Hikmatlar

5528 marta o'qildi
QO`SHNI HURMATI

Bir kishi o`z do`stining oldiga kelib, uyida sichqon ko`pligidan shikoyat qildi. Do`sti unga mushuk boqishni maslahat berdi.

QO`SHNI HURMATI

Birinchi qissa

Bir kishi o`z do`stining oldiga kelib, uyida sichqon ko`pligidan shikoyat qildi. Do`sti unga mushuk boqishni maslahat berdi. U esa rozi bo`lmay: 
“Mushuk boqsam, uyimdagi sichqonlar qo`shnimnikiga qochib chiqarmikan, deb qo`rqaman”, dedi.


Ikkinchi qissa

Bir kishi bir dono oldiga kelib, undan:
— Ayting-chi, men yaxshi odammanmi yoki yomonmi, buni qanday bilsa bo`ladi? — deb so`radi.
— Qo`shnilaring agar seni yaxshi desalar, demak yaxshisan! — deb javob beribdi dono.
Sahobalar Payg`ambarimiz Rasuli Akram (s.a.v.)dan:
— Qo`shnilarimizning hududi qancha? — deb so`radilar.
Rasuli Akram (s.a.v.):
— Qirq uy o`ngdan, qirq uy chapdandir. Har bir xonadon to`rt tarafdan qirq uydan xabardor bo`ladi, — deganlar.
Qissalardan hissalar
Qo`shni kim va qaysi millatga taalluqli bo`lishidan qat'iy nazar, uni va bolalarini hurmat qilmoq odamiylik xislatlaridan biridir.
Kitoblarda “Qo`shnining itiga sababsiz tosh otish va mushugini haydash, uni haqoratlash bilan barobardir”, deyilgan.
Qo`shni kasal bo`lsa, undan hol so`rash, boshiga musibat tushsa, yordam qilish, g`am-shodligiga sherik bo`lish, undan xato o`tsa, kechirish, biror yoqqa ketsa, uyidan xabardor bo`lib turish, meva-cheva terilsa, ular bilan yo`qlash har birimizning vazifamizdir.

Muhammad OSHBOLAYEV,
texnika fanlari doktori, professor


Orqaga qaytish