Ota-onalar uchun

4498 marta o'qildi
Otaning vazifalari

Ona bo'lish oson emas, lekin ota bo'lish ham katta ma'suliyatli ishdir.

Ona bo'lish oson emas, lekin ota bo'lish ham katta ma'suliyatli ishdir. Ayol ona bo'lgach, jismonan o'zgaradi. Erkak esa ota bo'lganidan keyin ma'naviy jihatdan o'zgarishi kerak. Otalik faqat quvonch va g'urur emas. Otalik - bu ortiqcha harakat, yoqimli tashvish va notinch kechalar ham. Ota-ona bolani birgalikda yaratadi, demak uning tarbiyasi va parvarishi ham ikkovining vazifasidir.

 

Ona tug'ruqxonadan qaytgach juda jismonan va ma'naviy tomondan zaif bo'ladi. Uning kuchi tiklanishi uchun 1.5-2 oy vaqt kerakligi tibbiyot tomonidan tasdiqlangan faktor. Unga og'ri ko'tarish, ortiqcha kuch sarflash, ko'p harakat qilish mumkin emas. Chunki ona tuqqandan so'ng organizmi yaxshilab tiklanib olmasa keyinchalik bu turlicha kasalliklarida, doimiy bel og'rish, bosh og'rishi, bolaning asabiy bo'lishi va ko'krak sutini bolaga yetmasligida namoyon bo'ladi. Charchagan ona organizmi yetarli miqdorda sut yetkazib bera olmaydi, sutning yo'qolishini esa hech narsa bilan to'ldirib bo'lmaydi.

 

Tabiiyki, bunday vaqtda ota bolani parvarish etishda bevosita ishtirok etishi lozim. U birinchi navbatda go'dakni toza kiyim bilan ta'minlash, bolani xotini bilan birgalikda cho'miltirish, yangi onani vitaminga boy, to'yimli oziq-ovqatlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish, kerak bo'lsa chillalik chaqaloq kirlarini yuvish va ovqat tayyorlashi kerak bo'ladi.

 

Undan tashqari ota birinchi kundanoq bolani yo'rgaklashni o'rganishi kerak. Bolani ayrim vaziyatlarda uxlatish ham otaning vazifasiga kiradi. Kechasi bilan ko'p uyg;ongan bolaning onasi kunduzi holi qolmay tez charchab qoladi. Shunda unga dam olishi uchun imkoniyat berib otaning o'zi bolani uxlatib berishni bilishi kerak. Buning uchun bola bilan ko'proq muloqotda bo'lish, bolani ko'p ko'tarib yurish kerak. Bola bilan qancha oldinroq yaqin bo'lsangiz uni tilini va ehtiyojlarini shuncha oson tushuna olasiz.

 

Emizikli ona ayolligicha qolaveradi. Shuning uchun siz ayolingizga o'ziga qarashi uchun imkoniyat yaratib berishingiz lozim. Bu unga birinchidan yaxshi kayfiyat bersa, ikkinchidan uni asablarini tinchlantiradi. Siz esa yoningizda ajoyib ona va go'zla ayol bor ekanligidan quvonib yashaysiz. Undan tashqari ayol ona bo'lganida erkakning e'tiboriga yanada ko'roq zor bo'ladi. Unga beradigan mehringiz va e'tiboringiz sizni ham, ayolingizni ham, qolaversa chaqaloqni ham yutuqda qoldiradi. Yangi ona bilan jinsiy aloqa qilishda yana birinchi tundagidek ehtiyotkorlik va sabr talab etiladi. Sabringizni va mehringizni ayamay ish tuting, ayolingiz sizga yanada jozibaliroq bo'lganini sezasiz.

 

Bolaning chaqaloqligidan unga ma'suliyatli, mehribon va e'tiborli ota bo'lsangiz farzandingiz katta bo'lganida sizga o'z sirlarini aytib, sizni eng yaqin do'sti va ishonchli insoni deb qabul qilganidan baxtli bo'lib faxrlanib yurasiz.


Orqaga qaytish