Bilasizmi?

4974 marta o'qildi
Kimyoni bilasizmi?

Kimyo moddalar, moddalarning xossalari va ularning bir-biriga aylanishi to’g’risidagi fandir.

Kimyo tabiatdagi barcha mavjudot turli ko’rinishdagi kimyoviy oddalardan tarkib topganligiga asoslangan holda ularni bir turdan boshqa turga o’zgarish qonuniyatlarini hamda xossalarini o’rganuvchi aniq fan hisoblanadi.

Kimyo moddalar, moddalarning xossalari va ularning bir-biriga aylanishi to’g’risidagi fandir.

Kimyo tabiatdagi barcha mavjudot turli ko’rinishdagi kimyoviy oddalardan tarkib topganligiga asoslangan holda ularni bir turdan boshqa turga o’zgarish qonuniyatlarini hamda xossalarini o’rganuvchi aniq fan hisoblanadi. Kimyo fanining predmeti barcha tabiiy va sintetik moddalardir. Tabiatdagi Yer, suv, havo, osmon jismlari, umuman, jonli va jonsiz barcha mavjudotlar, kundalik turmushda foydalaniladigan uy-ro’zg’or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, qishloq ho’jaligi, sanoat va xalq ho’jaligining boshqa sohalarida ishlatilayotgan barcha asbob-anjomlar, umuman, atrofimizdagi butun borliq kimyoviy moddalardan tarkib topgan. Moddalar esa hozirgi vaqtda ma'lum bo’lgan 109 ta kimyoviy elementning u yoki bu tarzda o’zaro birikishi natijasida hosil bo’lgan birikmalardir. Shuning uchun kimyo fani butun borliqdagi kimyoviy o’zgarishlar natijasida hosil bo’ladigan moddalarning xossalari, ulardan foydalanish yo’llari va boshqa insoniyat uchun muhim bo’lgan qator rhuammolarni hal qilishda bevosita ishtirok etadi.' Tabiatda mavjud bo’lmagan, sintetik yo’llar bilan hosil qilingan polietilen, plastmassalar, dori vositalari, kapron, neylon kabi tolalar, avtomobil va boshqa texnik vositalarning ko’plab ehtiyot qismlari sintetik kimyoviy moddalardir."

Tabiiy va sintetik kimyoviy moddalardan kimyoviy usullar yordamida inson organizmi uchun sun'iy organlar, dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, turmush uchun zarur bo’lgan turli-tuman anjomlar, qurilish materiallari va boshqalar tayyorlashda keng foydalanilmoqda. Bularning barchasi moddalarning fizik va kimyoviy xossalarini o’rganish orqali amalga oshiriladi.'

Shuning uchun mo’ddalarning kimyoviy va fizik xossalarini o’rganish kimyo fanining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Hayotni kimyo fanisiz tasavvur qilish mumkin bo’lmaganligi tufayli, atrofimizda sodir bo’layotgan o’zgarishlarning mohiyatini tushunish uchun moddalarni va ularning kimyoviy o’zgarishlari qonuniyatlarini bilish talab etiladi.

Qadim davrlardanoq insonlar xo’jaliklarida nafaqat mineral, balki o’simlik va hayvonlardan olinadigan moddalardan ham foydalanib kelishgan. Bu moddalar oziq-ovqat, kiyim-kechak va insoniyatning rivojlanib borishi jarayonida dori-darmon, bo’yoq, pardoz-andoz vositalari va boshqalarni tayyorlash uchun ishlatilib kelingan. Insonga o’simlik va hayvon mahsulotlari bo’lgan: qand, yog’-moy, efir moylari, bo’yovchi va kayfiyatni o’zgartiruvchi moddalar qadim davrlardan ma'lum. Barcha sanab o’tilgan moddalar faqat o’simlik va hayvon hayotiy faoliyati yoki ularni qayta ishlash mahsulotlari bo’lib, shuning asosida «organik moddalar» tushunchasi paydo bo’lgan va ularni o’rganuvchi bo’lim organik kimyo deb atala boshlagan.

Olimlar orasida uzoq vaqtlar organizmlar hayotiy faoliyatidan ajratib olingan moddalarning tuzilishini aniqlash va sintez qilish imkoni yo’qligi, organik moddalar alohida «hayotiy kuch» orqali vujudga keladi (vitalistik ta'limot; "vis vitalis"-hayotiy kuch) degan xato fikr shakllanib qoldi. Lekin, keyinchalik bu xato fikrdan voz kechishga majbur qiluvchi dalillar olina boshlandi.

Insonga dastlab blgan organik moddalar: sirka, vino, shakar,

ejir moylari, bo’yoqlar.

Organik birikmalar tarkibiga kiruvchi elementlar: uglerod,  vodorod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt.

Dastlab organik moddalardan-oksalat kislota va mochevina sintezlangan (nemis olimi IWeler, 1824-1828).

Anilin sintezi (rus olimi N.N.Zinin, 1832).

Sirka kislotasi sintezi (nemis olimi (i.Kolbe va ingliz olimi Frankland, 1848).

• Sun'iy yog’simon modda sintezi (fransuz oliini M.Bertlo, 1854).

 •   Shakarsimon modda sintezi (rus olimi A.M.Butlerov, /861).

