She`rlar va ruboiylar

4500 marta o'qildi
Habib RAHMA she`rlari

DALDA

Polapon injiq, chatoq,
Judayam chiqdi qo`rqoq.

Uchishar tengdoshlari,
U indan chiqmas nari.

Habib RAHMA

DALDA

Polapon injiq, chatoq,
Judayam chiqdi qo`rqoq.

Uchishar tengdoshlari,
U indan chiqmas nari.

Faqat qarab o`ltirar
Havas bilan mo`ltirar.

Derlar: — mazza uchsang-chi,
Keng osmonni quchsang-chi,

Qanday zavqli, qanday gasht,
Shirin tuyular yashash.

Ko`rinadi uzoqlar —
Yaylovlar, yashil bog`lar.

Deydi: — gapirish oson
Qo`rqaman-da, o`rtoqjon.

Eh, qanaqa uchaman? —
Oh, yiqilib tushaman.

Mayib bo`lsam maylimi,
Bevaqt o`lsam maylimi?

Derlar: — o`sha bahona
Be'mani gaplar yana.

O`zingni tutgin bardam,
Bizlar beramiz yordam.

Indan ko`taril biroz,
Qo`rqma, dedim, qanot yoz.

Qanot silkit ikki-uch,
Polaponga kirib kuch

Qanotin qoqqach asta
Ucha ketdi ohista.

Dedi: — Men uchdim, urra!
Chapak chaldilar gurra.

O`QISH

Suzib keldi Qunduzoy,
Yaqin qirg`oq tomonga
Ko`zi tushdi ilingan,
Bir g`alati e'longa.

Undoq qarab o`qidi,
ushunmadi hech narsa.
Bundoq qarab o`qidi,
ushunmadi hech narsa.

Kelar biram bilgisi,
Baliqchani chorlab der:
— Manavini, iltimos,
Nima ekan, o`qib ber.

Baliq o`qir o`zicha
Chiqarmasdan tovushni.
Qunduz o`ylar: “Fu, bu ham,
bilmas ekan o`qishni.”

"Gulxan" jurnalidan olindi

 


Orqaga qaytish