Hikoyalar

5527 marta o'qildi
QO`ZIQORIN

O`rmon yonmoqda edi. Bu manzaraga qarashning o`zi dahshatli edi. Aksiga olganday bu yil bahordan beri faqat bir-ikki yomg`ir yog`di, lekin suvsizlikdan qaqrab yotgan yerga u jon baxsh etolmadi.

Lilli PROMED
(Eston adibasi)
QO`ZIQORIN
Hikoya
O`rmon yonmoqda edi. Bu manzaraga qarashning o`zi dahshatli edi. Aksiga olganday bu yil bahordan beri faqat bir-ikki yomg`ir yog`di, lekin suvsizlikdan qaqrab yotgan yerga u jon baxsh etolmadi. Qurg`oqchilik natijasida yo`l bo`yida adl qomat askardek saf tortgan chetanlar so`lib, sarg`ayib halok bo`ldilar.
“Yomg`ir osmonda qolib ketmaydi”, deyishardi qadimgilar.
Lekin suv anqoning urug`i bo`lib qolgan o`sha kunlarda, bu haqda faqat orzu qilishardi, xolos. O`rmonlar, zirk daraxtlari ustidan tangadek ham bulut so`zib o`tmasdi. Faqatgina sarv zo`r berib yallig`lanar, supurgi gulining esa ayni gullagan vaqti edi.
Shu vaqt Yukk kelib, pastlikdagi o`tloqda qo`ziqorin o`sib yotibdi, deb xabar berdi.
— Sen hazillashyapsanmi, Yukk?
— Bo`lmagan gapni yig`ishtir, — jahl bilan dedi Bolya.
— Ishonmasang, yur, ko`rsataman.
Endigina yerdan boshini ko`targan qo`ziqorinning o`tloqda o`sishi mo`jizaga o`xshar va nihoyatda ta'sirli edi. Ikkovimiz cho`kkalab o`tirdik.
— Shunday go`zalki, — dedim.
— Qaragin, mittigina ko`rgin, — dedi Yukka. — Uni men topdim. U meniki.
— Albatta, seniki. Bu to`g`rida so`z bo`lishi mumkinmas. Lekin u hali bir oz o`sishi kerak.
Bu fikr Yukka yoqib tushdi.
— Ha, albatta. U hali katta bo`lishi kerak.
Bola qo`ziqorin atrofiga ol'xa butog`ini yonma-yon qilib tiqib ihota qo`ydi.
— Kelganimizda tag`in adashib yurmaylik.
Keyin esa, oftob urmasin deb, ustiga maysa-o`t tashladi.
Havo hamon o`zgarmas, kun xuddi olov yoqqandek juda issiq edi. Yukk hecham uyda o`tirolmas, axir hazilakammi, u qo`ziqorin o`stiryapti-da. Kuniga necha martalab u krujkada suv ko`tarib o`tloqqa borardi. Ko`zdan yo`qolguncha ortidan qarab turardim. Yukk biror kun bo`lsin qo`ziqorin sug`orishni esidan chiqarmadi, bo`lsa bo`lar bo`lmasa g`ovlab ketar, deb beparvo bo`lmadi.
Qo`ziqorin o`sib, semira boshladi.
— Endi u katta bo`lib qoldi, — dedi Yukk bir kuni ertalab, o`tloqqa otlanarkan. Qo`lida krujka yo`q, faqat pichoq olvolgandi. — Men bilan bormaysanmi?
Bu juda tantanali damlar edi, bormay qanday chidab o`tira olardim?
Yaylovni kesib o`tgan tik yo`ldan ketdik. ikanli simga oq va qora otlarning yunglari ilinib qolgandi. U ochko`z va ayyor otlarni tutib qolmasdi. Ular yerni qashlagancha, tiz cho`kib tumshuqlari bilan tikanli simni yuqoriga qayirishar va ekinzorlardan haydab turish lozim edi. Yukk hech narsani sezmas va eshitmas edi. U o`tloqqa shoshilardi. Lekin baribir kech qolibmiz. Yerga tiqilgan va butunlay qurib qolgan olxa shoxchalari o`rtasida kattakon, g`ovak-g`ovak qo`ziqorin turardi.
U qurtlab ketgandi.
Yukk hafsalasi pir bo`lib uni oyog`i bilan turtdi. Yerdan shoxchalarni sug`orib oldik-da, orqamizga qaytdik.
— Kichkinaligida u juda chiroyli edi, — dedi nihoyat Yukk alam bilan.
— o`g`ri aytasan, — dedim.
— Men uni ixlos bilan parvarishlagandim.
— Bilaman.
— Nega endi u shunday bo`lib qoldi?
Men yelkamni qisib qo`ydim.
— Kichkinaligida u judayam chiroyli edi, qara, endi qanday bo`lib qolibdi, — deb qaytardi Yukk. — Nega?
Men nima ham deb javob bera olardim?

Hikoyat MAHMUDOVA tarjimasi


Orqaga qaytish