ovozining boricha dodlay boshlabdi.

KETMON VA ISHTAHA
Ertak

Bir boyning Zarifboy ismli yolg`iz erkatoy o`g`li bo`lgan ekan.
Kunlarning birida Zarifboy ertalab turib, yuz-qo`lini yuvib, noz-ne'matlar to`la, yasatilgan dasturxon ustiga kelib o`tiribdi-yu birdan ishtahasini yo`qotib qo`yibdi. Jahli chiqqanidan burni qizarib, ovozining boricha dodlay boshlabdi.

Xizmatkorlar atrofida girdikapalak, ota-onasining ham hushi boshidan uchibdi. Shunda Zarifboy tantiqlanib: — Ota, ishtaham yo`qolib qoldi, topib bering, — debdi. Otasi darhol xizmatkorlariga Zarifboyning karnay ishtahasini topishlarini buyuribdi. Chunki Zarifboy chaynagan mazali taomlar xasday bemaza tuyulib, ko`ngli ozib ketaveribdi-da. Kunlar o`tgan sari erka o`g`ilning toqati toq bo`lib, o`zi ham ishtahasini qidirishga tushibdi. U ishtahasini daraxtlardan, qushlardan, tovuqlardan so`rabdi. Ular bu sir yechimini faqatgina ketmon bilishini aytishibdi.
Zarifboy hovlining bir chetida zanglab yotgan ketmonga yuzlanib:
— Hoy ketmon, mening ishtaham qayerdaligini bilarkansan, tez ayt! — debdi qo`pollik bilan.
— Kechirasan-u, uni men yashirib qo`yganim yo`q, o`zing yo`qotgansan. Lekin mana shu hovlidagi daraxtlardan birining tagiga berkinib olganini aniq bilaman, — debdi ketmon. — Men bilan ularning tagini chopib ko`rsang, albatta topasan. Zarifboy rozi bo`lib, apil-tapil ishga kirishibdi. ushgacha rosa ter to`kib, ancha ishni bitkazib qo`yibdi. Quyosh tikkaga kelganda qorni shunaqangi ochibdiki, qo`lini ham yuvmasdan dasturxonga tashlanibdi. Quloqlari tinganidan xizmatkorlar quvonibdi, ota-onasi sevinibdi.
Shu kundan boshlab Zarifboy ishtahasi qayerda ekanligini bilib olibdi. Zarifboyning ketmoni ham ancha quvvatga kirib qolibdi. Shunga aytadilar-da: «Ish-ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar», deb.

Sunnatulla Obloqulov,
oshkent shahridagi 255-maktabning 8-sinf o`quvchisi


Orqaga qaytish