Rivoyatlar

5388 marta o'qildi
YAXSHILIK O`LMAYDI

Qadim qadim zamonda,
Bir katta boy bor edi.
Kuni serfayz, o`zi ham
Doim baxtiyor edi.

Inomjon ABDIYEV

YAXSHILIK O`LMAYDI

Rivoyat

Qadim qadim zamonda,
Bir katta boy bor edi.
Kuni serfayz, o`zi ham
Doim baxtiyor edi.

Yillar o`tib bir kuni
Qariganin his qildi.
Ajal quvib joni ham
Shart bo`g`ziga tiqildi.

Buyoqda o`g`li bejo.
Sovurmoqda boyligin.
Shu sababdan bir kuni
Chaqirdi tantiq o`g`lin.

— Bolam, — dedi, — bilaman,
Senga nasihat bekor.
Lekin tingla so`ngi bor,
Ikki og`iz gapim bor.

Agar o`lsam yig`lamay,
Eslab o`yga cho`minglar.
Yolg`iz istagim meni
Paypoq bilan ko`minglar.

G`ofil farzand bu sirning
agiga yetolmadi.
Har holda burchi axir —
Kechib ham ketolmadi.

Vafot etdi birdan ota,
Bu taqdir hukmi edi.
Yig`ilgan odamlarga
O`g`il yuzlanib dedi:

— Sizdan bitta o`tinchim,
Odatga ko`z yumaylik.
Istagim shu — otamni
Paypoq bilan ko`maylik.

Hamma tilin tishladi.
Yetolmay gap ma'niga.
La'nat o`qiy boshladi
Shakkok o`g`lon sha'niga.

Oxiri nochor farzand
aqdiriga tan berdi.
Va'dasin bajarolmay
Azoblar toshin terdi.

So`ng qo`lga xatni olib,
Asta nazar tashladi.
Satrlarga termulib,
Ko`zi, qalbi yoshlandi:

“Ko`rding o`g`lim, dunyoda
Boy bo`lsam ham qolmadim.
O`zim bilan hatto bir,
Paypoq obketolmadim.

Bilsang, dunyo bevafo!
Mangu yashab bo`lmaydi.
Yaxshilik qil, yaxshilar,
Bolam sira o`lmaydi.”


Orqaga qaytish