Natijada, olimlar, organik moddalarning vujudga kelishida noorganik moddalar vujudga kelishidagi qonuniyatlarga amal qilinishini tushunib yetishdi.

Hozirgi vaqtda organik kimyoni uglerod birikmalari kimyosi deb atash va organik moddalar sifatida uglerodning boshqa elementlar bilan birikmalarini tushunish qabul qilingan. Uglerodning ba'zi birikmalariga (oksidlari, karbidlari, karbonat kislota va uning tuzlari) tipik noorganik moddalar xususiyatlari xos bo’lgani uchun ular noorganik kimyo kursida ko’rib chiqiladi.

Organik moddalar soni millionlar bilan hisoblanadi. Organik moddalar o’simlik va hayvonlar organizmini tashkil qiluvchi asosiy material hisoblanadi.

Organik moddalar noorganik moddalarga nisbatan beqarorroq, ular qizdirilganda oson o’zgaradi, ko’pchiligi yonuvchan. Ularning tarkibiga albatta uglerod va vodorod kirganligi uchun yonish jarayonida karbonat angidrid va suv hosil bo’ladi.

Organik moddalar orasidagi kimyoviy reaksiyalar noorganik moddalarga nisbatan sekinroq boradi.

Hozirgi vaqtda o’simlik va hayvon organizmlarida uchrovchi ko’plab moddalar (vitamin, gormon, bo’yoqlar) hamda tirik tabiatda uchramaydigan moddalar (sun'iy va sintetik tolalar, sintetik kauchuk, plastmassalar, qishloq xo’jaligi zararkunan-dalariga qarshi kurashish vositalari, antibiotiklar, dori-darmonlar va b.) sintez qilib olingan.

Organik birikmalar tuzilishiga ko’ra zanjirli: to’yingan CnH2n+2 (uglerod o’zidan tashqari to’rtta boshqa atomlar bilan bog’ hosil qilgan), to’yinmagan qo’shbog’li CnH2n (ikki uglerod atomi orasida qo’shbog’ bor >C=C<) va to’yinmagan uchbog’li CnH2n_2 (ikki uglerod atomi orasida uchbog’ bor -C=C-) hamda halqali: to’yingan CnH2n, to’yinmagan, aromatik uglevodorodlarga bo’linadi. 

Organik birikma va organik kimyo tushunchalarini 1827-yilda shved kimyogari I.Ya.Berselius kiritgan. U organik kimyoni o’simlik yoki hayvonlardan olinuvchi moddalar kimyosi deb e'tirof etdi.

Har qanday fanning asosini nazariya tashkil qiladi. Har qanday nazariyaning kuchini ma'lum dalillarni tushuntirish va yangilarini oldindan aytib berish imkoniyati belgilaydi.

Organik kimyoning ilmiy asosini kimyoviy tuzilish nazariyasi tashkil qiladi.

1858-1861-yillarda rus olimi A.M.Butlerov Parij va Shpeyer (1861-yil 16-sentabr) shaharlarida kimyoviy tuzilish nazariyasi asoslariga doir ma'ruza qilgan:

A.M.Butlerovning kimyoviy tuzilishi nazariyasidagi asosiy qoidalarni to’liqroq ko"rib chiqamiz.

Birinchi holat. A.M.Butlerovgacha olimlar bitta moddaning tarkibini bir necha formula bilan ifodalash mumkin va modda tuzilishini bilib bo’lmaydi degan fikrga ega edilar. A.Kekule birgina sirka kislotasining 20 ta formulasidan foydalangan. Ko’pchilik olimlar esa real atom va molekulalar mavjudligiga umuman ishonmaganlar. 0'sha vaqtlarda organik moddalar soni ko’pligi, ularda valentlik tartibi qoidalari saqlanishi kabi bir qancha dalillar tushuntirilmagan edi.

A.M.Butlerov atom va molekulalar mavjudligining realligidan kelib chiqib, o’sha vaqtda ma'lum bo’lgan ilmiy dalillarni umumlashtirdi.

 

 kiritilishi (., 1858).

(Karlsruedagi xalqaro s'yezd, 1860).

A.M.Butlerov moddaning kimyoviy tuzilishi tushunchasini kiritdi. Molekuladagi atomlar bog’lanishi ketma-ketligini (tartibini) kimyoviy tuzilish deb atadi.

Organik birikmalarda uglerod to’rt valentli bo’lib, uglerod atomlari to’g’ri, tarmoqlangan, yopiq zanjir hosil qilib birika oladi.

A.M.Butlerov har qanday organik modda faqat bitta tuzilish formulasi bilan ifodalanuvchi aniq kimyoviy tuzilishga ega deb qat'iy ta'kidladi.

Hozirgi kunda insoniyat oldida organik yoqilg’ilarai energetik maqsadlarda qo’llashning o’sishini oldini olish, uning o’rniga quyosh, shamol, daryo va dengiz, okean suv kuchlari, atom yadrosi, biologik chiqindilar kabilardan foydalanish, ozod etilgan organik yoqilg’ilarni esa kimyoviy xomashyo sifatida ishlatish muammosi turibdi, ko’plab olimlar shu muammo ustida izlanishlar olib bormoqdalar.


Orqaga qaytish