Ota-onalar uchun

5344 marta o'qildi
Nutqni ikki tilga moslashtirish uslubi

Bola ikki tilni bir vaqtda o'zlashtirayotgan paytda kattalar bola nutqi to'g'ri va ravon bo'lishi uchun yordam berishlari lozim. Bola uchun ikki tilda gaplashish ham qiziqarli, ham oson bo'lishi  kerak.

Bola ikki tilni bir vaqtda o'zlashtirayotgan paytda kattalar bola nutqi to'g'ri va ravon bo'lishi uchun yordam berishlari lozim. Bola uchun ikki tilda gaplashish ham qiziqarli, ham oson bo'lishi  kerak.

 

Bolalar  bilan muomala qilayotgan kattalar bolaning shunchaki nutq texnikasini tekshirib qolmay, u bilan ALOQAga kirishlari lozim.  Bu degani kattalar uchun bola qanday gapirayotgani emas, balki nima gapirayotgani qiziq bo'lishi kerak. Albatta xatolar bo'lishi yaxshi emas, lekin ota-ona bu xatolarni bolaga iloji boricha sezdirmasdan to'g'irlamog'i lozim.

 

Masalan, bola bir nimani xato bilan, yoki undan kutayotgan tilda emas boshqa tilda gapirib yubordi. U holda kattalar uning fikri, gapirgan narsasi bilan hisoblashib, kerak bo'lsa javob ham berib, keyin esa bola gapirgan gapni boshidan xatosiz qaytarishini aytishlari lozim.

Ikki tilni o'rganishda ota-ona bolaga to'g'ri uslub qo'llayotganini ko'rish uchun bolaning nutqiga ahamiyat bermoq lozim. Bola javob berayotganda savol berilgan tilda javob beradi, o'zi savol berayotganda esa o'zi uchun qulay tilda savol beradi. Bundan siz bolaga qaysi til qulay va yoqimli ekanligini bilib olishingiz mumkin.

Bundan kelib chiqib, bola yoqtirmaydigan tilni qiziqarliroq, bolaga tushunarli va oson qilib, muomalada ko'proq ishlatmog'ingiz kerak bo'ladi.


Orqaga qaytish