Ota-onalar uchun

4942 marta o'qildi
Tish chiqishi alomatlari

Bolaning tishi chiqayotganda quyidagi alomatlar vujudga kelishi mumkin.

 

Bolaning tishi chiqayotganda quyidagi alomatlar vujudga kelishi mumkin.

 

1 Bolaning milki shishib qoladi;

 

2. Bolaning milki oqsih rangga bo'yaladi;

 

3. Ko'p so'lak oqadi;

 

4. Bola hamma narsani og'ziga olib chaynashni istaydi;

 

5. Tana harorati oshadi ( ko'pi bilan 37-38 gradusgacha);

 

6. Bola injiqroq bo'lib qoladi;

 

7. Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o'zgaradi;

 

8. Bola ona ko'kragini yoki qo'lini tishlashni xohlaydi;

 

9. Bolaning ishtahasi yo'qoladi;

 

10. Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi.

 

Yuqoridagi alomatlarni ayrim kasalliklar alomatlari bilan adashtirib yubormang. Masalan, bolaning tana harorati oshib, bola yo'talib, burni oqayotgan bo'lsa, u holda bola shamollagan bo'lishi mumkin. Yoki bolaning ichi ketishi kuchayib borib, unga qusish ham qo'shilib ketsa, demak bola infeksion kasallikka uchragan, uni darhol davolash lozim.

 

Onaning o'zi bolasi uchun birinchi shifokor. Shuning uchun yuqoridagi alomatlarni bolada kuzatsangiz va ular kasallik emasligiga shubhalanayotgan bo'lsangiz, u holda vrachga murojaat qilganingiz ma'qul. Bolada tish chiqishi jadvali va tish chiqishi bilan bog'liq muammolar bilan ham tanishing.


Orqaga qaytish